. Mantiqiy isbot, uning tarkibi va turlari.
Mantiqiy isbot, uning tarkibi va turlari. Isbotlash qoidalari
Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o‘zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr,
mulohazani yoki mulohazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo‘li bilan (kuzatish,
tajriba-eksperiment va hokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar
yordamida asoslab berishga aytiladi.
Dalillashning xususiy ko‘rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr,
mulohazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar orqali asoslashga
aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo‘lsa, dalillashdan maqsad ham
fikrning chinligini aniqlash, uning ahamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo‘llash
mumkinligini asoslashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |