Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 3,51 Mb.
bet19/205
Sana25.04.2022
Hajmi3,51 Mb.
#580588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

2-§ Falsafa va jamiyat.
Jamiyatning falsafaga ta'siri
Falsafani o‘zining vujudga kelishi qadimgi zamon urug‘doshlik tuzumining inqirozi natijasida shakllangan jamiyatning ehtiyojlari bilan bog‘liq. Aqliy va jismoniy mehnatning bo‘linishi, davlatchi­lik­ning paydo bo‘lishi, ijtimoiy tabaqalanish, ishlab chiqarishning murakkab turlarining vujudga kelishi, fanlarning yuzaga kelishi, bilish va ijtimoiy amaliyotda sifat jihatidan yangi ehtiyojning tug‘ilishi - bularning hammasi ob'ektiv borliqda yangi yondoshuv – falsafani shakllanishiga olib keldi.
Keyinchalik ijtimoiy-tarixiy transformatsiya falsafiy mulohazalar rivojiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Masalan, G‘arbiy yevropada cherkov va din ahamiyatining o‘rta asrda kuchayishi bu davrda falsafaning ilohiyotni xizmatkoriga aylanishiga olib keldi. Yangi davrda esa tabiiy fanlar va sanoatning rivojlanishiga talab falsafadagi mantiqiy-metodologik hamda gnoseologik muammolarning keskin kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Bu borada sobiq SSSRdagi ijtimoiy tizimning falsafa taqdiriga ta'sirini ko‘rsatish mumkin. KPSSning monopoliyasi va totalitarligi falsafaning siyosiy mafkuraga bo‘ysundirilishi, sxolastik va sofistika elementlarining rivojlanishiga olib keldi. Sotsializm mamlakatlaridagi falsafiy qoidalarning ma'lum to‘plami (stalinizm, maoizm, chuchxe va boshqalar) rasmiy tasdiqlangan davlat mafkurasi maqomini oldi va ma'muriy vositaga aylandi; bularning funksiyasiga mavjud tuzumni madh etish, boshqacha fikrlash bilan kurashish, ijtimoiy va xususiy ong rivojini senzor-politsiya nazoratiga olish, rahbar shaxslarga sodiqlikni tekshirish va hokazolar kiradi.
Har qanday falsafa, u xoh Arastuniki, xoh Foma Akvinskiyniki, Marks yoki Nitssheniki bo‘lsin, agar u aqidalar to‘plamining mutloqlashtirilgan va qonunlashtirilgan darajasiga ko‘tarilsa, ijtimoiy va xususiy ongga ommaviy singdirilsa, mutaassib hamda dogmatik tafakkurning shakllanishiga olib keladi.

Falsafaning jamiyat rivojlanishida tutgan o‘rni
Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, basho­rat­lash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Falsafa jamlama-umumlashgan shaklda bilish jarayoni va ijtimoiy amaliyot rivoji yo‘nalishiga ta'sir etadigan paradig­ma­lar­ni shakllantiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda falsafaning rivojlanishi ilk o‘rta asr musulmon sivilizatsiyasining taraqqiyotiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi. Uyg‘onish va Yangi davrlar falsafasidagi insonparvarlik va ma'rifat g‘oyalari cherkov hukmronligi va mutlaqlashtirishni cheklashga, tabaqalarning maqomini o‘zgarishiga, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga imkon yaratdi, nemis klassik falsafasining g‘oyalari esa qator fanlar: geologiya, biologiya, jamiyatshunoslikdagi tasavvurlarning tubdan o‘zgarishiga olib keldi. «Amaliy fanlar» falsafasining g‘oyalari Uzoq Sharq mamlakatlarida jamiyat siyosiy va ijtimoiy tizimi, iqtisodiyot, ta'lim sohasida muhim islohotlarga sabab bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda falsafa totalitar jamiyatlarda mafkura, apologetika va senzuraning quroliga aylanib, taraqqiyot rivojini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Stalinizm falsafasining genetika va kibernetikani burjuaziyaning soxta fanlari deb e'lon qilganligini misol keltirishning o‘zi yetarlidir.
Falsafiy paradigmalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlari: iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat va hokazolarga ta'sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda bashariyat nafaqat yangi ming yillikka, balki yangi chegara, yangi tarixiy davrga ham qadam qo‘ydi. Mavjud zamonaviy sivilizatsiya turlarini belgilagan o‘tgan asrlar, jumladan XX asr paradigmalari kelajagimiz uchun qadriy yo‘nalish, mo‘ljal bo‘la olmaydi. Bashariyat oldida turgan bugungi masalalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga va uning mavjudligi asoslarining o‘ziga ham daxldor. Bashariyat bir butun sifatida o‘zining yashab qolishi va keyingi rivoji uchun yangi paradigmalar: yangi tafakkur, yangi xulq modellari, yangi qadriy yo‘nalishlarga ehtiyoj sezadi. Va yangi paradigmalarning shakllanishida falsafaning tutgan o‘rni muhimdir.
4-bob. HOZIRGI ZAMON, O‘ZBeKISTON VA FALSAFIY BILIMLARNI


Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish