Axtamova nigina halim qizining


-Bob. Asar poetikasini o‘rganishda savol-topshiriqlarning o‘rni va ahamiyati



Download 148 Kb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi148 Kb.
#204977
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Bob. Asar poetikasini o‘rganishda savol-topshiriqlarning o‘rni va ahamiyati

Maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar nazariy bilimlar bilan amaliy yo`lning uzviy aloqada bo‘lishini, mavzular, boblar va hatto o‘quv predmetlari orasida o‘zaro bog'liqlikni ta'minlaydi. Mazkur tamoyillarning bir qismi o‘quvchi faoliyatiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi o‘qituvchilarga daxldor. Masalan, o‘quvchilar darsda faollik, izchillik tamoyillariga amal qilishsa, ilmiylik, darsni tashkil etishdagi ko‘rgazmalilik, o‘tiladigan mavzu mazmuniga mos metod tanlash, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan, dasturlashtirilgan ta'limdan, shuningdek, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va mahalliy, tarixiy manbalardan foydalanish kabi masalalar bevosita o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatida o‘z aksini topadi.

Ilmiylik tamoyilini qo‘llash orqali o‘quvchilarga hozirgi adabiyotshunoslikda o‘z tasdig‘ini topgan, ilmiy jihatdan isbotlangan ma’lumotlar beriladi. O‘qituvchi fanning eng so‘ngi yutuqlari asosida darslikdagi barcha mavzularni o‘zaro bog‘liqlikda izohlaydi. Masalan, adabiyot darslarida ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlar bilan ham tanishadilar. Shu mavzuda havola etilgan bobdan so‘ng berilgan savol va topshiriqlar asosida o‘rganilgan materiallar o‘rganilsa hamda umumlashtirilsa, yangi didaktik manbalar o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni boyitish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

5-sinf "Adabiyot" darsligida "Ertaklar haqida", "Ruboiy haqida", "Hadis haqida", "Maqol va topshmoqlar haqida", "Masal haqida", "She'r haqida", "Sayohatnoma haqida" kabi nazariy materiallarni ilmiylik tamoyili asosida o‘rganish ulardan oldin o‘rganilgan badiiy asarlarning janriy xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan holatda olib boriladi. Shu tariqa o‘qituvchilarga adabiyotshunoslikdan dastlabki nazariy ma’lumotlar beriladi. Bu esa shu yoshdagi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, adabiy-estetik tafakkuri, mantiqiy fikrlash masalasini shakllantirishga yordam beradi. Taniqli psixolog E.G‘oziyevning fikricha, ayni shu yoshdagi "… o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini o‘zi boshqarish, anglash, baholashga keng imkon yaratadi. O‘smirlik yoshida kattalik holatiga yetish jarayoni sodir bo‘ladi. Bular, avvalo, ta'lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirlarni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘smirlar endi zarur o‘rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o‘zlashtirishga harakat qiladi.

Ma'lumki, nazariy ma’lumotlar o‘quvchilarning "Adabiyot nazariyasi" bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan bilimlar silsilasini tashkil etadi.

Oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abituriyentlarning test topshiriqlariga bergan javoblari taxlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning adabiy-nazariy tushunchalarni dastur talablari doirasida o‘zlashtirish darajasi hamon pastligicha qolmoqda. Bu hol mazkur muammoga maktab ta'limida jiddiy e'tibor qaratishni taqozo etadi.

Mazkur muammoni ijobiy hal etishni faqat darsliklarda nazariy ma’lumotlarning berilishi bilangina izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki har bir badiiy asar tahlilini nazariy tushunchalarsiz uyushtirib bo‘lmaydi. Ayni shu holat asar tahliliga doir savol va topshiriqlarga hamisha izchil va ijodiy yondashish zaruriyatini yuzaga keltiradi.1

Umumdidaktik tamoyillarning yadrosini tashkil etuvchi ilmiylik tamoyili o‘quvchilarga faqat adabiyot darslaridagina adabiyotga doir nazariy ma’lumotlarni o‘rganish tarzida amalga oshirilmasdan, balki, badiiy asarlar mazmunidagi ilmiy haqiqatlarni aniqlash, ularda aks etgan tarixiy sanalar va boshqa manbalarni qiyoslab o‘rganishda ham qo‘l keladi. Umumta`lim maktabda adabiy ta`limining g‘oyat muhim vazifalaridan biri adabiyot o‘qitishning bosh maqsadini professor Q.Yo‘ldoshev to‘g‘ri belgilab bergan edi: "...barkamol shaxsni shakllantirish marrasi milliy maktablarimizda adabiyot o‘quv predmetini o‘rganish uchun bosh maqsad bo‘lishi mumkin ekanligini qadimiy qadriyatlarimiz ham, ma'naviy an'analarimiz ham, uzoq tarixga ega pedagogik amaliy yo‘limiz ham, kishilarimiz ruhiy olamiga chuqur singib ketgan badiiy adabiyotimiz ham taqozo etadi" .

Barkamol shaxsni shakllantirish nafaqat adabiy ta`lim, balki 0‘zbekiston maktablaridagi barcha fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan bosh maqsaddir.

Ma'lumki, hozirgi paytda umumta'lim maktablarida adabiyot ta`limi mazmunan xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi (islomgacha bo‘lgan) davr adabiyoti, mumtoz adabiyot hamda yangi davr adabiyoti tarzida o‘qitilmoqda.

Demak, umumta'lim maktablarida adabiyot darslari orqali o‘zbek va jahon adabiyoti vakillarining hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ma’lumotlar, ularning asarlaridan namunalar keltirilmoqda. Ammo har bir tanishtirilayotgan badiiy asarni o‘quvchi darsdan so‘ng ham katta qiziqish bilan topib, uning to‘liq holatini mutolaa qilishga harakat qilmoqdami, yoki darslikda berilgan parchani shunchaki satrlab ko‘z yugurtirib chiqish uchun, o‘qituvchisi asar haqida biror ma’lumotni so‘rab qolganda javob berish uchun o‘qib chiqadi, xolosmi? Ushbu o‘rinda o‘quvchining o‘rganilayotgan badiiy asari o‘zlashtirishi, undan estetik zavq ola bilishi va ma'naviy oziqlanishi uchun adabiyot darslarida badiiy asari tahlil qilish jarayoni juda muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonni o‘ta mohirlik bilan tashkil etish esa o‘qituvchiga, uning qobiliyatiga va tajribaliligiga bog`liqdir.



    1. Download 148 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish