. Mantiq ilmining predmeti
Mantiq ilmining predmeti Mantiq ilmi qadimgi fanlardan biri bo‘lib, asrlar davomida G‘arb va SHarqning ta’lim tizimida o‘rganilishi zarur bo‘lgan fanlardan biri bo‘lib kelgan. Mantiq ilmini o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofdagi odamlar bilan muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish uchun hizmat qiladi.
Mantiq ilmi hamma vaqt umuman barcha bilimlarni, shu jumladan falsafiy bilimlarni o‘rganishning ham zaruriy sharti hisoblangan.
Mantiq – (grek. logos – so‘z, fikr, nutq, aql) tafakkur qonunlari va shakllari haqidagi fan. Mantiq (logika) eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. logos atamasi grek tilida «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni ifodalaydi. “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |