Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,43 Mb.
bet23/235
Sana16.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#373308
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

Falsafa va san'at

Dunyoni bilish nafaqat qonunlarni aks ettiruvchi kategoriya va tushunchalar, balki san'atda yaratiladigan obrazlar, oliy shakllar, ya'ni badiiy obrazlar orqali ham amalga oshiriladi. Har qanday bilish insonning ikkita bilish qobiliyati: ratsional (a­qliy), mavhum-mantiqiy (abstrakt-mantiqiy) va his etish, obrazli-ta'sirchanlik (obrazli-emotsional)dan iborat. Mantiq va psixologiyaning ilmiy ijod sohasidagi keyingi tadqiqotlari ko‘pgina asosiy ilmiy kashfiyotlar dastlab hissiy-obrazli shaklda mavjud bo‘lishini ko‘rsatdi. Faqat keyingina unga tafakkur ila ishlov berilganidan so‘ng qat'iy mantiqiy shaklni egallaydi. A.Eynshteyn, N.Bor va boshqa buyuk olimlar san'atning o‘z shaxsiy ilmiy ijodidagi ahamiyatini ta'kidlaganlar.

San'at falsafadan oldin ibtidoiy, diniy-afsonaviy dunyoqarash negizida paydo bo‘lgan va ibtidoiy amaliyotning bevosita ehtiyojlari bilan belgilangan. Qoyaga o‘yib yozilgan tasvirlar syujeti, diniy marosim qo‘shiqlari va raqslari amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Ular ibtidoiy inson uchun hayotiy ahamiyatga ega vaziyatlarni shunchaki obrazli shaklda aks ettirmasdan, balki mana shu vaziyatlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatish maqsadiga intilganlar.

Falsafa vujudga kelishi bilan u san'atning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi kuchli omilga aylandi. Masalan, Yaponiyaning rassomlik san'ati («sumie» janri)ni dzen-buddizm falsafiy prinsiplarini bilmasdan turib tushunish mumkin emas. Hattoki badiiy materiallar (yupqa qog‘oz va juda ko‘p miqdorda siyohni sig‘diradigan mo‘yqalam) va chizish texnikasi (chiziqlar imkoni boricha tez va kam miqdorda chizilishi kerak) ham mana shu prinsiplarga bo‘ysungan. Qog‘oz va mo‘yqalam, chizish texnikasini tanlanishi ilhomning nihoyatda qisqa vaqtda aks etishi bilan aniqlanadi. Hyech qanday sustkashlik va qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Manzara o‘ylangan, oqilona mulohazali rejani asta-sekin me'yoriga yetkazish bilan emas, balki deyarli bir lahzada yaratilishi kerak. Mana shuning o‘zi bilan dzen-buddizmning eng muhim prinsipi-satori (fikrning oydinlashuvi) amalga oshadi, unga esa irratsionalizm, intuitivizm, bir lahzalilik xosdir. Shuningdek dzen-buddizm prinsiplari yapon poeziyasida («xayku» janri)9

ham mujassamlashgan.

Falsafaning yevropa san'atiga ta'siri to‘g‘risida ham gapirish mumkin. Masalan, Yunoniston va Rim san'ati o‘zida koinotni tushunishga yo‘naltirilgan antik dunyoqarash xususiyatlarini aks ettirgan. Shuningdek antik haykaltaroshlik insonning tashqi, jismoniy, tana ko‘rinishini astoydil ifodalashga uringan, insonning ichki dunyosi (mikrokosm) esa ikkinchi darajali hisoblangan. O‘rta asr yevropa san'atida diniy dunyoqarashning izlari yorqin ifodalangan. Ikonalar chizish, psaltirdagi diniy q­o‘shiqlar, cherkov xor qo‘shiqlari san'atdagi yetakchi yo‘nalishlarga aylanadi. Metafizik (dialektik bo‘lmagan) tafakkur xos bo‘lgan Yangi davrda, shuningdek ushbu falsafiy paradigmaga xos xususiyatlar san'atga ta'sir ko‘rsatgan.

Bugungi kunda rassomchilik, adabiyot, teatr, musiqa, kinematografiya, xoreografiya, arxitekturadagi barcha bir muncha ahamiyatli yo‘nalishlarda u yoki bu falsafiy dunyoqarashning izlari mavjud. Masalan, realizm va syurrealizmning farqi faqat ijro texnikasida emas. Mazkur yo‘nalishlarni shakllangan falsafiy-metodologik yo‘l-yo‘riqlarni bilmasdan turib, ularni tushunish mumkin emas. O‘z navbatida san'at dunyoni badiiy tasavvur qilish sifatida falsafaga katta ta'sir ko‘rsatadi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish