Axmedova Maqsudaning " O’zbek adabiyoti tarixi"


Sakkokiy qasidaning yaratilish tarixi



Download 152,5 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2022
Hajmi152,5 Kb.
#681270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmedova Maqsudaning O’zbek adabiyoti tarixi

Sakkokiy qasidaning yaratilish tarixi
Navoiygacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan bo‘lgan Sakkokiy adabiyotimiz tarixida o‘zining qasidalari bilan mashhur. Shoir qasidalarining bir nechtasi Ulug‘bek Mirzoga bag‘ishlab yozilgan. Uning keldi radifli qasidasida ham bor va olimlarimiz mazkur qasidani ham Ulug‘bekka bag‘ishlashgan deb hisoblaydilar. Bu fikr dastlab sharqshunos olim E.S.Bertels tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u o‘zining “Temuriylar davrida turkiy she’riyat” nomli tadqiqotida ushbu qasidaga Ulug‘bekka bag‘ishlangan asar sifatida to‘xtalib o‘tgan edi. Keyinchalik bu fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan ham qabul qilindi va shu kunga qadar yuqoridagi qasida Sakkokiy asarlari nashrlarida ham, boshqa turli to‘plamlarda ham, “Ulug‘bek madhi ” degan sarlavha ostida berilib kelyapti. Ulug‘bek yubleyi munosabati bilan ayrim vaqtli nashrlarda maskuz qasida e’lon qilindi va bunda ham yuqoridagi sarlavha ostida berildi.
Biz qasida mazmunidan kelib chiqib hamda asarni o‘sha davrga oid tarixiy manbalar bilan solishtirib o‘rganish natijasida u Ulug‘bekka bag‘ishlangan emas, degan xulosaga keldik. Shu bois ushbu maqolada qasidaning kimga bag‘ishlab va nima munosabat bilan yozilganligi haqida mulohazalarimizni ilmiy jamoatchilikka havola etmoqchimiz. Shuningdek, asarning yozilgan yili ham ma’lum emas edi, izlanishlarimiz jarayonida biz bu masalaga ham aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Qasida mazmunidan ma’lum bo‘lishicha, mamlakat boshiga katta tashvsh va tahlika tushib, elning tinchligi buzilgan bir paytda madh etilayotgan podshoh kelib, yurtga tinchlik o‘rgatgan va xalqni kulfatdan xalos etgan.
Jahondin ketti tashvish-u mabodiy omon keldi,
Xaloyiq, aysh eting bu kun sururi jovidon keldi, -
Degan matla’ bilan boshlanadi qasida. Endi bu tashvish va kulfatning qanaqa tashvish-u kulfat ekanligi haqida so‘z yuritiladigan bo‘lsak, albatta, gap o‘sha zamonlardagi o‘zaro feodal urushlar haqida ketayotganligi ma’lum bo‘ladi. Qasidadagi mana shu baytlardan shundan dalolat beradi.
Bular elga qilich nayza olib hayjoga kirgand,
Hech ish kelmadi a’dodin magar ohu fig‘on keldi.
Bu lashkar etganin ko‘rsang yasab a’doning ustiga
Sog‘ing‘aysen cherik ermas, magar gurzu sinon keldi.
Ya’ni bula qo‘liga qilich, nayza olib urushga kirganda, dushmanlarning qo‘lidan ohu-fig‘on qilishdan boshqa hech ish kelmadi. Bu lashkar saf tuzib, dushman ustiga yetganda, qo‘shin emas, gurzi va nayza keldi, deb o‘ylaysan.
Tarixchilarimiz Ulug‘bek hukmronlik qilgan yilarni nisbatan tinchlik barqaror bo‘lgan yillar deb hisoblaydilar. Lekin ana shu davrda ham ayrim notinchliklar va urushlar bo‘lib turgan. Ulug‘bek hayotining so‘nggi yillaridagi fojealarni hisobga olmaganda, u hukmronlik qilgan 40 yil ichida 2 marta butun Movaraounnahrni larzaga keltirgan daxshatli voqealar bo‘lib o‘tgan. Bulardan biri 1411 –yili yuz bergan shayx Nuriddinbek isyonidir. Ma’lumki, 1409-yili, ya’ni shu voqeadan bir-ikki yil oldin, Movarounnahr Xalil Sulton qo‘lidan Shohruh Sulton ixtiyoriga o‘tgan va bu mamlakatni o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekka bergan, uning yoniga tajribali beklardan Shohmalilbek barqutni qo‘yib, o‘zi Hirotga qaytgan edi. Ulug‘, e’tiborli beklardan Shayx Nuriddinbek qipchoq bu ishdan norozi bo‘ladi. Chunki u bilan Shohmalikbek o‘rtasida ilgaridan kelishmovchilik bor edi. Hokimiyatni o‘z qo‘liga olish maqsadida Shayx Nuriddin 1411-yili isyon ko‘tardi. Shohmalikbek u bilan bo‘lgan urushda yengiladi va bor kuchini to‘plab, ikkinchi marta Samarqand shahri ostonasida Shayx Nuriddinbek bilan jang qiladi. Lekin bu safar ham Shayx Nuriddinbek g‘olib chiqadi. Shohmalik va Ulug‘bek mirzo qochib ketadi. Shayx Nuriddin qipchoq esa Samarqandga kelib, shahar darvozalarini ochishni talab qiladi. Samarqand ulug‘lari darvozalarni ochmaydilar va unga “Bizning hokimimiz Shohrux mrizodir u kishidan ruxsat bo‘lmaguncha, sizni shaharga kiritmaymiz ”, - deb javob qiladilar.
O‘zlari esa zudlik bilan Hirotga, Shohruh Sultonga chopar jo‘natadilar va bo‘lgan voqealarni bayon qilgach, tezda yetib kelib Movarounnahr xalqini bu kulfatdan halos etishni so‘raydiar. Shohruh Sulton bu xabar Yetib borgan zahoti yordamga shoshiladi. Hirotdan katta qo‘shin bilan kelgan Shohruhga Ulug‘bek va Shohmalikbek o‘z lashkarlari bilan qo‘shiladilar. Ular bilan Shayx Nuriddinbek o‘rtasida qonli urush bo‘lib o‘tdi, Shayx Nuriddinbek mag‘lubiyatga uchraydi va qochadi. Shohrux Sulton birmuncha vaqt Samarqandda turib mamlakatni tartibga keltiradi, shayx Nuriddinbekning qolgan-qutgan tarafdorlarini yo‘q qilish chora-tadbirlarini ko‘radi. So‘ngra yana Movarounnahr mamlakatini o‘g‘li Ulug‘bekka topshirib, Hirotga qaytadi.
Ana shunday voqeallarning ikkinchisi 1427-yili yuz bergan. Shu yili Ulug‘bek mirzo bilan ko‘chmanchi o‘zbeklar xoni Buroqxon o‘rtasida nizo chiqadi. Bu nizoga esa Buroqxon o‘g‘lining Ulug‘bekka qarashli Sug‘noq qo‘rg‘oniga da’vo qilsh sabab bo‘lgan. Burungi zamonlarda Sug‘noq va uning tevaragida Buroqxonning katta otasi O‘rishxonga ( bu nomni tarixchilarimiz ko‘pincha O‘rusxon deb beradilarki, bu xatodir, aslida, O‘rishxon bo‘lishi kerak; O‘rish, O‘rishboy degan ot turkiy xalqlar orasida ko‘p tarqalgan bo‘lib, hozir ham o‘zbeklarda, xususan, Farg‘ona vodiysida bu nom uchrab turadi) qarashli bo‘lib, O‘rishxon Sug‘noqda uy ham qurgan, keyinchalik Temur Ko‘ragon bu yerlarni o‘z davlatiga qo‘shib olgan edi. Shunga ko‘ra Buroq o‘g‘lon Sug‘noq udumga binoan ham, shariatga binoan ham meniki bo‘lishi kerak deb hisoblaydi va Sug‘noq tevaragiga kelib o‘rnashib oladi. Uning bu ishidan Ulug‘bek mirzo qattiq og‘rinadi. Chunki u Buroqxonga ko‘p yaxshilik qilgan, Ulug‘bek mirzoning yordami bilan u o‘z ulusida xon bo‘lib olgan edi. Achchiqlangan Ulug‘bek katta qo‘shin bilan Buroq o‘g‘lon ustiga yurish qiladi. Biroq tarixchilarning xabar berishicha, o‘zining ilmi, donishmandligi bilan mashhur bo‘lgan Ulug‘bek harbiy sohada mohir kishi emas edi. Buroqxon uni butunlay tor-mor keltiradi. Ulug‘bekning yengilgan lashkari ketidan ta’qib qilib kelgan Buroqxon qo‘shini Movoraunnahrning obod shahar va qishloqlarini talon-taroj qila boshlaydi. Yurt butunlay parokanda ahvolga tushib qoladi.
Bu haqdagi xabar Hirotga 1427-yilning may oyida yetib boradi. O‘sha paytda u yerda ham bir kutilmagan voqea yuz bergan, ya’ni Shohrux mirzoga suiqasd qilingan va u yaralangan edi. Shunga qaramasdan Shohruh mirzo yurishga otlanadi. Biroq o‘g‘lon Shohrux Sulton bilan urishishga qurbi yetmasligini sezib, u yaqinlashib kelishi bilan chekinadi va o‘z ulusiga qaytib ketadi.
Shohrux mirzo Samarqandga kelib tushadi. Avval shahardagi tabarruk joylarni ziyorat qiladi, Buroq o‘g‘lon hujumi oqibatlarini bartaraf qilish bilan shug‘ullanadi. Keyin Buroqxonga qarshi qilingan harbiy yurish tafsilotlarini va mag‘lubiyat sabablarini surishtira boshlaydi. Tekshirish natijasida Ulug‘bekning bir qancha qo‘shin boshliqlari aybdor bo‘lib chiqadilar va yo‘l qo‘ygan xatolari uchun jazoga tortiladilar. Shuningdek, Shohrux mirzo o‘g‘li Ulug‘bekni ham juda qattiq so‘roq qiladi va tarixchilarning yozishicha, u “birmuncha vaqt bee’tibor bo‘lib” qoladi. Lekin oxir-oqibat bu kechmish Ulug‘bek uchun xayrli nir tarzda yakun topadi, ya’ni Shohrux Samarqand taxtini yana unga inoyat qilib, o‘zi Hirotga qaytadi.
Endi maqsadga kelsak, har ikki voqeada ham, Shayx Nuriddin isyoni paytida ham, Buroqxon bilan bo‘lgan urushdan so‘ng ham Hirotdan kelib dushmanni daf etgan, yurtda tinchlik o‘rnatib xalqni ham, o‘g‘li Ulug‘bekni ham sevintirgan kishi Shohruh mirzo edi. Shunga ko‘ra biz qasida Shohrux mirzoga bag‘ishlab yozilgan, degan xulosaga keldik. Bu xulosani to‘g‘riligiga qasidadan olingan mana bu bayt asos bo‘la oladi:
Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug‘bekkim,
Shahanshox Shohruxbektek shahi xisrav nishon keldi.
Endi qasidaning yozilgan yilini ham aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. Gar u Shohruxning Shayx Nuriddin isyonini bostirish uchun Samarqandga kelishi munosabati bilan yozilgan bo‘lsa, 1411-yili, Buroqxon voqeasi munosabati bilan bo‘lsa 1427-yili yozilgan bo‘lib chiqadi. Bu xususda mulohaza qilib ko‘rgach, biz qasida Shayx Nuriddinbek isyoni munosabati bilan yozilgan , degan xulosaga keldik.
Bu firkni tasdqilovchi dalillar quyidagilardan iborat:
1. Qasidada madh yozilayotgan podshohning dushman bilan urush qilganligi va g‘olib chiqqanligini ko‘rsatuvchi baytlar bor. Ma’lumki, Buroq o‘g‘lon Shohrux bilan urush qilmagan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Shohruxning kelayotganini eshitib, lashkari bilan o‘z yurtiga qaytib ketgan. Shayx Nuriddin qipchoq esa Shohrux bilan urushgan va yengilgan.
2.Ma’lumki, Shayx Nuriddinbek Temur Ko‘ragonning yaqin safdoshlaridan bo‘lgan. U bilan birga xrbiy yurishlarda ishtirok etgan, temuriylar davlatining kuchayishiga hissa qo‘shgan. Ana shu xizmatlari tufayli u Temurbek davrida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan. Lekin keyinchalik, Temurbek vafotidan so‘ng, hokimiyatparastlik savdosiga tushadi va Movarounnahrni o‘z qo‘liga kiritib, hukmronlik qilishdan iborat xomxayollarga beriladi hamda isyon ko‘taradi, yengilgach esa butun izzat-obro‘si, boyligidan ajraladi va keyinchalik o‘ldiriladi. Endi qasidadan olingan mana bu bayt mazmuniga e’tibor bering:
Quruq savdo pishirdi-yu, vale xom etti ishlorin,
Ohir ko‘rgul bu savdodin boshiga ne ziyon keldi.
Bu so‘zlar Shayx Nuriddinbekning qilgan ishlariga to‘la muvofiq keladi. Buroq o‘g‘lon haqida esa bunday deyish qiyin. Ulug‘bek ustidan qozonilgan g‘alaba unga shuhrat keltirgan. Bundan tashqari, tarixchilarning yozishicha, jangda u katta o‘ljalarni qo‘lga kiritgan, keyinchalik Movarounnahrning shahar, qishloqlarini talon-taroj qilib ham ulkan boyliklarga ega bo‘lgan. Ehtiyotkor Shohrux mirzo uning orqasidan ta’qib qilishni maqbul ko‘rmagan va u ana shu boylik va o‘ljalar bilan eson-omonn o‘z ulusiga yetib olgan.
Qasidadagi boshqa ayrim baytlarda ham Shayx Nuriddin isyoni tafsilotlariga ishoralarni ilg‘ab olish mumkin. Jumladan, quyidagi baytlarda:
Tavoru qo‘y bikin dushman ko‘rib baxtning qaviysini,
O‘z iligin bog‘lab ollinga zaifu notavon keldi.
Kirib tulku bikin dushman inida o‘lg‘ay ochlikdin,
Ne qilsun ustina haybat bilan sheri jayon keldi.
Shayx Nuriddin yengilgndan so‘ng uning bir qancha tarafdorlari bo‘yin egib, Shohrux huzuriga kelganlar va taslim bo‘lganlar: “Dushman sening baxting ustunligini ko‘rib, o‘z qo‘lini bog‘lab mol va qo‘y singari zaif va notavon holda oldinga keldi” mazmunidagi birinchi bayt ana shunga oshoradir. Dushmanlarning boshqa qismi esa qochib borib, turli qo‘rg‘onlarga, jumladan, Savron qo‘rg‘oniga yashiringan. “Dushman tulkiga o‘xhsab inida ochlikdan o‘ladi, nima ham qilsin, uning ustiga haybat bilan sheri jayon keldi” mazmunidagi ikkinchi baytda shu holatga ishorani ko‘ramiz.
Shunday qilib, qasida hijriy 813-yili yozilgan deb aytish mumkin. Bu esa milodiy 1410-11 yilga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda, garchi asosiy masalaga uncha aloqasi bo‘lmasa ham, yana bir faktni qo‘shimcha qilmoqchimiz. Bu qo‘shimchamiz maqolada tilga olingan Shayx Nuriddinbek qipchoq shaxsiga tegishli. Qodirjon Ergashevning ushbu maqolasida ijobiy qiyofada namoyon bo‘lmagan mazkur bek shaxsiyatining bir sharafli jihati bor. U buyuk adib va shoh Zahiriddin Muhammad Boburga ona tomondan ajdod bo‘ladi. Buning tafsili esa quyidagicha: Shayx Nuriddinbekning qizi mo‘g‘ul xoni
Vaysxonga tekkan edi. Bu nikohdan Yunusxon tug‘ilgan, Yunusxonning Qizi Qutlug‘ Nigorxonim Farg‘ona hukmdori Umarshayx mirzoga turmushga chiqqan va bu nikohdan Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan.
Shuni ta’kidlab o‘tishni istar edikki, qasidaning Ulug‘bek mirzoga emas; Shohrux sultonga bag‘ishlanganligi uning ahamiyatini zarracha ham pasaytirmaydi. Shoirning xalq boshiga tushgan kulfatning bartaraf etilishi mamlakatda tinchlik o‘rnatilishidan quvonishi va tarixiy voqealar munosabati bilan asar yaratishi esa, bir tomondan, uning el-yurt dardiga befarq emasligini ko‘rsatuvchi, ikkinchi tomondan, ijodkor sifatidagi hozirjavobligidan darak beruvchi ijobiy faktdir.13
Alisher Navoiy qasidalari haqida
Foniy taxallusi bilan yaratgan g`azal, qasida, ruboiy va marsiyalari nafaqat badiiy so`z ustalari, shoir -u fozillar, balki tojikzabon xalq orasida ham shuhrat qozongan. Shu bois Navoiy bu she`rlarni yig`ib, “Devoni Foniy” nomi bilan alohida kitob qilib tuzgan edi. Navoiy aynan forsiy asarlari bilan Xo`ja Hofiz, Sa`diy She`roziy, Xoqoniy Shirvoniy, Anvariy, Salmon Sovajiy, Xusrav
Dehlaviy,Abdurahmon Jomiy erishgan yuksak ijodiy cho`qqilarni zabt etib, bunda Sharq she`riyati iqlimlarini - “yakqalam” qiluvchi bemisl iste`dodini namoyish eta oldi. Bu esa Navoiy adabiy me`rosining jahonshumul ahamiyatini ko`rsatuvchi dalillardan biridir. Navoiy esa fors tilida oltita ana shunday talablarga javob beruvchi, so`z durlaridan tizilgan qasidani yozgan. Bu qasidalarning har biriga shoir quyidagicha nom qo`ygan: “Ruhul quds”(“Muqaddas ruh”), “Aynul hayot”(“Hayot chashmasi”), “Tuhfatul afkor”(“Fikrlar tuhfasi”), “Qutul qulub”(“Qalblar quvvati”), “Minhojun najot”(“Najot yo`li”), “Nasimul xuld”(“Jannat shabadasi”). Bu olti qasidani jamlab, hammasini “Sittai zaruriya”(“Olti zaruriy qasida”) deb nomlaydi.
Hajmiga ko`ra qasidalar turlicha: “Ruhul quds” 132 bayt, ― “Aynul
hayot”106 bayt, “Tuhfatul afkor” 99 bayt, “Qutul qulb” 120 bayt, “Minhojun najot” 138 bayt, “Nasimul xuld” esa 129 baytdan iborat bo`lib, jami 724 baytdir.
Bu olti qasidadan tashqari Foniy “Fusuli arbaa” (“To`rt fasl”) nomi
bilan yana to`rtta forsiy qasida yozib, ularda yil fasllarining har biriga
xos xususiyat va buning inson ruhiyatiga ta`sirini tasvirlagan. “Fusuli
arbaa” qasidalari va “Nasimul xuld” qasidasi Husayn Boyqaroga
bag`ishlangan, ―Tuhfatul afkor‖ esa hazrati Nuran-Abdurahmon Jomiyga
bag`ishlangan.
Shunday qilib, Navoiy-Foniy o`nta forsiy qasida muallifidir. Shoir ―”Sittai zaruriya” ning muqaddimasida biz uchun muhim bo`lgan yana bir xabarni keltiradi: ma`lum bo`lishicha, ushbu turkum qasidalardan “Tuhfatul afkor” qasidasi birinchi yozilgan bo`lib, ta`lif tarixi 1476- sanasidir, qolgan besh qasida esa Jomiy vafotidan keyin(u 1493-yilda vafot etgan), 1494-1497 yillar orasida yozilgan. “Tuhfatul afkor‖ qasidasi (“Yavmi jame`, shahri rajab”) va “Ruhul quds”(“Ajab‖ naboshat tarixash az ―hisobi qazo”) tarix moddasi qo`yilgan. “Yavmi jame` shahri rajab” abjad hisobida 880 (1446), ―hisobi qazo‖ so`zlari miqdoridan “ajab” so`zining son miqdori chiqarib tashlansa, 899 (1494) kelib chiqadi. Shunday qilib “Ruhul quds” qasidasi 1494-yilda yozilgan bo`lib chiqadi. Boshqa qasidalarga tarix qo`yilmagan. Faqat muqaddimada “Sittai zaruruiya” 1497-yilda tartib berilgani ko`rsatilgan. Demak, Navoiy besh forsiy qasidani 1494-1497-yillar orlig`ida yozgani aniq
bo`ladi. “Sittai zaruriya ” qasidalarini yozishga Navoiyni avval ustozi Jomiy, ul zot vafotidan keyin Sulton Husayn Boyqaro undaganlar. Buni shoir “Sittai zaruriya” qasidasida qayd etgan.
Xullas, olti qasidaning hammasi vobastamavzularda yaratilgan bo`lib, bunda bo`g`lovchi bosh mavzu—ilohiyot va ilohiyotga yaqinlashtiruvchi Komillik tariqati haqidagi g`oyalardir. Shu asosda “Sittai zaruriya” yaxlit bir turkum asarlar qiyofasini olgan. Navoiyning o`zi ham buni “Muhokamat ul-lug`atayn” asarida qayd etadi: “Bu olti qasida hamd-u na`t va sano-u mav`izatdur (nasihatdur) va ahli tasavvuf va tariqat tili bila ma`rifat” bayon etilibdir. Qasida yozishning qiyinchiligi bu janrning qat`iy qofiyalash talabi hamdir. Deylik, agar qasida 129 bayt bo`lsa, bu 130 qofiyadosh so`zlarning bayt ma`nolari va umuman asar mazmuniga muvofiq bo`lib kelishidir. Qofiya so`zlar agar takror bo`lsa ham, ammo boshqa-boshqa ma`nolarda kelishi ko`zda tutilgan. Masalan, ―Tuhfatul afkor‖da 100 ta qofiyadan 4 tasi takrorlangan, chunonchi “sar”—4 marta, “bar”—3 marta, “dar” va “rahbar” 2 martadan qaytariladi. Biroq bu so`zlar har gal yangi ma`nolarda qo`llanganki, bu takror deyarli sezilmaydi. Chunonchi ―sar‖ so`zi (bosh)-- bosh og`rig`i, boshida, chayonning boshi,boshdadir ma`nolarni ifodalab qofiya bo`lib kelgan.
Olti qasidada aruzning uch vazni qo`llangan:”Ruhul quds” va “Qutul
Qulub” qasidalari hazaji musammani mahfuz bahrida, “Aynul hayot” va
“Tuhfatul afkor” ramali musammani maqsur, “Minhojun najot” va
“Nasimul xuld” qasidalari hazaji musammani maqsur bahrida yozilgan.
Bu har bir qasidaga xos alohida salobatli marom va ohangni yuzaga keltirgan. Qasidalarga, shunday qilib, O`rta asrlar Musulmon sharqi erishgan
falsafiy, irfoniy, ilohiy tushunchalar, Qur`on hikmati va hadislar
mazmuni chuqur aks etgan. Navoiy buning ustiga, fors tilidagi juda
qadimiy nodir so`zlar, turli ilmlarga oid islohlarni qo`llaydi. O`quvchi bu
islohlarning o`zinigina emas, shu islohlar bilan tuzilgan so`z o`yinlari,
badiiy san`atlarni ham bemalol ilg`ab olsa, shoir mahoratining naqadar
baland ekaniga guvoh bo`ladi.
―Ruhul quds‖dagi burjlar tasviridan:
Ba burji Aqrab ba junbish ovardi,
Chu kajdume, ki kunat xona dar qadim bino.
Farozi burji digar soxti kamonxona,
Ki charx tiri balo afkanad so`yi dunyo.
Zi zaxmi novaki o` Jaddiro ramonidy,
Ki jast chun buzi ko`hi ba avj az on paydo.[29,206].
(Boshqa burjda Aqrab—Chayonni qimirlatding, eski imorat ostiga
uya qo`ygan chayonday u qo`zg`aldi. Boshqa burj osmonini
kamonxona—Kamon(Yoy) turadigan joy qilding, toki falak undan
foydalanib, dunyoga balo o`qini yog`dirsin deb. Shu Yoy o`qi yarasi
bilan Echki(burji)ni haydading, u esa xuddi tog` echkisiday sakrab u
yerdan ko`rindi).



Download 152,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish