Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,55 Mb.
bet190/203
Sana03.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#479835
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203
Bog'liq
Axm�dova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Milliy-ozodlik terrorizmi – bosib olingan va kolonial davlatlar xalqlarining agressor va metropoliya davlatlari namoyondalariga qarshi amalga oshiriladi. U davlat suverenitetini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Terroristlarning asosiy nishonlari yuqori pog‘onadagi amaldorlar va zobitlar (ofitserlar) hisoblanadi. Masalan, SSSR partizan va maxfiy tashkilot a'zolarining terroristik aktlari va II jahon urushi davridagi yevropaning fashistlarga qarshi olib borilgan terroristik aktlari (R.Geydrixning Chexiyada, gaulyaytor Kubening Ukrainada va gaulyaytor Koxaning Belorussiyada o‘ldirilishi va h.), Aljir, Hindixitoy davlatlarida antikolonial kurash va h.
Diniy terrorizm. Islom niqobidagi terrorizm – an'anaviy islom dini tarqalgan regionlarga (Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika va h.) hamda oxirgi o‘n yilda musulmon diasporalari paydo bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Bu islom fundamentalizmi va ekstremizmini namoyon qilishni o‘ziga xos shaklidir. U G‘arbni o‘zida mujassam etadigan barcha narsalar bilan, uning hayot tarzi bilan bog‘liq va nihoyat, butundunyo islom xalifaligini o‘rna­tishdir. Bu oqimning tipik ko‘rinishi: «Al-qoida», «Musulmon birodarlari», «Xizbiolloh», «Hamas», «Tolibon».
Ko‘pchilik fikriga qarshi o‘laroq, islom terrorizmidan tashqari boshqa diniy terrorizmlar ham mavjud: yahudiy, katolik (Olster), protestant, sikx, induist va h.k. Ammo global islom terrorizmiga nisbatan ularningg kichik mintaqaviy faoliyatini inobatga olgan holda umumiy olganda ularga kam e'tibor beriladi.
Terrorizmning har xil ko‘riniщlari bilan kurash dunyo hamjamiyatining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ekstremizm va terrorizmga yondoshishning eng ma'qul yo‘llaridan biri bunday hodisalarga taalluqli bo‘lgan barcha muammolar doirasini ob'ektiv ravishda xolisona, haqiqiy ilmiy tahlil asosida idrok etishdir.
Fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm, terrorizm qat'iy belgili aloqa bilan bog‘langan emaslar. Mohiyat jihatdan ushbu hodisalarning har birini to‘laligicha, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda o‘rganib chiqish mumkin. Negaki, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kelib chiqish xususiyatlari va amal qilish jihatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Biroq muayyan vaziyatlarda ular o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun ham fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari va hodisalari nisbatini nazariy va amaliy tahqiq qilish zaruriyati kelib chiqadi.
Fundamentalizmni ijtimoiy fikrdagi e'tiqodga sodiq oqim sifatida (albatta diniy bo‘lishi shart emas) qarab chiqish mumkinki, o‘zining asliy (o‘z nomini shundan olgan) qadriyatlar, g‘oyalar, qandaydir ta'limot qoidalari. Dunyoqarashlar, mafkuraviy ta'limotlarga sodiqligini va uni qat'iy ravishda himoya qilajagini e'lon qiladi. Bunday ma'noda fundamentallik nafaqat islomda, balki har qanday dinda (xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va hokazo), hamda juda ko‘plab dunyoviy ta'limotlarda ham mavjuddir.
Radikalizm – mafkuraviygina emas, balki siyosiy amaliyot va taktika (ish yuritish tarzi) masalasiga taalluqli hodisadir. Radikal ruhdagi kishilar shuni qat'iy ravishda targ‘ib qiladilarki, siyosiy kurashda (hamda mafkuraviy va hokazo) agar u zarur deb topilgan natijani bersa, man' etilgan vosita va usullarning bo‘lishi mumkin emas. Radikalizmning mantiqiy oqibati ekstremizmdir.
Ekstremizm (siyosiy, irqiy, diniy va hokazo) mintaqaviy va hatto umumiy xususiyat kasb etgan unchalik ham yangi hodisa bo‘lmasdan, unga qarshi kurash o‘zining muayyan tarixiga ega. Muayyan qarashlar, g‘oyalar, e'tiqodlar tizimi sifatidagi ekstremizmda o‘zining alohida xususiy yo‘nalishi bilan maydonga chiqqan diniy ekstremizm o‘z ifodasining turli shakllariga ega? yetarli darajada tinchlik va nisbatan demokratik tarzdan tortib, zo‘ravonlik va oshkora terroristik shakllargacha.
Ekstremizmni qandaydir g‘oyani alohida olingan shaxs, guruh, partiya, tashkilot tomonidan mutaqlashtirish natijasida, uni amlaga oshirishga undovchi o‘ziga xos o‘ta faollik sifatida qarab chiqish mumkin. Ekstremizmning o‘zi siyosiy, mafkuraviy yoki ruhiy hodisa sifatida hamma vaqt ham jinoyat emas va har vaqt ham jinoiy-huquqiy boshqaruv me'yorlariga to‘g‘ri kelavermaydi. Ammo bu shu asnogacha to‘g‘ridirki, u hanuz zo‘ravonlik va tovlash usullarini qo‘llashdan tiyilib tursa.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish