Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning iqtisodiy sohasi



Download 0,73 Mb.
bet156/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

2-§. Jamiyatning iqtisodiy sohasi
Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma'noda «turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste'mol qilish» deb tushuniladi372. Shu ma'noda aytish mumkinki, «jamiyatning iqtisodiy soha»si tushunchasi «bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma'noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta'sirlari yig‘indisi. O‘ta keng kategorial ma'noda sotsiumning iqtisodiy sohasi «tabiat bilan insonlar o‘rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o‘zaro aloqalarini» aks ettiradi373.

Iqtisodiy soha asosida insonning ishlab chiqarish va mehnat faoliyati yotadi. Uning zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi bilan belgilanadi. Inson rivojlanishi bilan tabiatdan ajraladi. Bu jarayonda esa, jamiyatning iqtisodiy sohasi taraqqiyoti muhim rol o‘ynaydi. «Xususiy mulk» tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari muhim tuzilmaviy qismlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va ne'matlarni iste'mol qilish jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan «sub'ektiv (inson) va moddiy (texnika va mehnat qurollari) elementlar tizimi kiradi»374.

Hatto eng yuqori darajadagi texnika va texnologiya rivojiga qaramay, baribir moddiy ishlab chiqarish va ma'naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib qoladi. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi insonga, ishchiga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Hozirgi davrda ishchi nafaqat o‘zining malakali kasbi, hunariga ega bo‘lishi kerak, balki u doim o‘zining malakasini oshirib, bilimlarini chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, Yaponiyada yaqin kelajakda umumiy, oliy ta'lim tizimiga o‘tish mo‘ljallangan, chunki ishchilarga nisbatan talablar kuchayib ketgan.

G‘arb ijtimoiy falsafasi (T.Parsons, N.Smelzer, U.Mur va b.) iqtisodiy hayotni tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq rollar va maqomlar tizimi sifatida ko‘rib chiqadi. Ko‘plab ijtimoiy falsafiy nazariyalar doirasida iqtisodiyot bazis, jamiyat asosi, fundamenti sifatida ko‘rilmaydi. Uning asosi sifatida madaniyat, sivilizatsiya, huquq, axloq, din va boshqalar qo‘yiladi. Iqtisodiy soha esa sotsiumning oddiy kichik tizimi sifatida yoki oddiy ijtimoiy institut (ta'lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin qilinadi.

Jamiyatda iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. Hozirgi zamonda sobiq sotsialistik jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga o‘tish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkning, shaxsiy faollikning xilma-xilligi» muhim elementlardan hisoblanishi bejiz emas375.

Mustaqil O‘zbekistondagi milliy davlatchilik va yangi tuzumning shakllanishining iqtisodiy asosida bozor munosabatlariga, iqtisodiyotning ko‘p bosqichliliga o‘tish yotadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tilishi o‘z vaqtida chor Rossiyasining mustamlakasi tufayli va ayniqsa, o‘lkaning XX asr boshidagi inqilobiy jarayonlarga, sotsializm qurilishiga jalb etilishi bilan to‘xtatilib qo‘yilgan edi. Hozir esa, tabiiy-tarixiy rivojlanish qayta boshlab yuborildi. Uzoq davrlar davomida O‘zbekiston geosiyosiy jihatdan G‘arb va Sharq, Shimol va Janubning kesishgan nuqtasida joylashgani uchun savdo ishlari juda yaxshi yo‘lga qo‘yilib rivojlangan edi. Shuning uchun ham bu yerda bozor sharoitining o‘ziga xos tajribasi mavjud edi. Bu yerdagi bozor munosabatlari feodal-patriarxal tuzum asosida tashkil topgan edi. Shunga asosan o‘ziga xos bozor an'analari, ko‘nikmalarii va ruhiy stereotiplar shakllangan edi. Ular sovet davridagi kuchli rejali-taqsimot tizimi sharoitida ham o‘zini saqlab qola oldi. Hozirgi davrda esa, bu xo‘jalik an'analari va urf-odatlari qayta tiklanmoqda va sifat jihatdan yangicha asosda foydalanilmoqda.

Hozirgi davrda bozor munosabatlari dunyodagi barcha mamlakatlar xo‘jalik faoliyatining asosini tashkil qilmoqda. Lekin bozor iqtisodiyoti har bir mamlakatda uning o‘z andozasi bo‘yicha rivojlanadi. Bu rivojlanish birinchidan o‘sha mamlakatning milliy xususiyatlari va odatlari hisobga olinsa, boshqa tomondan, erkin raqobatning darajasi bilan uning davlat tomonidan qay darajada boshqarilishi, ijtimoiy yo‘naltirilganlik darajasi, shuningdek, hal etilayotgan makroiqtisodiy muammolar ustivorligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, «amerikacha» modelga kuchli erkin raqobat xos bo‘lsa, «yaponcha», «fransuzcha» modellar uchun davlatning xo‘jalik ishlarida faol qatnashishi; «nemischa», «shvedcha» modellarda esa, ulkan ijtimoiy yo‘naltirishlik muhimdir. Rivojlanayotgan davlatlarda esa asosiy e'tibor iqtisodiyotni barqarorlashtirish, byudjet taqchilligini keskin kamaytirish, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratiladi. Janubiy-Sharqdagi yangi industrial mamlakatlar (Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Gonkong) uchun kuchli davlat mavqyeini saqlash, import o‘rnini bosish strategiyasini saqlagan holda eksportni rag‘batlantirish bozor xususiyati hisoblanadi.

Sobiq Ittifoq hududida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarning, bozor iqtisodiyotiga o‘tishi hozirgi zamon tarixidagi o‘ta noyob hodisa hisoblanadi. Bunday o‘tish tabiiy, silliq rivojlanishi, iqtisodiyotning takomillashuvi emas. Bu bir sifat xolatidan ikkinchi sifat holatiga, bir iqtisodiy munosabatlar tizimidan mutlaqo yangi boshqa bir tizimga o‘tishdir. U boshqaruvning buyruq-administrativ tizimiga asoslangan markazlashtirilgan rejaviy-taqsimot iqtisodiyotni sindirib erkin bozor qonuniyatlariga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonni, birinchidan, bir aktli hodisa deb bo‘lmaydi, ikkinchidan, u stixiyali jarayon ham emas. U eski munosabatlarni tugatish yangisini o‘rnatishga qaratilgan aniq maqsadli faoliyatdan iborat bo‘lgan o‘tish davrini taqozo qiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkni, erkin raqobatni, narxlarning erkinlashtirilishini va boshqalarni inkor etuvchi sotsialistik iqtisodiyot bilan bir genetik ildizlarga ega emas.

Tajribaning ko‘rsatishicha, bunday o‘tish jarayoni, iqtisodiy inqiroz bilan birga kechadi. Ishlab chiqarishdagi odatdagi siklik inqirozga nisbatan bu inqiroz adabiyotda «o‘tish» inqirozi deb nom olgan. U ishlab chiqarishning pasayishi, pulning qadrsizlanishi, ishsizlikning ortishi va aholining ko‘pchilik qismining turmush darajasining keskin pasayishi bilan amalga oshadi. Bularning barchasining sababi sifatida quyidagilarni ko‘rasatish mumkin: rejaga asoslangan iqtisodiyotdagi noqulay sharoitlar, tuzilmaviy og‘ishlar, iqtisodiyotni harbiylashtirish va b.) bu mamlakatlar xo‘jaligida yangi tartibdagi ish tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar, bozor infratuzilmasining tuzilishi, yangi o‘zaro savdo munosabatlarining shakllantirilishi, bozor tajribasining yetishmasligi va boshqalar. Ko‘pchilik hollarda bu omillar islohotchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari, strategiya va taktikani noto‘g‘ri tanlashi va noto‘g‘ri amalga oshirishlari tufayli yana ham murakkablashib ketadi.

Har bir sobiq sotsialistik mamlakatlari inqirozdan chiqish yo‘lini turlicha, o‘ziga xos usullar bilan, ya'ni o‘z sharoitlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda bartaraf etadi. Bunda tajribaning ko‘rsatishicha, ayrim davlatlar totalitar tuzumda shakllangan iqtisodiy munosabatlarni birvarakayiga ildizi bilan yo‘q qilishdan iborat «shok terapiya»sining tezlatilgan shaklini ma'qul ko‘radilar. Bunday usul jamiyatda juda og‘ir ijtimoiy inqirozlar bilan kechadi. Boshqalar esa iqtisodiy munosabatlarni yangi bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tib borishidan iborat tadrijiy uslubni ma'qul ko‘radilar. Bu yo‘lda keskin ijtimoiy larzalar kamroq bo‘lib, nisbatan izchilroqdir. O‘zbekiston aynan shu yo‘ldan bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan boshqaruvga asoslangan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bozor munosabatlariga o‘tishning o‘z modeli, o‘ziga mos yo‘lini ishlab chiqqan. Bu yo‘lning bir qismini Respublika bosib o‘tdi. Islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994) yangi tuzumning poydevorini tayyorlash vazifasi hal etildi, yangi iqtisodiy tuzumning huquqiy asoslari yaratildi, aholi tomonidan tanlangan yo‘lning to‘g‘ri ekanligini tushunish, faqat bozor iqtisodiyotiga o‘tishgina kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni demokratlashtirishning, har bir shaxs uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishning asosi ekanligini tushuntirish vazifalari bajarildi. Odamlarning va xo‘jaliklarning yangi sharoitlarga sekin-asta moslashish jarayoni kuzatildi.

Keyingi bosqichda xususiy mulkchilik plyuralizmiga asoslangan ko‘pukladli iqtisodiyotni shaklllantirish vazifasi bajarilmoqda. Buni amalga oshirish uchun iqtisodni sekin-asta va bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, keyin esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi davlat mulkini aksiyalashtirish amalga oshirila boshladi. Qishloqlardagi xo‘jaliklarda ham keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayon o‘ziga xos tomonlarga ega. Bizning hududlarda dehqonchilik tabiiy sharoitlardan kelib chiqqan holda sug‘orishga moslashgan. yer suvsiz o‘z qiymatini yo‘qotadi. Shu bois bu yerda gap faqat yer haqida emas, balki yer-suv munosabatlari haqida boradi. Sug‘orishga moslashgan dehqonchilik hududlari iqtisodiyoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi unga o‘z vaqtida «ishlab chiqarishning osiyo uslubi» nomi berilishi asos bo‘lgan. O‘ziga xos tomoni deganda yerning davlat tasarrufida ekanligi, suv inshootlari hamda ijara munosabatlari nazarda tutiladi. Inqilobdan avval Qo‘qon, Xiva xonliklari, Buxoro amirligida yerga xususiy mulkchilikning uch shaklidan – amlok (davlat), mulk (xususiy) va vaqf (musulmonlarning diniy tashkilotlari mulki) shakllari orasida amlok mulkchiligi – sug‘orish inshootlariga ham egalik qiluvchi xon xukumati mulkdorchiligi shakli yetakchi va hal qiluvchi hisoblangan. Amlok mulkchiligida dehqonlarga yer hissadorlik sharti bilan ishlatishga berilgan.

Sug‘oriladigan yerlarning xususiyatlarini va shakllangan an'analarini hisobga olgan holda bugungi kunda ham qishloqlarda islohotlar olib borilayotgan bir vaqtda yerni sotish huquqi bilan xususiy mulk sifatida bo‘lib berish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. yer davlat mulki bo‘lib qolveradi va u umr bo‘yi foydalanilib, meros qoldirish xuquqi bilan berilishi mumkin. Shu shartlar asosida fermer (dehqon) xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari kooperativlari tuzilmoqda. Agrar sektorda yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan kollektiv xo‘jalik – shirkatlar xo‘jalikning asosi bo‘lib qolmoqda. Agrar islohotlarni amalga oshirishda qishloqlardagi ishga yaroqli aholining ko‘pligi masalasi u yerlarda zamonaviy texnika bilan ta'minlangan kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini kengaytirish yo‘li bilan hal etish muhimdir.

Islohotlarning bugungi bosqichida iktisodiyotning ko‘pukladli turi shakllanib bormoqda. Unga xususiy mulkchilikning turli shakllari plyuralizmi – davlat va nodavlat (xususiy, aksionerlik, jamoa, kooperativ mulki), shuningdek qishloq xo‘jaligining dehqon-fermer sektoridagi ijaraviy mulki ko‘proq xosdir. Shu bilan bir qatorda davlat hanuzgacha ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotmagan holda barqarorlik, himoya va adolat kafolati rolini o‘ynashda davom etmoqda. Shunga ko‘ra, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichi o‘zgarib borayotgan sharoitlarga to‘liq javob bera oladigan talab va prinsiplarni amalda qo‘llashni talab qiladi. Mustaqil taraqqiyotning birinchi o‘n yilligi natijalari asosida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi qabul qilingan edi. Unda iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirish va chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ta'sirini kuchaytirish, kichik va o‘rta biznes tadbirkorlariga erkinlik va imtiyozlarni ko‘paytirish kabilar nazarda tutilgan.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish