Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammoniy fosfatlari, odatda, fosfat kislota tuzlari – ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniyfosfat [MAF] NH4H2PO4, ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NH4)2HPO4, va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NH4)3PO4 nomlari bilan yuritiladi. Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi, uni 100-110°C gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi. Diammoniyfosfat 70°C haroratdayoq ammiak yo’qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi:
(NH4)2HPO4 NH4H2PO4 NH3
triammoniyfosfat esa havoda 30-40°C da parchalanadi, shuning uchun uni sanoatda ishlab chiqarilmaydi.
100°C da NH4H2PO4 ustidagi ammiak bug’ining bosimi amalda nolga, (NH4)2HPO4 ustidagi – 1,2 ga, (NH4)3PO4 ustidagi esa – 85,7 kPa ga tengdir. 125°C da bu tuzlar ustidagi NH3 ning bosimi muvofiq holda 0,008, 4,5 va 157 kPa gacha ortadi. 190,5°C da monoammoniyfosfat ozgina miqdordagi NH3 yo’qotib suyuqlanadi. Bu haroratda uning degidratlanishi sekinlik bilan sodir bo’lib, ammoniy polifosfatlariga aylanadi va bu jarayon haroratning ortishi bilan tezlashadi.
20°C dagi to’yingan suvli eritmada: 27,2% NH4H2PO4 yoki 40,8% (NH4)2HPO4 bo’ladi; qaynash harorati (109,4OC) da esa 71,8% NH4H2PO4 bo’ladi. NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik 8 – rasmda tasvirlangan.
8 – rasm. 25 va 75°C haroratdagi NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
25°C dagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemasida eruvchanlik diagrammasi (9-rasm) dan ko’rinadiki, monoammoniyfosfat konsentratsiyasining ortishi bilan diammoniyfosfatning eruvchanligi amalda o’zgarmaydi; diammoniyfosfat konsentratsiyasining ko’tarilishi bilan esa monoammoniyfosfatning eruvchanligi ortadi; u NH3:H3PO4 molyar nisbati ~1,5 ga teng bo’lganda maksimumga erishadi. 0,1 M eritmaning pH qiymati: NH4H2PO4 uchun – 4,4, (NH4)2HPO4 uchun – 8,0 va (NH4)3PO4 uchun esa – 9,4 ga tengdir.
9 – rasm. 25°C haroratdagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. 50°C dagi NH4H2PO4 ning gigroskopiklik nuqtasi 88% ga, 15°C da esa – 97% ga tengdir (texnik mahsulotlarda qo’shimchalarning ishtirok etishi uning gigroskopikligini oshiradi).
Ammoniy fosfatlari qishloq xujaligida o’g’it sifatida keng qo’llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz o’g’itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari – suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor tutadi.
Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% P2O5 (jami 73,9%), diammoniyfosfatda – 21,2% N va 53,8% P2O5 (75,0%) bo’ladi. Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N:P2O5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniynisbatdagi (1:5,1) ga nisbatan ancha maqbul bo’ladi.
Ammoniyli-fosfatli o’g’itlardan ammofos – oz miqdordagi (~10%) diammoniy-fosfat qo’shimchasi bo’lgan monoammoniyfosfat ko’p miqdorda ishlab chiqariladi.
Davlat standartlari (DAST 18918-85) talablariga muvofiq, donadorlangan ammofos ikki xil markada: A – apatit konsentratidan va B - fosforitdan olingan Ekstraksion fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida ishlab chiqariladi. A markali oliy va 1-sifat kategoriyali va B markali oliy va 1-sifat kategoriyali mahsulotlar tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 501% dan kam bo’lmagan, 44 va 421% dan kam bo’lmagan P2O5o’zl.; 48, 46, 34 va 32% P2O5s.e.; 121, 121, 111 va 101% N va 1% dan ko’p bo’lmagan H2O bo’ladi. O’lchamlari 1-4 mm bo’lgan donachalarning ulushi oliy navda 95% dan va birinchi navda 90% dan kam bo’lmasligi kerak. Ammofosdagi N:P2O5 nisbati ~1:4 ga tengdir.
Tarkibida diammoniyfosfat va fosfat kislotadan o’tadigan qo’shimchalari bo’lgan azot bo’yicha nisbatan konsentrlangan o’g’it – diammofos ham ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan Ekstraksion fosfat kislota ishlatilsa, bunda mahsulot tarkibida: 481% P2O5o’zl., 18% dan kam bo’lmagan N va 1,5% dan ko’p bo’lmagan H2O bo’ladi. N:P2O5 nisbati katta bo’lgan o’g’it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli o’g’itlar – ammoniy nitrat yoki karbamid qo’shiladi.
Termik yoki tozalangan Ekstraksion fosfat kislotadan olinadigan diammoniyfosfat hayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ham ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong’inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |