Zamonaviy va an’anaviy qasidachilik qiyosi . Komil Xoraziy ijodi.
“She’r bir ne’mati uzamodurkim, — Tangri taolo oni har kishiga ato qilmamishdur va oni aytmoq hunari har kimning qo‘lidin kelmamishdur. She’r shoirning izzat va davlat ne’matin hosil qilmog‘iga sabab, balki, ikki dunyo manzilati saodatig‘a vosil bo‘lmog‘iga boisdur».
Ogahiy
Ogahiy ijodida uning “Ogohnoma” qasidasi salmoqli o‘rin tutadi. Bu asar Muhammad Rahimxon Soniy ya’ni Feruz Xiva taxtiga chiqishi munosabati bilan bitilgan. Qasida shohga tabrik va otasining o‘limi uchun unga hamdardlik bilan boshlandi. Ogahiy boshqa qasidago‘ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi, balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o‘gitlar beradi.
Shahanshaliq o‘lsun muborak sango,
Madadkor tangri taborak sango.
Zamiringni sabr aylabon shod tut
Bori kulfat-u g‘amdin ozod tut.
Ato so‘gidin bo‘lma anduhgin,
Ko‘ngulni bu g‘am birla qilma hazin.
Agarchi bu g‘am asri dushvordur,
Vale chekkali banda nochordur.
Eshit bu hazin bandadin ma’rifat
Ki, degum necha manfaatlik nukat.
Ki, to qildi mavjud olamni haq,
Yaratdi bari xayli odamni haq.
Alarg‘a qilib yer yuzini makon,
Necha nav’ ne’matlar etdi ayon
Jahon ichra xalq ayladi shohlar,
Qavi qudrat-u sohibi johlar.
Qilib ba’zi lutf-u karam oshkor,
Vale ba’zi zulm-u sitam ixtiyor.
Yetib ba’zidin elga rohat base,
Vale ba’zidin ranj-u mehnat base.
Ogahiyning ushbu qasidasida insonni ma’naviyatga yetaklash g‘oyasi namoyon bo‘ladi. Bu qasida orqali insonparvarlik g‘oyalarini tarannum qilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qasidada ma’rifat insonga doimo yo‘ldosh bo‘lishi kerak ekanligi ta’kidlanadi. Qasidada shohga murojaat orqali xalq tadqiri sening qo‘lingda, sitam zulm ko‘rsatishdan ko‘ra ma’rifat bilan ish tutish, xalq dardini tonglash kerakligi podshohlikning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlaydi.
Ogahiy she’riyati misolida ham ko‘rinib turib-diki, Sharq poeziyasi insonni o‘z holidan ogoh bo‘lishga, mohiyatni anglashga, umr atalmish ulug‘ ne’matni behuda sarf etmaslikka da’vat etadi. Muborak hadisda«Kimki o‘zini, o‘z mohiyatini anglasa, yaratgan.Parvardigorini anglaydi», deyilishi bejiz emas. Zero o‘zini va shu orqali Parvardigorini anglash— inson kamolotining bosh sharti. Ogahiy ijodiy merosi, jumladan, lirik she’rlari ham shu ulug‘maqsadga xizmat qiladi. Bu adabiy xazinaning abadiyatga daxldorligi sababi shunda.
XIX asr so‘ngi – XX asr boshida Xiva xonligida Muhammad Rahimxon II (1864-1910) hukmronlik qilgan davr o‘zining o‘rta asrlar an’analariga ergashishi va nisbatan konservativligi bilan ajralib turadi. Ayni holat san’at va adabiyotda ham namoyon bo‘lgandi. Xivadan toshekntga kelgan Komil Xorazmiy (1925-1899) bu shaharga atab she’r yozadi va unda Toshkentdagi taraqqiy etgan sharoitni Xiva xonligi (bu haqda ochiq gapirmasa-da) bilan bilvosita qiyoslaydi. Shu munosabat bilan ayni qasidani vujuda kelish matnini tahlil qilamiz. Hozirgachamazkur qasidaning to‘rtdan bir qismigina nashr qilinganligi sabali, biz ko‘proq Komil Xorazmiy devoni qo‘lyozmasiga va o‘sha davr Turkiston matbuotida keltirlib14 50 bayt – 100 misra hajmga ega. Bizningcha, mazkur qasida 1898-yil kuzida – sentyabr oyi oxirlarida yozilgan.15 Bunga she’rning o‘zida shoir Toshkentga kelganimda mezon (sentyabr) oyi edi, kun va tun bir xil uzunlikda edi (taxminan 23-sentyabrdan keyin) deb ishora qiladi:
Burji mezonda edi masnadnishin shohi Xo‘tan,
Ham barobar erdilar laylu- nahori Toshkent.16
She’rni ng yaratuvchisi – Komil Xorazmiy ijod qilgan Xiva adabiy muhiti haqida : 1873-yildan Xiva xonligi Rossiya imperiyasiga qaram-vasal davlatga aylangach, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tobe hukmdorga aylanib qoladi. Uning saroyida doim Rossiya davlati siyosiy vakilllari mavjud bo‘lib, Muhammad Rahimxon II faqat ular roziligi bilangina tashqi siyosiy faoliyatini amalga oshirishi mumkin edi. Ayni erkin bo‘lmagan sharoit uning faoliyati va kayfiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Xiva adabiy muhitida o‘z yurti Xorazmga bag‘ishlab, uni madh etib she’r yozish an’anasi mavjud edi. Masalan, Munis Xorazmiyning (1778-1829) “Xorazm” radifli qasidasi mavjud. Yana Shaydoiy taxallusli shoir 1290-1873-yilda Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida ham “Xorazm” radifli she’r yozgan Komil Xorazmiy Xorazmga atab she’r yozganligi bizga ma’lum emas. U “Toshkent” radifi asosida bu shahrni madh qilib qasida yaratish orqali Xiva adabiy muhitidagi mavjud an’anaga amal qilgan.
Shoir Toshkent muhitidagi zamonaviy jihatlarga diqqatini qaratadi. Toshkentda ayyolar-u erkaklar sayr qilib yurganliklari, ya’ni odamlar uchun erkin sharoit mavjudligiga havas qiladi:
Sayr etarlar onda yuz ming erkak-u, qizu juvon,
Barchasi ilm-u hunarda nomdori Toshkand.
Samarqand “yer yuzining sayqal topgan go‘zal maskani” (“ Smamarqand sayqali ro‘yi zamin ast”) degan ibira mashhur bo‘lsa-da, Toshkent tog‘lari bilan chiroyda undan qolishmasligini qayd etadi:
Garchi debdurlar Samarqand sayqali ro‘yi zamin,
Xorij ondin ko‘hor uzra hisori Toshkand
Toshkent go‘zallikda hech bir shaharga qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidlaydi:
Loyiq ermas oni tashbih eylamak hech shaharga,
Aylasa har yerga tashbih o‘lg‘ay ori Toshkand.
Aylamak oni Buxorog‘a barobarkim base,
Yaxshidur asbi Buxorodin himori Toshkand.
Xulosa
Mumtoz adabiyotimiz o‘zining sir-sinaotlari bilan g‘aroyibotlarga to‘ladir. Mumtoz adabiyotimizda janrlar o‘z davrining va bugungi davrlarning, kelajakning ham ulkan yodgorligi desam yanglishmagan bo‘laman. Bugun yurtimiza adabiyotga berilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq tadqiqotlar hayotiy zaruratga aylanmoqda. Mumtoz adabiyotdagi har bitta janr o‘zining yaratilish tarixiga ega, o‘ziga xos o‘qilish tizimiga egadir. Kurs ishi mavzuimda yoritishga, o‘rganishga berilgan mumtoz adabiyotimizda madh ohanglarini namoyon qiluvchi qasida janri hali tatqiqini kutayotgan masalalardandir. Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiyning qasidalari alohida mavzu sifatida olimlar tomonidan tadiqiq qilingan. Biroq Navoiydan oldin , Navoiydan keyin ijod qilgan ijodkorlar qasidalari ozchil bo‘lganligi, balkim to‘la tarjima qilinib kitobxonlar qo‘liga yetib bormaganligi sabab yoritilmagan. Mavzuni o‘rganish davomida shunday xulosaga keldimki adabiyotda insonni kamolotga yetaklash ustuvor g‘oyadir. Kamolotga yetaklashda tarixning ham o‘rni beqiyosdir. Buni Sakkokiyning Ulug‘bekka bag‘ishlangan deya e’tirof qilinadiga qasidasining olimlar tomonida o‘rganilish tadbiqini o‘qib anglab yetdim. Umuman har bir janrda tarixiylik aks etadi. Qasidada bu jihatlar ko‘proqdir.Sakkokiyning, Navoiyning, Ogahiyning qasidalari tarixiy jarayonlar munasabati bilan yozilib o‘zida ham tarixiylik unsurini ham adabiyotning ta’sirini ko‘rsatadi. Qasidalarda insonlarni ma’rifatga chorlash g‘oyasi mavjudligini ham ko‘ramiz. Lekin qasidalar asosan yuqori tabaqa vakillari ya’ni podshohlar madh qilinganligi sabab, o‘zida mubolag‘aviylik unsurlari, bo‘rttirishlar ko‘p qo‘llanishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi bejiz emas. Qasidalar o‘zbek mumtoz adabiyotining go‘zal namunasi. Bu janrni o‘rganish adabiyotshunoslarning muhim vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |