04n uchinchi bob
Eshon ayaning, ey ollohim, shu ikki o`g`limning pok
niyatlariga o`zing oq yo`l bergin, orzulari ro`yobga chiqsin,
yuzlari yorug` bo`lsin, deya goho tong sahardan joynamoz
ustida duolar o`qib yaratganga iltijo qilganlari mana, ro`yobga
chiqayapti shekilli, Olloh qo`llab.quwatlabdi.
Uchastka nozirining ta`qibidan qutildilar.
Quyonchi bobo bilan aloqa bog`lab mana quyonlar sonini
salkam mingtaga yetkazib oldilar.
Mana, biryo`la to`rtta velosiped sotib oldilar.
Bular yaxshi. Lekin xatolar ham ketma.ket bo`lib turibdi.
Birinchi xatoni xashak birgadiri, hovliqmachi Rajabboy qilib
qo`ydi. Unga e`lon yozish, e`lonlarni guzarga, maktabga
boradigan yo`lga yopishtirgin, deb aytilgan edi, mana o`sha
ishni bajarib, e`londan bir nusxasini ko`tarib ham kelibdi.
≪E`lon, e`lon, e`lon.
Oq quyon oppoq quyon≫ fermasini tuzganmiz. Quyon
boqishga xohishi zo`r bo`lib, kechalari tushlariga quyonlar
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
kirib.chiqadigan o`g`il bolalar, qiz bolalar boisa, ikki baho
olishmagan boisa, dadajon quyon olishga pul bering, deb
yigiab yurishgan boisa, ana shularga quyonlar tekinga
beriladi. Boyib ketsak, traktor olmoqchimiz, oq marmardan
haykal qo`ymoqchimiz. Gap tamom.
«Oq quyon oppoq quyon» fermasining raisi . Egam.
Muovini . Karim,
Xashak birgadir . Rajabboy.
Tozalik raisi . Ajabboy.
Tamom vassalom».
Rajabboy buyuk bir kashfïyotni eion qilgandek yiltiroq
qog`ozga, tuni bilan uxlamay, bosma harflar bilan yozib kelgan
eionini shavq.zavqqa toiib, baland ovoz bilan o`qib berdi.
Egamberdining jigibiyroni chiqdi, qog`ozni kaftlari orasiga
olib gijimladi. Karimberdi boisa o`zini kulgidan to`xtata olmas
edi, harqalay bir amallab to`xtab:
. Bu eion emas, maynavozchilik boiibdi, . dedi.
. Ushbu maynavozchilikni ko`chalarga yopishtirishga
ulgurding hammi. . so`radi Egamberdi.
. Ko`proq yopishtirsam rahmat aytasizlar deb o`ylovdim.
. Qo`shni qishloqlarga ham yopishtirdingmi.
. Xo`ja qishloqqa to`rttagina yopishtirdim xolos.
. Hozir orqangga qayt, yigishtirib kel, o`sha eionlaringni.
. Egam, shovqin solma, sen rais boisang, men ham
kichkina vazifada emasman.
To`g`ri senda ham kattagina lavozim bor. Lekin eion
bunaqa yoziïmaydi. Mayli, boiar ish boidi, uni boshqacharoq
qilib yozamiz.
. Essizgina, Egam qaragin, qanaqa chiroyli harflar bilan
yozuvdim.a, bosh harflarini qara.
. Boiari boidi, boshqatdan yozamiz.
. Yoz.may.man.
. Yozmasang, ishdan haydayman.
. Haydab bo`psan. Siroj birgadirning ustinida boylanib,
bo`g`ilib yotganingda seni oiimdan men qutqardim...
Karim, sen aytgin, men hali fermaga ko`p kerak boiaman,
senlarni oiimdan qutqaraman... mayli, qaytadan yozib
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
kelaman... Ritta gapni ochiq ayt, shu veloseped mening o`zo`zimgami.
. O`z.o`zingga.
. Ukam Ajabboydagi velosiped ham o`z.o`zigami.
. 04z.okziga deganmiz.ku.
. Qishloqda hech kim ishonmayapti. Egam bu
velosipedlarni o`g`irlab kelgan bo`lsa kerak, deyishyapti, puli
yo`q edi.ku, deyishyapti... Rostini ayt okrtoq, rostdan ham
pullaring ko`pmi, juda.juda ko`pmi. Kimdan olayapsizlar.
. Pullarimiz... Ollohdan kelayapti.
Tortisha.tortisha e`ionni qaytadan yozadigan bo`lishdi.
Uningmatnini tayrlashda to`rttovlari tengdan ishtirok etishdi.
Men ham orqada qolmay deb, Ajabboy ham uch.tokrt so`z
aytgan bo`ldi. Tayvor bo`lgan e`ionni o`qishni Ajabboyga
berishdi. Ajabboy o`rnidan turib, bir yoktalib olib baland ovoz
bilan o`qiy boshladi:
«E`ion, e`ion, e`ion.
Bosh homiy Eshon aya bo`lganlar.
Fermaga «Oq quyon, oppoq quyonlar» deb nom berilgan.
Fermaga a`zo bo`lishni xohlovchilar ota.onasiningruxsatini
olib Eshonbogkga kelaversinlar.
Eslatma: Quyonlar tekinga beriladi.
Semirgan quyonlar ni parhez go`sht do`koni yuqori bahoda
sotib oladi.
«Oq, quyon oppoq quyonlar» raisi . Egamberdi
Qosinïaliyev, ferma raisining muovini . Karimberdi Sirojov».
• Rajabbov yangigina velosipedini Soy mahalla bolalariga
yana bir marta kokrsatish, ko`rsatganda ham vaqtincha emas,
doimiyga berilganligini ta`kidlash uchun, so`qmoq yo`llar orqali
qishloqqa uchib ketdi. Egamberdi yangi keltirilgan quyonlarni
kattaayvonlargajovlash bilan mashg`ul bo`ldi. Ajabboy yaxslii
bola ekan, dalalarda yurib dehqonlarning paykalidanpaykaliga
o`tib, kuzda, to`satdan qor yog`ib, kavlab olishga
ulgurmay qolib ketgan sabzi, sholg`om, turp ekilgan joylarni
aniqlab kelibdi. Kokzi ham o`tkirgina ekan. Sabzining yer
ostida qanchasi qolib ketganini, qanday qilsa olish oson
bo`lishini ham bilib, belgilab kelibdi. Ayniqsa, bu serg`ayrat,
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
ishqivozligi baland bolaning qayerlardandir panshaxa ham
olib kelgani raisni ham, muovinini ham xursand qildi.
. Mana qarang, panshaxani mana bunday sanchib, mana
bunday qilib ko`tarsa, sabzi ham sholg`om ham, tuproqqa
aralashib chiqib kelaveradi, . deb oi`gatgan ham boidi
Ajabboy, . dadam sabzini hamisha panshaxada kavlaydi, belda
kavlasa ham boiadi.yu, bel sabzini kesib qo`yadi.
Karimberdi bilan Ajabali ikki qopni qoitiqqa tiqib,
panshaxani yelkaga qo`yib dalaga jo`nadilar. Karimberdi
o`zicha har xil o`ylarga berilib, turtinib.surtinib, orqaroqda
borayapti. Ajabali sabzi bor paykalni kecha belgilab
qo`yganidan, o`sha belgilangan joyiga hech adashmay
ketayotganidan o`zida yo`q shod, behad xursand, to`xtamay
savollar ham berib borayapti.
. Karim aka, boyib ketsak keyin Siroj amakimga traktor
olib beramizmi.
. Ha, albatta, olib beramiz.
. Mening dadamga ham olib berasizlarmi.
. Dadangda bor.yo`g`i uch gektar yer bor, unga traktor
kerak emas.
. Uch gektar yeri bor fermerlarga traktor olib
bermaysizlarmi.
. Hozircha yo`q. Keyin, boyib ketsak o`ylab ko`ramiz.
. Karim aka, Egam akam oigan onasiga oq marmardan
haykal qo`ymoqchimi.
. Kimdan eshitding.
. Opam aytdi.
. Ha uka, Egam ikkovimizning shunaqa niyatimiz bor.
. Mening ham buvimga haykal qo`yasizlarmi.
. Qaysi buvingga.
. Voy eshitmaganmisiz. Dadamning onasi oigan.ku.
. Roziya xolamni aytyapsanmi.
. Ha, oksha buvimga ham haykal qo`ysak bo`lardi, juda
mehribon edi, yelkamni silab.silab qo`yardi, ertaklar aytib
berardi.
. Xudo xohlasa, boyib ketsak, o`sha ertakchi buvingga ham
yodgorlik qo`yamiz.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Keyin oisam, menga ham qo`yasizlarmi.
. Hey uka, nafasingni issiq qil, savollaring qiynab
yuboryapti meni. Jim boimasang orqangga qaytarib
yuboraman.
Suhbatlasha.suhbatlasha belgilab qo`yilgan paykalga ham
yetib bordilar. Ajabboy ishlab yurgan bolada, ozroq boisa ham
ishning hadisini olgan ekan. Qishi bilan nam tuproq bag`rida
votgan, onda.sonda ko`zga tashlanayotgan sabzilarni panshaxa
sanchib, yuzaga chiqarib tashlayverdi. Karimberdi shoshilib
tuprogini qoqa.qoqa o`sha sabzilarni qoplarga solaverdi.
Ajabboy goho belini rostlab:
. Karim aka, yana bitta narsa so`rasam maylimi.
. So`ramasang, turolmaydiganga o`xshaysan, mayli,
so`rayqol.
. Mana shu velosiped mening o`z.o`zimgami.
. Raisimiz o`z.o`zingga deb aytdi.ku.
. Ishdan haydasalaring velosipedni olib qolmaysizlarmi.
. Yaxshi ishlasang hech qachon haydamaymiz.
Ajabboy yana shoshilib ishga beriladi. Yaxshi ishlasam
Egam akam bilan Karim akam ishdan haydashmas ekan,
velosiped o4z.o`zimga qolar ekan, minib o`tib Qibla mahalla
bolalarining ko`zini rosa kuydiraman, deb o`ylaydi.da,
charchaydi shekilli, belini rostlab, yana savolga tutadi:
. Karim aka, bitta quyon bir kunda nechta sabzi yeydi. ≪
. Rostini aytsam, aniq bilmayman.
. Mana qarang, mana shunaqasidan nechta yeydi.
. Uchta yesa kerak.
. Voy.bo`y, bugun quyonimiz olti yuztaga yetsa hammasiga
yetkaza olmavmiz.ku.
. Qo`rqma uka, qoplar toiguncha kavlaylik. Qolganini
ertaga kavlaymiz. Qambarali fermerning karamini o`rislar
olmasa hammasini o`zimiz sotib olamiz.
. Karim aka pulimiz shuncha ko`pmi, qayerdan olayapmiz
ularni.
. Olloh berayapti, ukam, Olloh.
Gaplasha.gaplasha qoplarni toidirdilar, gaplasha.gaplasha
toia.toia qorlarni yelkalariga oldilar, gaplasha.gaplasha
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Eshonbog`ga yetib ham keldilar. yetib kelishlari bilan
sharillatib yomg`ir quyib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |