. Nikoh va oila tushunchalari. Davlatning axloqiymohiyati
Nikoh va oila tushunchalari. Davlatning axloqiy mohiyati Barkamol avlodni tarbiyalash oiladan boshlanadi. Inson o‘z hayotini oilasiz tasavvur qilolmaydi va aynan mana shu oila muhitida u jamiyat a’zosi sifatida tarbiya topadi. Oilada sog‘lom muhit va sog‘lom munosabat qaror topsa oilada ham, millat va jamiyatda ham sog‘lom muhit mavjud bo‘ladi. “Oila” so‘zining lug‘aviy ma’nosi haqida olimlar turli fikrlari keltirib o‘tishgan. Masalan, F.Qilichev qadimda xalqimizda egarni ulovga mustahkamlovchi tasmani “ayil” deb atashgani va er-xotinlik munosabatlari paydo bo‘la boshlagach, ularning jipsligini “ayla”, ya’ni “ayl” oila tarzida ifodalab nomlaganlar, degan fikrga keladi1.
Oilaning tashkil topishi va rivojlanishiga asos bo‘lgan nikohning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy asoslari haqidagi qarashlar, yondashuvlar ham turlichadir. Nikoh – arabcha so‘z bo‘lib, “qo‘shilish” degan ma’noni anglatadi3. YA’ni, nikoh faqat jismoniy qo‘shilish emas, balki ma’naviy mushtaraklik hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |