O`n birinchi bob
Nonushta pallasi edi. Shifoxonaning Eshon aya bilan
Egamberdiga maxsus jihozlab berilgan kichkinagina
xonasida Eshon ayaning o`zlari, o`ziga kelib, oyoqqa ham
turib olgan g`amgingina Egamberdi, ikkovlarini yo`qlash
uchun nonushtalaridan kechga qolmay, deb qatlama,
qaymoq ko`tarib kelgan, saxiv Karimningbir hamlasi bilan
kattagina bog`chaga ega boiib olgan Shahriniso ayalar
o`tirishibdi.
. Xudoga shukur, mana, oyoqqa ham turib olibsiz, . deyishdi
yo`qlab kelgan ayollar.
. Hammasi Ollohdan . deb qo`yaptilar Eshon aya.
Egamberdi yiqilib o`zidan ketgan daqiqalardan boshlab
nimjongina qoilari bilan baxtsizlikka ro`para kelgan o`g`lining
boshini silab, to`rt kun bo`layaptiki yonidan jilmaydi. Aziz
o`g`lim, har kunimiz sinov. seningaziz boshingayana bir sinov
keldi, agar o`sha qizga bunchalik ko`ngling borligini
bilganimda, qari onang tek o`tirarmidi, butun olamni oyoqqa
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
turg`izardi, degan gaplarni aytadida, hammasi taqdiri azaldan,
deb ham qo`yadilar.
Egamberdi sovuqqina jilmayadi, kuladi, yonib kuyib
o`tirgan keksa onamning ko`nglini ko`taray, deydi. baribir
kula olmaydi. Ko`z o`ngidan urishqoq xo`rozdek ho`rpayib
turgan G`ulomning istehzoli qiyofasi, ko`zini g`alatiroq qisib
turishi nari ketmaydi. Fotichi, nega rozi boidi ekan. degan
savol miyasini tark etmaydi. Hozir ham g`amgingina bo`lib
o`tiribdi. Qaymoqdan nomigagina, Shahrixon avaning
hurmati uchun yalab.yalab qo`yyapti. Eshik ovozsizgina
ochildi.
Ostonada qoitigida tuguncha, Fotima qiz ko`rindi. Eski
kiyim boshda, o`sha dalada o`t tergani borganida kiyib
boradigan kirgina gulli ko`ylagi, qo`yxonaga kiyib kiradigan
shalog`i chiqqan eski kalishi... G`alati boidi.ku, nahotki tusli
ko`rishayotgan boisa, nahotki.
. Ayajon, bu menman, baxtsiz Fotima qizingizman.
Sizdan himoya so`rab keldim, . Fotima hayron boiib turgan
Eshon ayaning tizzasiga boshini qo`yib, shunday yigiadiki,
shunday g`ussali, alamli ovoz bilan yigiadiki, olamdagi
barcha alam, barcha xo`rlik ovozga jamuljam boigandek
edi.
. Hammasi Ollohdan, . deyaptilar Eshon aya qizning
yonib.kuyib borayotgan boshini silab.
. Yo ollohim, . deb qo`yyapti qaymoq keltirgan ayol.
Xonkeldidek gadoy topmas, xilvat bir qishloqda eskirib,
chirib, achib borayotgan urf.odatlar saqlanayotgan chekka bir
yurtda nikoh to`yiga bor.yo`g`i bir hafta qolganda qiz bolaning
yo`q boiib qolishi... Hay hay, qishloq mish.mishlar ichida
qoldiya. Xonkeldiga shunaqasi kerak edi: shivirlab
gapiradiganlar, og`zini t o i d i r i b qasam ichib, gap
tarqatadiganlar, shunaqami, voy xudoyim.ey, deb vahimani
kuchaytiradiganlar bir yayrab oladigan boidilar. Yayrab oldilar
ham.
Uch kun deganda qishloq ahli uchga boiinib ketdi.
Sobiq kolxozda o`ttiz yildan ortiq rahbar boigan
Qo`ziyev rais boshliq suvga tushgan mushuk boladek dirwww.
kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
dir qaltirab turgan omadsiz kuyov G`ulomjon, barcha
qavm.qarindoshlar . hammalari jamuljam bo`lishib bir
tarafga tizildilar.
. Qizni topamiz.
. To4yni vaqtida o4tkazamiz.
. Sha`nimizga dog4 tushirgani qo`ymaymiz.
. Qarshi boiganlarning boshini yanchamiz, . deyishib
qo`Uarini musht qilib olganlar.
Tursunali qassob gap nimadaliginingpoyonigayetmasdan,
yetishni istamasdan:
. Sharmanda bo`ldim. Bosh ko`tarolmay qoldim. Aybdorni
so4yaman. Qonini ichaman, . deb katta pichoqni qo4lga olib,
qo`y so4yadigan, mol so`yadigan, ot so4yadigan abjir.abjir
qassob do`stlarini chaqirib, goh u tomonga, goh bu tomonga
hanila qilib turibdi. Bitta ayol qutirgan nowosning ko4zi qonga
to`lib, loladek qip.qizarib ketadi.ku, Tursunali qassobning
harn hozir ko`zlari qip.qizil, yaqiniga bora ko4rmanglar, degan
gaplarni aytib yuribdi. Izzat.nafsi xo`rlanganda odam bolasi
buqadek qutirarkanda, ko4zi qonga to4larkanda, qo4ligao4tkir
pichoq olai`kanda, deb haligi gapining ustigayana ignacha gap
qo`shayapti bu ayol.
Bir tarafkashlik boshlandiki, olushuv biram avjiga chiqib
boryaptiki, Xonkeldi bo4lganidan buyon inson bolasining
ehtirosi bunchalik lovillab yonmagan bo`lsa kerak.
Egam bilan Fotimani himoyaga olganlar ham bo4sh
kelayotganlari yo`q. Hammadan ham Eshon aya astoydil
yeng shimarganlar. Qariganimda topgan bolalarimni,
ollohimning menga bergan buyuk marhamatini oyoq osti
qildirib qo`ymayman, deb atrofidagilarini na kechasi na
kunduzi tindiryaptilar. Ollohga shukur, yoshim yuzga
borib qolyapti. Xonkeldida qiz talashib bir.birini so`ygan
yigitlarni, obro4 talashib bir.birlarini uyiga o4t qo`ygan
avlodalarni ko`p ko4rganman, iloyim o`zing ana shu
kundan ehtiyot qilgin, deb tunu kun yaratganga tavallo
ham qilyaptilar. Hayotning achchiq.chuchugini ko`p totgan
Eshon aya Fotima qochib keldim, deyishi bilanoq yuz
berishi mumkin bo`lgan fojiani darhol ko4z oldilariga
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
keltirdilar. Darhol Hoji Sodiq janoblariga qo`ng`iroq
qilinglar, ko`zi ochiq, fikri tiniq bu odam tezroq yetib
kelsin, yoi.yo`riq ko`rsatsin, dedilar. Katta xazinadan,
tillalardan umidini uzmay yurgan Hoji janoblari qush
boiib uchib keldilar.
. Ish chatoq, . dedilar gapning ipi.ignasigacha surishtirib
boigach, . eskilik sarqitlariga, eski urf.odatlarga boshi bilan
g`arq boigan Xonkeldidek xilvat qishloqda to`y oldidan
qizning qochishi... Qudalaru, qarindoshlar o`rtasidagi
olishuv... Qizim, Fotimamidi isming, ayt.chi, nikohlaring
o`qilganmidi.
. Yo`q, . sekingina bosh chayqadi Fotima.
. Ish unchalik murakkab emas ekan, . o`tirganlarning
ko`nglini tinchitgan boidi Hoji Sodiq janoblari.
Maslahatga bosh vrach Fotima Aslanovani, tajribali
huquqshunos qovog`i soliq Sattorov deganni ham chaqirdilar.
Egamqul bilan Fotima qizgayo eshittirib, yo eshittirmasdan
g`alati.g`alati narsalar haqida suhbatlashib oldilar, nima
haqda kelishib olganlarini na qiz bilan yigit, na Eshon aya
bildilar.
Uchinchi kuni yuragini hovuchlab bir chekkada pusibgina
o`tirgan Fotima qizning otasi bilan dovdirab, tili gapga ham
kelmay qolgan mushtipar onasi keldi. Qizimizni olib ketamiz,
deyishdi. Fotima Aslanovna qizlaring og`ir ruhiy kasal, unga
tega ko`rmanglar, deya ota.onani orqasiga qaytardi. To`rtinchi
kuni Qo`ziyev raisning o`gii G`ulomjon bilan birga bir quchoq
gul ko`tai`ib kelishibdi. O`rtagayana bosh vrach tushdi. Qizga
tega ko`rmanglar, og`ir fojia yuz berishi mumkin, deb, ularni
ham orqasiga qaytardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |