Sakkizinchi bob
Eshon aya kasalxonani tark etib keta turib ikki o`giini
bag`riga olib, qayta.qayta o`pib, ≪bilib qo`yinglar, bora solib
kelinlar harakatiga tushaman≫, deb ketdilar. Bu chiroyli so`zlar
Karimberdiningdilini charog`on qildi, Egamberdining qalbini
esa shubhali ofcylar.u qorong`ulik bosgandek boidi. Fotima
qiz ko`z o`ngidan ketmayotgandi, uning chimirilib turishi
xayolini butunlay egallab oldi.
Negaxatgajavob bermaydi.
Nega kelmaydi.
Nega.
Nega. Shunday savollaru o`ylar ruhini tinmay bezovta qiladi.
Hovlilari orqasida gaplashib turganimizni dadasi ko`rgan boisa,
to`g`ri, qoiini ushlab turuvdim, ushlab turuvdim xolos.ku.
Zarifaning tug`ilgan kunida G4ulom g`uppa bilan yetti marta
raqsga tushibdi.ku, nega qassob dadasi unga indamaydi.yu
gaplashib turganimiz uchun qizini yertoiaga qamaydi. Egainberdi
ana shunday alamli oVlarga beriladi.da, ≪ey G`ulom, bilib qoky
Fotimani senga bermayman, bermayman≫, deb o`rnidan turib
ketadi. Hozircha hamma ish Hoji Sodiq janoblarining maslahati
bilan muallima Hamidova opoyning qoiiga o`tgan. Pechatu
shtamplar olish, banklardan imzolarni tasdiqlatish hammahammasini
.muallima opoy tinchityapti. Opoy maktabda uzoq
yillar ilmiy bo`lim mudiri, direktor o`rinbosari lavozimida ishlagan
emasmi, odamlar bilan muomala qilish me`yorini xo`p o`rgangan
ekan. Qaysi ishga qoi ursa, qaysi idoraga bosh suqsa, har qanday
muammoning ham osongina yechimini topayapti. Ko`hlikkina
hamshira qiz yo`qlovchilar kelganini maium qildi. Kirishdi,
o`tirishdi, fotiha o`qishdi, hol.ahvol so`rashdi.
Hamidova opoy kulimsirab gap boshladi:
. Egam o`giim, menga katta ishonch bildirgansan,
yordamchim deb eion qilgansan. Endi tez.tez hisobot ham
berib turaman.da.
Egamqul kulimsirab, jilmayib turib javob qaytardi:
. Opajon, vaqti.vaqti bilan hisobot berib turmasangiz
ishdan bo`shatib yuboraman.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. EJgam, xudoga shukur, mana oyoqqa hamiuribietding,
mana bu ayolni taniyapsanmi.
. Taniyman, buxgalteriyada ishlardilar, o`g`illari boksga
qatnashadi.
. Shu opani ishga olsak devdim.
. Qanaqa ishga olamiz.
. Hisobchilikka.da.
. Hoji amaki nima derkanlar.
. Sokradim, Egamqul hal qilsin, dedilar.
. Mayli roziman. Kalbasa sexi qurilmalarini olib
keldilaringmi.
. Okg`lim kuni kechagina pul o`tkazdik. Awal quriladigan
joy hal bo`lsin. Bu ukamiz bo`lsalar artizan qudug`i
kavlovchilarining boshlig`i ekanlar, bilaman, tanishib
olgansizlar. Geodeziya kartasini olib kelibdilar. Hoji Sodiq
janoblari borib kasalxonada yotgan Egamberdi bilan yana bir
uchrashing deb topshiriq beribdilar... Kecha kelsak uxlab
yotgan ekansan. Qishloqqa bordik otalaring Siroj amaki,
Qosimali togka qishloqyig`ini raisi Nodirov amakilar quduqqa
joy tanlashda ishtirok etishdi.
. Joy tanladilaringmi axir.
. Tanladik.
. Karim qishloqda edi, u ham joy tanlashda ishtirok,etdinii.
. Birga bo`ldi, dadam nima desa, men roziman degandan
boshqa gap aytmadi.
. Bilaman opoy, bu o4rtogkim Siroj amakimdan qo`rqadi,
juda.juda qo`rqadi. Qoiida million.million pul turibdi.yu nima
desang dadamdan so`raylik, deb iljayib turaveradi. Mayli,
dadasini roziligini olsa, biz ham rozimiz.
. Egamjon quduqqa markazroqdan joy tanladik. Endi
sendan bir narsani yashirib, Eshon ayamning ruxsatlari bilan,
Hoji Sodiq janoblari bilan kelishib Eshonbog`ning etakroq
tomoniga Karim ikkovlaringgayonma.yon qilib, oq g`ishtdan
imorat solayapmiz. Xudo xohlasa kelinlarni ana shu uylarga
tushiraman, deb Eshon ayam hech birimizga, kun
bermayaptilar. Voy, bu onamizning xursand bo`lganlarini
aytsam. Bir qarasangiz quruvchilarga tuxum pishirib
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
kelayaptilar, xo`roz so`yib dimlama qilib kelayaptilar, hassalariga
tayanib, goh u yoqqa o`tadilar, goh bu yoqqa o`tadilar, imoratga
qo`yilayotgan gishtlarni o`pib.o`pib qo`yadilar, yo piray, salkam
yuz yoshda shuncha qu watni qayerdan olayaptilar ekan. Tezroq
uylanmasanglar armonlari ushalmaydiganga o`xshaydi, o`giim.
Hoji amaki ham shoshayaptilar, qishloqda qiz yofcq boisa,
shaharda qiz ko`p deyaptilar.
≪Hoji amakining maqsadlari aniq, tilla axtaryaptilar, uy
qurish bahonasida bog`ning hamma yog`ini kavlab
tashlayotgan boisalar ham kerak≫, deb okyladi Egamberdi.
O`yladiyu, yuragi shuv etib ketganini his qildi... Topolmaydi,
ikki dunyoda ham yertoianing qayerdaligini bilolmaydi, deb
ko`ngliga taskin bergandek boidi.
. Ramziddin amakimidi otingiz, . deb sokradi quduq
kavlashga bosh boiib kelgan yigitdan.
. Ha, ramazon oyida tugilgan ekanman.
. Mayli, Ramziddin aka, quduqni qishloqning dasht
qismidan kavlanglar. Agar past qismida kavlasanglar
qishloqning yuqori qismiga suv uzatish qiyin boiadi. Kecha
Karim ikkovimiz ham xomaki boisa.da rosa muhokama qildik.
Yuqori qismiga kavlasanglar past qismiga suvning shovullab
ketishi oson boiadi... Jon aka, ochig`ini ayting, necha kunda
bitkazasizlar.
. Guruntning qattiq yumshoqligiga bogiiq.
. Yumshoq boisa qancha kunda bitarkan, ochiq ayting.
. Parmalarimiz chet eldan keltirilgan, astoydil boisak bir
haftada kavlab tashlaymiz.
Egamberdi yana ko`p narsalarni so`ramoqchi edi. Yoshroq
boiganimda shu yigitchaga o`zim tegib olardim, deb hazillashib
jrurgan hamshira qiz shoshilab kirib, bemor charchadi, bas
chiqinglar, deb qistay boshladi.
. Xo`p opajon, traktor nima boidi, . shoshilib so`radi
Egamqul.
. O`giim, istasak ertagayoq olib kelishimiz mumkin.
Traktor bilan yodgorlikni bir kunda olib kelsak, deb turibmiz.
O`giim, shoshmaylik, bu gapni hokimimizningmuovini ham
aytayapti.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Asrorov amaki aytavaptimi.
. Albatta.da, hamma ishlarimizga o`sha kishiningyordami
tegib turibdi, bilasan.ku, yosh fermerlar uyushmasiga o`sha
kishi rahbarlik qilayaptilar.
. Demak, opajon. men tezroq chiqishim kerak ekan.da.
. Qancha tez chiqsang shunchayaxshi, o`giim.
Egamberdining so`nggi so`zi og`zida qoldi. Hamshira qiz
qolganlarni itarib.itarib xonadan chiqara boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |