Axloq yoki axloqiylik nima ? Uning ijtimoiy hayotdagi o`rni qanday?
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani o‘rganadi.
Ma’naviyat tushunchasining mazmuni
Ma’naviyat – arabcha so’zdan olingan bo’lib , “ma’nolar majmui” ma’nosini anglatadi . Ma’naviyat odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir . Moddiy narsalar odamga jismoniy kuch va quvvat bersa ,ma’naviyat unga ruhiy oziq va quvvat bag’ishlaydi .
3 Axloqiy tarbiya vazifasi
Axloqiy tarbiya vazifalariga quyidagilar kiradi :
Bolalarda axloqiy xis tuyg’ular ,tasavvurlar va hatti xarakatlarni tarbiyalash
Hulq madaniyatini va ijobiy sifatlarni tarbiyalash
Shaxsda axloqiy his tuyg’ularni tarbiyalash
Hulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish
Ahloqiy tarbiya tomoyinlari
-tarbiyaning maqsadga yunaltirilganligi
-tarbiyada demokratik va insonparvarlik g`oyalar ustunligi
-tarbiyada milliy umumbashariyqadriyatlar ustunligi
-tarbiyada izchilik va tizimlilik
-tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qushib olib borish
-tarbiyani mehnat bilan bog`lash
-tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish
-tarbiyada oquvchining esh va individual xususiyatlarini hisobga olish
Ahloqiy tarbiya vositalari nimalar ?
MTTda axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi
Avvalo bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bn tanishtirish ,mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish,kun davomidagi maishiy,mustaqil,badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi
Axloqiy tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz
Axloqiy tarbiya metodlari – bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarning egallab olishi ularda ma’daniy hulq va ijobiy munosabatlarni,shaxsning axloqiy xis tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir .
Axloqiy tarbiya metodlari necha guruhga bo’linadi ?
Axloqiy tarbiya 2 guruhga bo’linadi :
1-guruh : axloqiy tasavvur va bilimlarni ,ularni bajarish xohishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh: axloqiy his tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar .
Muammoli vaziyat nima ?
“Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |