Axtamova Iroda



Download 371,45 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi371,45 Kb.
#565136
Bog'liq
FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR


FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR. KO’PYOQLAR



5 – SINF DARSLIGI BO’YICHA
Tayyorlovchi: Axtamova Iroda| Kichik guruhlar soni: 5 ta | 2022-yil, Fevral
Tekshiruvchi: Pirnazar Ziyatovich Davronov

FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR


(Mavzuning to’liq bayoni)
Eslab ko’ramiz
Shu paytgacha asosan yassi, ya’ni bitta tekislikda yotadigan shakllarni (1-rasm) o’rganib keldik. Lekin, quyi sinflarda fazoviy shakllar (jismlar) bilan ham tanishgansiz (2-rasm). Ularning yassi shakllardan farqi – ular to’liqligicha bitta tekislikda yotmaydi. Fazoviy jismlar uch o’lchovlidir.

1-rasm

2-rasm
2-rasmda tasvirlangan jismlarni quyidagi xususiyatlariga ko’ra ikkita sinfga ajratish mumkin: b), f) va g) jismlarning chegarasi yassi bo’laklardan, ya’ni ko’pburchaklardan iborat. a), d) va e) jismlarning chegarasi esa unday emas.
Chegarasi yassi ko’pyoqlardan iborat fazoviy jism ko’pyoq deb ataladi.
Yassi ko’pburchaklar ko’pyoqning yoqlari, ko’pburchakning uchlari ko’pyoqning uchlari, tomonlari esa ko’pyoqning qirralari deb ataladi.

Kub (3-rasm) Prizma (4-rasm) Piramida (5-rasm)
Kub deb hamma yoqlari kvadratlardan iborat bo’lgan ko’pyoqqa aytiladi. Uning sakkizta uchi, oltita yoqi va o’n ikkita qirrasi bor (3-rasm).
Prizma deb ikki yog’i teng ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa to’rtburchakdan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari, to’rtburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi (4-rasm).
Asosining tomonlari soniga qarab prizmalar uchburchakli, to’rtburchakli va hokazo n-burchakli prizmalar deb yuritiladi.
Piramida deb bir yog’i ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Ko’pburchak piramidaning asosi, uchburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi.
5-rasmda uchburchakli piramida tasvirlangan.
Hamma fazoviy jismlarning chegarasi ko’pburchak bo’lavermaydi. Masalan, silindr (6-rasm), konus (7-rasm) va shar (8-rasm) ning chegarasi yassi ko’pburchak emas. Sharning sirti sferadan iborat.


Silindr (6-rasm) Konus (7-rasm) Shar (8-rasm)

Mavzuning to’liq bayonini kichik guruhlarga bo’laklash
Endi har bir kichik guruh uchun mavzuni taqsimlab olamiz
1-kichik guruh uchun
Chegarasi yassi ko’pyoqlardan iborat fazoviy jism ko’pyoq deb ataladi. Yassi ko’pburchaklar ko’pyoqning yoqlari, ko’pburchakning uchlari ko’pyoqning uchlari, tomonlari esa ko’pyoqning qirralari deb ataladi. Fazoviy jism (shakl) larni quyidagi xususiyatlariga ko’ra ikkita sinfga ajratish mumkin:

  1. Jismlarning chegarasi yassi bo’laklardan, ya’ni ko’pburchaklardan iborat.

  2. Ikkinchi sinfdagi jismlarning chegarasi esa unday emas.


2-kichik guruh uchun
Kub deb hamma yoqlari kvadratlardan iborat bo’lgan ko’pyoqqa aytiladi. Uning sakkizta uchi, oltita yoqi va o’n ikkita qirrasi bor. Uch o’lchovli bo’lganligi uchun uning hajmi - bo’yi, eni va balandligining ko’paytmasiga teng. Ya’ni, uning barcha tomonlari tengligidan V=a*a*a ga teng.

3-kichik guruh uchun
Prizma deb ikki yog’i teng ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa to’rtburchakdan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari, to’rtburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi. Asosining tomonlari soniga qarab prizmalar urburchakli, to’rtburchakli va hokazo n-burchakli prizmalar deb yuritiladi.

4-kichik guruh uchun
Piramida deb bir yog’i ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Ko’pburchak piramidaning asosi, uchburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi. Asosining tomonlari soniga qarab piramidalar uchburchakli, to’rtburchakli va hokazo n-burchakli piramidalar deb yuritiladi.

5-kichik guruh uchun
Hamma fazoviy jismlarning chegarasi ko’pburchak bo’lavermaydi. Masalan, silindr (6-rasm), konus (7-rasm) va shar (8-rasm) ning chegarasi yassi ko’pburchak emas. Sharning sirti sferadan iborat. Bu fazoviy shakllarni aylanish jismlari deb ham nomlash mumkin.

Silindr Konus Shar

Har bir kichik guruh uchun savollar

1-kichik guruh uchun savollar
1. Fazoviy va yassi shakllar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
2. Fazoviy shakllarning hayotdagi timsollariga misol keltira olasizmi?
3. Fazoviy shakllarning xususiyatlariga ko’ra qanday sinflarga ajratish mumkin?

2-kichik guruh uchun savollar

  1. Kubning nechta uchi, qirrasi va yog’i bor?

  2. Kubning hayotdagi timsollarini sanab bering?

  3. O’z qo’llaringiz bilan kub yasashga urinib ko’ring.


3-kichik guruh uchun savollar
1. Oltiburchakli prizmaning nechta uchi, qirrasi va yog’i bor?
2. Prizmaning hayotdagi timsollarini bilasizmi?
3. O’z qo’llaringiz bilan prizma yasashga urinib ko’ring.

4-kichik guruh uchun savollar

  1. Uchburchakli piramidaning nechta uchi, qirrasi va yog’i bor?

  2. Hayotda piramidaning qanday turlarini ko’rgansiz?

  3. O’z qo’llaringiz bilan piramida yasashga urinib ko’ring.


5-kichik guruh uchun savollar
1. Aylanish jismlarining hayotdagi timsollarini bilasizmi?
2. Shar va sferaning nima farqi bor?
3. O’z qo’llaringiz bilan silindr va konus yasashga urinib ko’ring.
Download 371,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish