antik davr falsafasi, xoh o‘rta asr falsafasi yoki Uyg‘onish davri falsafasi bo‘lsin - o‘z
davrining mahsulidir.
Masalan, Uyg‘onish davri yevropa falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi feodal
jamiyatga qarshi turuvchi ilk burjuaziya jamiyati madaniyati asosida yuz bergan. Aynan
shunday tarixiy asosda Uyg‘onish davri falsafasining insonparvarlik, klerikalistik (cherkoviy)
va qotib qolgan aqidalarga bo‘lgan qarshiligi, qadimgi davr orzulariga bo‘lgan yo‘nalishi kabi
xususiyatlari o‘z ifodasini topadi. Falsafiy yo‘nalishlar (maktablar) va falsafiy muammolar
to‘g‘risida ham xuddi shunday deyish mumkin. Masalan, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr
birinchi yarmida G‘arbiy yevropa falsafasidagi irratsionalizmning avjga chiqishi Yangi davr
sivilizatsiyasidagi bo‘hron, kapitalizm bo‘hroni yevropa bo‘ylab tarqalgan ijtimoiy
inqiloblarda, birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga bo‘linib ketishi o‘z ifodasini topdi.
Bundan tashqari, u mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, Yangi davrning qadriyatlari
yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi bo‘lib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm
va «mutlaq tizimlar» tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir.
Falsafaning muayyan-tarixiy tabiati nafaqat davr o‘lchovida balki
makon-sivilizatsiya
o‘lchovida ham namoyon bo‘ladi. Falsafa o‘z davrininggina emas, balki muayyan
sivilizatsiya, muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning ham mahsulidir. Masalan, biz G‘arb
va Sharqning falsafiy an'analari, islom, xristian va buddaviylik falsafasi, totalitar va
demokratik jamiyatlar falsafalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin.
Falsafiy bilimlarning muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma'rifiy jihatdan
bog‘liqligini G.V.F.Xegel, K.Marks, O.Shpengler, B.Rassel, K.Yung kabi yevropalik
mutafakkirlar, islomiy mutafakkirlar (M.Iqbol, M.Sharif, S.Nasr), hindistonlik faylasuflar
(S.Vivekananda, R.Tagor, R.Raju, S.Radxakrishnan), yaponiyalik faylasuf (D.Sudzuki), Lotin
Amerikasidan (L.Sea), afrikalik faylasuflar (A.Kagame, L.Sengor) va boshqalar ko‘rsatib
o‘tgan edilar.
Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas. U mazkur davr mohiyati va asosiy yo‘nalish
(tendensiya)larini nazariy, umumlashgan shaklda ifodalaydi.
Xegel falsafani g‘oyalarda
tushunilgan davr deb bejiz ta'riflamagan. Falsafa o‘zining muammolari va tushunchalar
apparatida insoniyat to‘plagan amaliy hamda bilish tajribasini yig‘adi, tabiiy va bashariy
borliqning turli tomonlarini anglash bo‘yicha qidiruvlarni uyg‘unlashtirib birlashtiradi va
tizimlashtiradi, zamonning «keskin tomir urishi»ni qayd etadi. Boshqacha aytganda, falsafa
o‘zining muammoviy va kategoriyaviy tuzilishida u yoki bu davr borlig‘i va ongining ichki,
mohiyatiy
jarayonlarini umumiy, nazariy shaklda ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: