. Nikohning qonuniy va diniy asoslari
Nikohning qonuniy va diniy asoslari Milliy qonunchiligimizdagi oilada er va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to‘g‘risidagi qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar» degan konstitutsiyaviy normadan kelib chiqadi. Qonunchilikka ko‘ra, nikoh natijasida vujudga kelgan er-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo‘linadi. SHaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita bog‘liq va undan ajratib bo‘lmaydi. Bu munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyatligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |