Oйn ikkinchi bob
Qishloqda nima gaplar boiayotganini Eshon aya ham,
Egamqul bilan Fotima qiz ham bilishmaydi, taqdirlarini Hoji
Sodiq janoblari bilan qovog`i soliq huquqshunos Sattorovga
topshirib hammasi Ollohdan, xudo xohlasa, hammasi yaxshi
boiadi, deyishib, bir.birlarini yalab.siypalashib, qishloqdan
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
to`xtamay kelayotgan chala.chulpa gaplarga ko`pam e`tibor
bermay, jimgina o`tirishibdi. Voqeaning o`n yettinchi kuni
edi. Tursunali qassob tuman prokuraturasiga chaqirtirildi.
Uni uchastka noziri Furqat Erkayev oyog`ini yerga
tekkizmay boshlab ham keldi. Tergovchi to^atdan gap
boshladi.
. Ismingiz.
. Tursunali.
. Familiyangiz.
. Manavi qog`ozda yozib qo`yibsiz.ku.
. Familyangiz deyapman..
. Madrahimov.
. Fotima Tursunova sizga кіт bo`lacU.
. Otasi bo`laman.
. Demak, manabu taklif qog`ozida yozilishicha siz ertalabki
oshga odamlarni taklif qilgansiz, qi^ingizni erga bermoqchi
bo`lgansiz, shundaymi.
. Shunday, xudo xohlasa, siz ham borasiz, mehmonimiz
bo`lasiz.
. Qizingizdan seni erga berayapman, rozimisan, deb
so`raganmisiz.
. Kerak bo`lsa endi so`raymizda.
. Siz qizingiz Fotima Tursunovani zo`rlab erga bermoqchi
bo`lgansiz, qizingizga zo`ravonlik ishlatmoqchi bo`lgansiz,
zo`ravonlik natijasida, Fotima og`ir ruhiy kasalga chalingan.
Siz shaxs erkinligigatajovuz qilgansiz. Ustingizdan, bosh vrach
Fotima Arslonovaning davosi bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Siz O`zbekiston jinoyat moddasining mana shu, mana shu
moddalari bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Tergov
tugaguncha qishlog`ingizdan hech qayerga chiqmaysiz, uy
qamog`iga olindingiz.
. Nima. . Tursunali qassob o`rnidan turib ketdi.
. Uy qamog`idasiz. Leytenant Erkayev, luqaro Tursunali
Madrahimov uy qamog`iga olindi. Javobgarlik sizga yuklatildi.
Tursinali qassob esankiragan bir holatda, suvga
tushgan mushukdek shalpayib uyga qaytdi. O`sha kuni,
kunning ikkinchi yarmida tergovchining sigaret hidi anqib
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
turgan torgina xonasidan Qo`ziyev rais bilan o`gii
G`ulomjon ham bo`shashibgina, ketma.ket uf tortishib, birbirlarining
bo`yniga ketma.ket ayblar qo`yishib, eski
zamon urfоga odat qilganlari uchun, bir.birlarini ayblashib
qishloqqa qaytdilar.
O`sha kuni kecliga tomon quda tomonlar ham uchrashib
avvaliga bir.birlarini xo`p ayblashib, bir kuchayishib, bir
susayishib, bosh vrach tomondan qo`zg`atilgan jinoiy ishm
qanday to`xtatish haqida uzoq vsuhbatlashdilar, qutilishyoiini
rosa axtardilar. Ertalabgavaqin to`v butunlay to`xtatilganligini
bir.birlariga ma`lum qildilar. Jinoiy ishni qanday to`xtatish,
buning uchun nimalar qilish zarurligi haqida fikr almashdilar.
Rahbarlik lavozimida uzoq ishlab, bunaqangi mashmashalardan
osongina qutilib chiqish yo`llarini kokp ko`rgan tajribali
Qo`ziyev rais:
. Yaxshisi uchastka noziridan, o`zimizning odamimizdan
foydalanamiz, . deb t.o`planganlarni xursand qildi.
Uchastka noziri gardkamchi yigit ekan. Gapning
boiadiganini ochiq aytarkan.
. Demak, qizni zoiiab erga bermoqchi bo`lganlaring
uchun, ustilaringdan jinoiy ish qo`zg`algan, shundaymi, . deb
odatdagiga qaraganda ancha kekkayibroq so`radi.
. Shunday ukam.
. Bu og`ir jinoyatku, rais tog`a.
. Endi ukam, sen o`zimizning odamsan, bir amallab
tinchitgin.
. Ey amaki, bunaqa jinoyatda katta pul so`rashadi.
. Furqat o`g`lim, ketganicha ketsin, ishqilib tinchitsang
boidi. Otang ham yaxshi odam edi, mana shunaqa g`alvali
ishlarni rahmatla bitirib qo`ya qolardi, men ham pulni
ayamasdim, bir amallab o`sha qovog`i soliq tergovchini qoiga
ol, xudo xohlasa, pulni ayamaymiz.
Xuddi ana shunday kelishuv shartnomasi Tursunali qassob
bilan ham boiib o`tdi. Qassob ham uv qamog`i eion
qilinganidan buyon xunobi oshib, hech qanday aybi yo`q
xotinini urib.so`kib o`tirgan edi, gapni qisqa qilib:
. Xo`p qancha so`raysan. . deb so`radi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Tursinali aka, shaxsan menga bir tiyiningiz ham kerak
emas, savob uchun aralashyapman bu ishga.
. Ey Furqat, qo`ysangchi, senlar qasam ichib turib
olasanlar. Ochiq ayt bir novvosni boqib yuribman, ikkovingga
shu yetadimi.
. So`yib berasizmi.
. So`yib bermay tergovchini xonasiga nowos yetaklab
boramanmi.
Kelishuv boidi, buqa so`yildi, go`sht sotildi, pul ikkiga
boiindi. Omon.omonlik, varash.yarashlar bo`lganligi
haqidagi xushxabar o4sha kuniyoq eson.omon chiqsam, men
bular bilan ko`p olishaman, deb qo`lini musht qilib o`tirgan
Egamberdiga ham, taqdiri endi qanday bo`lishini bilmay
qo`rquv ichida oktirgan Fotima qizga ham yetkaziladi.
. Hay urishqoq ukam, janjallashayotgan qudalaringni
tinchitib, ikkovingni qovushishlaringgayokl ochib berganim
uchun uchastka noziri akangga sen qanaqa suyunchi berasan,
. deb so`radi Erkayev.
. Idorangizni pishgan g`ishtdan qayta qurib beraman.
Qishlog`imizdagi barcha ko`chalarga asfalt yotqizib beraman.
. Yana.
. Guzarning orqasidagi maydonga yangi masjid qurib
beraman.
Bu gaplarni jimgina tinglab o`tirgan Eshon aya bir
to`lqinlanib oldi. Egamqul bilan Fotima qiz Eshon ayani
quchoqlab okpa ketdilar.
. Hammasi Ollohdan. . deb qo`yyaptilar Eshon aya.
Oradan bir kun oktib Tursunali qassob bilan yig`labyig`lab
oktirgan Robiya bibi Fotima qizini olib ketgani
kelishdi. Olib ketganlarining to`rtinchi kuni yana bir
quvonchli voqea yuz berdi. Egamberdi bilan Karimberdining
onalari mo`tabar Eshon aya boshchiligida, katta.katta
dasturxonlarni ko`tarishib Hoji Sodiq janoblari jo`natgan
yap.yangi mersedes mashinasiga o`tirishib, xudo xohlasa,
ishimiz oiigidan keladi, deyishib Fotima qiz bilan Zuhra
qizni Egamberdi bilan Karimberdiga so`rab kelishdi. Eshon
ayadek mo`tabar, yurtning eng ulug* onasi sovchi bo`lganiga
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
qaramay, odat shunaqa ekanda, qiz onasi ichida sevinih
turgan boisa ham, qalay boiarkan, hali katta to`yga
tayyorgarligimiz yo4qroq, ikkita to4y o4zi boiadimi, qoiimiz
ham kaltaroq, degan gaplarni aytib, biroz chaynalgan boidi.
. Qizim, Robiya bibi, xudo xohlasa, kuyovlaring bu
xonadonning boshidan tillalar yog`diradi.
Rozilik bo`ldi, non sindirildi, oqlik berildi, Tursunali qassob
nomiga bo4lsa ham erkak tomon ham bir kelib ketsin, men
ham sal qaddimni ko`tarib yuray, degan gaplarni aytibdi.
Ayniqsa bu ishlarga nomdor bankir aralashganidan shu odani
ham birga kelsa, yuzim yana hamyorug` boiardi, degan gapni
ham aytib yuboribdi. Shunday boiibdi ham. Yap.yangi
mersedes mashinasida rolda Hoji Sodiq janoblari emish, Siroj
birgadir bilan Qosimali suvchilar kelishib to4yning kunini
belgilab ketishibdi.
Olloh yoi bersa hamma narsa mukammal, hamma narsa
go4zal yakun toparkan. Aytishlaricha, Fortima bilan
Egamberdining, Zuhro bilan Karimberdining nikoh to`ylari
shunday fayzli, shunday tarovatli o`tibdiki, Xonkeldi Xonkeldi
boiganidan buyon bunaqa fayzli, bunaqa farahli to4yni
ko`rmagan ekan, bamisoli osmondan Ollohning nuri
marhamati yogilib turgandek boiibdi. To`y Eshonbogfcda
boiibdi. Hokimning yosh fermerlar ishi bo`yicha muovini,
tantanani, maqtanishni, ko`tarinkilikni jonu dilidan yaxshi
ko`radigan Ochilov amaki shaxsan okzi boshqaribdi. Viloyatda
qancha nom chiqargan ashulachiyu, sozanda boisa, qancha
raqqфsa bo4lsa hammasini taklif qilibdi. Tumandagi yosh
fermerlarga qo`ngiroq qilib bu to4yga kelmasalaring
ishlaringda yaxshi rivoj boimaydi, deb aytibdi. Bog`ning oii
sakkiz joyiga chiroqyoqtirishgani bois bog" shunday charog`on
boiibdiki, to`planganlar bir.birining ichida nima borligini ham
ko`rib o`tirishibdi. Boshlarida toj, yelkalarida zardob to4n
kiygan Egamberdi bilan Karimbei`di, zebi zarlarga behad
o4rangan boshlarini xam qilib olgan Fotima qiz bilan Zuhro
qizlar bitta.bitta bosib kirib kelishayotganda, yo olloh,
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
osmondan ilohiy nurlar mo`lu koi yog`ilgandek bo`libdi.
Kuyovlar chinakam shahzodalarga.yu, Fotima bilan Zuhrolar
chinakam malikalarga o`xshab ketishibdi. Hamma o`rnidan
turib qiyqirib yuborishibdi.
Eshon aya to`qson yildan buyon yaxshi niyat qilib, yig`ib
yurgan ekanlar, bir yuz yetmish yigitning boshiga marg`ilon
nusxa do`ppi kiygizibdilar, bir yuzi yetmish qiz.u juvonning
yelkasiga, saqlab yurgan ekanlar, bir kiyimdan yal.yal yonib
turgan marg`ilon atlasidan tashlabdilar. Eng qizig`i shu
bo`libdiki, Rajabboy bilan Ajabbov to`yga tashrif
buyurganlarning hammasiga bittadan quyon berib:
. Yaxshilab boqsanglar, yanagi yilga to`rttadan tug`ib
beradi, degan gaplarni aytib turibdi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |