Axtamova nigina halim qizining


Savol va topshiriqlar ustida ishlash tamoyillari



Download 148 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi148 Kb.
#204977
1   2   3   4   5   6   7   8
2.2. Savol va topshiriqlar ustida ishlash tamoyillari

O‘quvchilarning yangi ma’lumot olishga qaratilgan savollari uning dunyoqarashini kengaytiradi, bilimlarini boyitadi. Bunday savollar ko‘pincha o‘z ortidan faol harakatlarni yetaklab keladi. Yangi axborot olgan o‘quvchi ko‘pincha faol amaliy ishga o‘tadi, javoblarda ko‘rsatilgan adabiyotlarga murojaat qiladi. O‘quvchilar bir-biriga o‘xshamagan savollar tuzishga, o‘z fikrlarini savol shaklida to‘g‘ri shakllantirishga harakat qiladi. Savollar o‘quv materialidagi asosiy g‘oyalar, muammolar qay darajada chuqur o‘zlashtirilganini ko‘rsatadi.

Avvalo, epik asarlami tahlil qilish usullarini tavsiya etishdan oldin biz o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan badiiy asarlami tahlil qilishga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalaming bugungi kundagi holatini o‘rganish maqsadida tajriba- sinov ishlarini amalga oshirdik. Tajriba-sinov ishlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 319-maktabning 10-"A" sinfida amalga oshirildi.

Tajriba-sinov boshida 10-"A" sinf o‘quvchilaridan 25 nafari bilan individual va jamoaviy tarzda suhbatlar, so‘ngra berilgan badiiy asarlami tahlil qilish, qahramonlarga tavsif berish, badiiy tasviriy vositalami aniqlash, badiiy asarda tasvirlangan voqealaming o‘sha davr voqealari bilan bog’liqligi, asar qahramonlarining fazilatlari hamda illatlari aniqlash va xulosa chiqarish kabi topshiriqlami bajardilar.

Tajriba-sinov boshida 10-"A" sinf o‘quvchilaridan 25 nafari, tajriba-sinov oxirida 29 nafaridan nazorat ishi olindi.

Biz tavsiya etgan usullar, o‘tilgan ochiq darslar, olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng o‘quvchilaming badiiy asarlami tahlil qilish, qahramonlarga tavsif berish, badiiy tasviriy vositalami aniqlash, badiiy asarda tasvirlangan voqealaming o‘sha davr voqealari bilan bog‘liqligi, asar qahramonlarining fazilatlari hamda illatlari aniqlash va xulosa chiqarishga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini sinash maqsadida guruhdan oldingi topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlardan iborat bo‘lgan nazorat ishlarini olish tashkillashtirdi. Ushbu nazorat ishlari 29 nafar o‘quvchi bilan olib borildi.

Biz ushbu matematik tahlil natijalarini o‘zaro solishtirish imkoniyatini yuzaga keltirish maqsadida quyidagi jadvalga joylashga harakat qildik.

0‘quvchilar

soni 0‘zlashtirish darajalari (foiz hisobida, birinchi natija)

Yuqori 0‘rta Quyi

27 23% 62% 15%

0‘quvchilar

soni 0‘zlashtirish darajalari (foiz hisobida, keyingi natija)

Yuqori 0‘rta Quyi

29 41,2% 43% 15,8%

Ko‘rinib turibdiki, tajribadan keyingi o‘zlashtirish darajalari tajribadan oldingi o‘zlashtirish darajalaridan yuqori. Demak, biz tavsiya qilayotgan usullar ta’lim jarayonida o‘zining samarasini ko‘rsata oladi.



XULOSA

Kurs ishimiz "0’quvchilarda epik asarlami tahlil qilishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari" mavzusida bo‘lib, biz unda adabiyot darslarida epik asarlami tahlil qilishning ilmiy va metodik asoslariga oid bo‘lgan ilmiy va nazariy qarashlarni yoritishga, epik asarlami tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilganmiz. Shuningdek, epik asarlarga tegishli bo‘lgan o‘ziga xoslikni inobatga olgan holda tavsiya qilgan usullarimiz asosida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazdik hamda tajriba-sinov ishlari samaradorligini o‘rganishga harakat qilganmiz. Kurs ishimizning birinchi bo‘limi "Adabiyot darslarida epik asarlarni tahlil qilishning ilmiy va metodik asoslari" deb nomlangan bo‘lib, biz unda badiiy asar tahlilining ikki turi: o‘quv va didaktik tahlilning tamoyillari hamda epik asarlami tahlil qilishning metodik va me’yoriy asoslarini yoritishga harakat qildik.

Eng avvalo, o‘quv didaktik tahlilning tamoyillari o‘rganilganda badiiy asaring tahlili olib borilayo`lganda har qanday tahlilning tugal bo‘lmasligi tamoyiliga, har qanday ilmiy tahlil faqat shaxsiy fikr ifodasi bo‘lib, u hech qachon mutlaq haqiqatlik da’vosini qilishi mumkin emasligi tamoyiliga, san’at asarining estetik hodisa ekanligidan kelib chiqib, unga biror g‘oyani ifodalash vositasigina deb qarash mumkin emasligi tamoyiliga, san’at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo‘lish kerakligi tamoyiliga, emotsionallik yoki hissiylik tamoyiliga, yaxlitlik, tizimlilik, tarixiylik, estetik asoslarning ustuvorligi tamoyiliga rioya qilish zarurligi bilan tanishdik.

Shunga ko‘ra badiiy asarni tahlil qilish jarayoni murakkab jarayon ekanligi, ushbu jarayonda badiiy asarni tahlil qilish tamoyillarini bilish hamda ushbu tamoyillarini yodda tutgan holda tahlil jarayonini olib borish maqsadga muvofiq degan xulosaga keldik.

Kurs ishimizning "Epik asarlarni tahlil qilishning metodik va me’yoriy asoslari" deb nomlangan qismida epik asarlami tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega ekanligi, asarning tur va janri uni tahlil qilishga oid metod va usullarning belgilanishiga asos bo‘lishi haqidagi ilmiy va amaliy ma’lumotlar bilan tanishdik. Tanishgan ma’lumotlarimiz asosida epik asarlarni badiiy tahlil etish ham ko‘lamdor va ko‘p bosqichli jarayon ekanligiga, epik asarlaming eng asosiy belgisi: voqeabandlik, tasvirda tafsilotlar mavjudligi va obrazlar tizimiga egaligi, qaysi janrda bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda muayyan miqdorda qahramonlarning bo‘lishi, ular ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanishi va ularning tabiatiga xos xususiyatlar hodisalar tasviri asnosida namoyon bo‘lib borishiga e’tibor qaratdik.

Kurs ishimizning ikkinchi bobi "Savol va topshiriqlar, ularning guruhlari tasnifi" deb nomlangan bo‘lib, unda epik turga mansub bo‘lgan hikoya, qissa va roman janriga oid bo‘lgan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha usul va tavsiyalarimizni berishga harakat qildik.

Hikoya janriga oid bo‘lgan asarlar tahlilini amalga oshirishda hikoya janrining adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati quyidagi uch yo‘nalish: tekstual tahlil, timsoliy tahlil, muammoli tahlil yo‘nalishida uyushtirilishi mumkinligi haqida ma’lumot berdik.

Hikoya janriga oid bo‘lgan asarlarni tahlil qilish usullarini G‘afur G‘ulomning "Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi misolida ko‘rsatib berishga urindik. 0‘qituvchi o‘quvchilarining tayyorgarligi ruhiy-aqliy darajasini hisobga olib, tahlilga chuqurroq kirishga undaydigan o‘z savol-topshiriqlarini va darslik mualliflarining yo‘naltiruvchi savollaridan foydalanishi mumkinligi, buning uchun "Bu kim, bu nima, bu qayer?", "Nodir tashbehlar", hikoya mazmunidan anglashiladigan insonlarga xos bo‘lgan fazilatlar hamda illatlarning namoyon bo‘lish o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan jadvalni to‘ldirish, "Nima uchun?", "Eng muhimi..." kabi usullarni tavsiya qilganmiz. Ushbu o‘rinda Ch. Aytmatovning "Oq kema" qissasi tahliliga alohida to‘xtalishga qaror qildik. 0‘quvchilaming asar matni bilan to‘liq tanishgan yoki tanishmaganligini tekshirish uchun "Mushohada" usulidan, o‘qituvchi bolakay obrazini kengroq va chuqurroq ochib berish maqsadida "Ibtido va intiho" usulidan, tushunchalami izohlash" usulidan, asar qahramonlari xarakterini ochib berish uchun "Men kimman?" usulidan, asar matni bilan bog‘liq bo‘lgan savol va topshiriqlar bilan ishlash qismida "0‘n ikki oy bir yilda" usulidan foydalanishni tavsiya qildik.

"Roman janriga oid bo‘lgan asarlarni tahlil qilishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish usullari" qismida esa katta hajmga ega bo‘lgan epik asarlarni tahlil qilishning murakkab tomonlari hamda o‘ziga xosliklari haqida nazariy ma’lumotlami berdik. Shuningdek, ushbu bo‘limda romanlarni tahlil qilishning bir qancha usullarini 0‘.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanini tahlil qilish misolida ko‘rib chiqdik. Asar qahramonlarining namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan sifatlarini yaqqolroq namoyon bo‘lishi uchun "Mening qahramonim" usulidan, romanda ro‘y bergan voqealar hamda qahramonlarning xatti-harakatlariga nisbatan o‘quvchilaming shaxsiy fikrini aniqlash uchun "Meni hayajonga soldi..." usulidan, urush davrining qancha qiyinchiliklami o‘zbek xalqining boshiga solganligini, urushning oqibatlari nimalarga olib kelganligini, front va front ortidagi qiyinchiliklami yanada yaxshiroq his ettirish uchun "Taqqoslash" usulidan foydalanish mumkinligi aytib o‘tilgan.

Kurs ishimizning ikkinchi "Savol va topshiriqlar ustida ishlash tamoyillari" bobida yuqorida biz tavsiya qilgan usullarimiz asosida badiiy asarlami tahlil qilish jarayonlarini amaliyo`lda qo‘llab ko‘rganmiz. 5-sinfda "Mening o‘g‘rigina bolam" hamda 10-sinfda "Ikki eshik orasi" romani bilan tanishish" mavzulari yordamida tajriba - sinov ishlarini amalga oshirdik. 0‘tkazilgan tajriba - sinov ishlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini jadvallar asosida foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatib berishga harakat qildik.

Umuman olganda, badiiy asarni tahlil qilishning tamoyillarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan har qanday tahlil o‘quvchining adabiy ta’lim jarayonida, badiiy asarni o‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy ma’lumot va tushunchalami shakllantirishda, shu asnoda ma'naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda birlamchi vazifani bajaradi degan xulosaga keldik.


Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish