Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 0,73 Mb.
bet44/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

Abu Yusuf ibn Is’hoq al-Kindiy (800-879) yirik faylasuf bo‘lib, Sharq arastuchiligi deb atalgan oqimning boshlab beruvchisi edi. Al-Kindiy turli bilim sohalariga –geometriya, astronomiya, optika, meteorologiya, tabobat, musiqa va filosofiyaga bag‘ishlangan 150ga yaqin asar yozgan. U falsafa mavzusini boshqa xususiy fanlar mavzusidan farq qilar edi. «Xususiy narsa, - deb yozgan edi Kindiy, - falsafa mavzusini tashkil etmaydi. U o‘zining mavzusi sifatida faqat umumiy va asosiy, tub masalalarnigina qamrab oladi»47.

Kindiy aqidasicha, har qanday ashyo bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan besh qismni, ya'ni modda, shakl, harakat, makon va zamonning mavjudligini taqozo qiladi. Mutakallimlarga qarshi o‘laroq, Kindiy tabiatda sababiy bog‘lanishlarning mustahkamligini qayd etadi, Xudo bilan dunyoning o‘zaro munosabatini esa, sabab va oqibat sifatida qarab chiqadi. Kalom ilmiga qarshi u o‘zining ilmiy bilishning uch bosqichi haqidagi ta'limotini ko‘ndalang qo‘yadiki, unga binoan birinchi bosqich bo‘lgan mantiq va riyoziyotdan, ikkinchi bosqich bo‘lgan tabiatshunoslik orqali uchinchi bosqich bo‘lgan falsafiy muammolarga chiqib boriladi. Al-Kindiy Arastu falsafasiga alohida e'tibor qaratib, qadimgi davr tafakkuri merosiga katta hurmat bilan munosbaatda bo‘ldi. U «Arastu risolalarining miqdori va falsafani o‘zlashtirish uchun nimalar zarurligi haqida kitob» yozib, unda kimki, o‘zini falsafaga bag‘ishlagan bo‘lsa, Stagirit (Arastu) falsafasini o‘rganmog‘i zarurligini isbotlab berdi. U Qur'onga ishonmovchilik bilan qarab, uni tanqid qildi. Ilk musulmonchilik e'tiqodidagilar nazarida u bid'atchi edi. Jaholatparastlik davrida uning kitoblari yo‘q qilindi.



Muhammad al-Xorazmiy (780-850) IX asrning eng yirik ensiklopedik olimi bo‘lib, Xorazmda tug‘ilgan. U riyoziyot, astronomiya, jugrofiya sohalarida tadqiqotlar olib borib, ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. Olim sifatida al-Ma'mun, Mutasim va Al-Vosiq kabi xalifalar saroyida ijod qildi. Sharqning birinchi Akademiyasi bo‘lgan Bag‘doddagi «Baytul hikma» - «Donishmandlik uyi»da Al-Xorazmiy rahbarligi ostida Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy, Ahmad ibn Abdulla al-Marvaziy, Xolid Marvarudiy, Abbos Javhariy kabi o‘sha zamonning eng yirik olimlari xizmat qildilar. Xorazmiy qalamiga «Astranomik jadvallar», «Hind hisobi haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Musiqa bo‘yicha risola» va boshqa asarlar mansubdir. Xorazmiyning asosiy kashfiyoti algoritmni kashf etishi bo‘lib, u barcha matematik tenglamalarni yechishning umumiy vositasidir.

Al-jabr, ya'ni algebraning kashf etilishi bir-biriga qarama-qarshi munosabatda turgan ikki miqdor: «ma'lum» va «noma'lum» ning dialektik tahlil qilish natijasidir. Har qanday tenglama bu bir-birini inkor qiluvchi tushunchalarning dialektik birligidir. Qarama-qarshilikning birligi, ma'lum va noma'lum, - bu masaladir. Ushbu qarama-qarshilikni yechish – masalani yechishdir. Tenglamalar Xorazmiygacha ham ma'lum edi. Ammo u har safar, turlicha, yakka holda, ayrim yo‘l bilan yechilar edi. Xorazmiyning xizmati shunda ediki, u turli xususiy tenglamalar tahlili asosida umumiy ko‘rinishni vujudga keltirdi. «Algoritm» so‘zi al-Xorazmiy ismining lotincha talaffuzidir. Asosiy poydevorini Xorazmiy qo‘ygan algoritmlar nazariyasi bugungi kunda zamonaviy matematika, informatika va kibernetikaning eng muhim qismidir.



Shaxamaiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797-865) Farg‘onada tug‘ilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda, Iroq va Misrda ijod qildi. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug‘rofiya, geodeziya sohalarida edi. U o‘z asarlarida o‘quvchini dunyoning tuzilishiga doir ma'lumotlar bilan tanishtiradi, sayyoralar harakati, taqvim va jug‘rofiyani sharhlab beradi. O‘z tadqiqotlarining natijalarini u arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakatlar olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg‘oniy fikricha, osmon doiraga o‘xshashdir, negaki, samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. yer ham doiradir. Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha osmonning teng yarmini ko‘radi. Quyoshning chiqishi va botishi turli kengliklarda quyidagicha: qutblarda barcha qishki kechalar bir kechani tashkil etadi; bu yerda yil bir kecha va kunduzga teng, kunduz kun 6 oyga, qorong‘u kecha ham 6-oyga teng. Osmon ekvatorining doirasi ufq doirasi bilan mos tushadi, zenit (osmonning kuzatuvchi boshi ustidan ko‘ringan eng yuqori nuqtasi) esa qutb bilan mos tushadi.

Farg‘oniy sayyoralar harakatining tasnifini beradi. Sobit yulduzlarning harakati – bu barcha sayyoralarga zarur bo‘lgan, yagona harakatdir. Quyosh ikki harakatda ishtirok etadi: g‘arbdan sharqqa tomon va ekliptika (yerning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislik) qutblari atrofida. Oy beshta aylanma harakatlarda ishtirok etadi. Osmon doirasidagi ekliptika bilan ekvator o‘rtasidagi eng aniq burchak hisobining natijalaridan biri Farg‘oniyga tegishlidir48. Uni stereografik proeksiya (biron predmetning tekislikdagi aksi, tasviri) asoschisi deb hisoblash mumkin. U birinchilardan bo‘lib astrolyabiyaning nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Farg‘oniyning eng muhim xizmati shundaki, u «astronomiya faniga daliliy usul»ni olib kirdi. Uning tomonidan azimutlar, yulduzlar, radiuslar, parallellarning jadvallari tuzilgan. Farg‘oniy Qohira atrofida joylashgan Rad orolidagi geodezik ishlarga rahbarlik qildi. Ba'zi fan tarixchilari kilometrning o‘zini tushunchasini ham Farg‘oniy nomi bilan bog‘laydilar.

O‘zining ensiklopedik (hamma tomonlama) bilimlari sharofati bilan «Sharq Arastusi» va «Ikkinchi muallim» (Arastudan keyin) unvonlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (873-950) buyuk faylasuf edi. Forobiy 873 yilda Forob shahrida (Aris daryosining Sirdaryoga quyiladigan joyi) tug‘ildi. Fanlarni o‘zlashtira borib, Forobiy Shoshda (Toshkent), Samarqand, Buxoro, Bag‘dodda bo‘ldi, Eronga safar qildi. O‘z hayotining oxirgi yillarini Forobiy Halab va Damashqda o‘tkazdi va o‘sha yerda 950 yili vafot etdi. Uning 160 jilddan ko‘proq asarlarining barchasini ikki guruhga bo‘lish mumkin: qadimgi yunon olimlari risolalariga sharh shaklida yozilgan asarlar, va asl nusxadagi tadkiqotlar.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish