Axloq kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida



Download 130,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi130,96 Kb.
#283950
Bog'liq
Axloq - Vikipediya



Axloq

Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga,

jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida

namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari,

xulq-atvorlari, odoblari majmui.

Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon

bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq

talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan

baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni 

etika

 fani


o‘rganadi.

Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni

axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish

jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman

maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik,

nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham

shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro

kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini

anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy

munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql

bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda

o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga

xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq

meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi.




Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy

maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib

ketganlarni to‘g‘ri yo‘lga daʼvat etishdir. Dinlarda to‘g‘ri yo‘lga chorlash, umuman yaxshilik va

yomonlik tushunchasi turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning

muqaddas kitobi 

Avestoda


 yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va

yovuzlik xudosi Axramanyu o‘rtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning

ifodasidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik

va yomonlikning o‘z ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi 

Qur’oni Karimda

 axloq


masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga

insonlar amal qilishsa, o‘zlari uchun katta baxtga sazovor bo‘ladilar. Qur’oni Karimda to‘g‘ri

yo‘lga yurishlik istiqomat (o‘zini o‘zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda

istiqomatda bo‘lganlarga, yaʼni o‘z-o‘zini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday

jabru zulmidan keyin tavba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“

(„Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qo‘yganlar uchun qalbini poklash sari

umid tug‘diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda

oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari

undaladi. Bular – ehson (yaxshilik qilish), kechirimli bo‘lish, sabr-qanoat, rostgo‘ylik,

shirinso‘zlik, ota-onani, o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va

boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham ko‘rsatilib,

ulardan saqlanishga undaladi. Bular – baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru

havo), g‘iybat, zinodir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka

ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va oliyjanob axloqqa chaqirishlari, nojo‘ya

ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo

yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok, taqvodor bo‘lsa, unday kimsa axloqsizlik yo‘liga

kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din

tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik sharq axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq axloqi

Qur’on va hadisdan tashqari juda ko‘plab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifu-

tashviq etilgan. „Qobusnoma“, „Axloqi Jaloliy“ kabi maxsus kitoblar yozilgan.



Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Axloq

&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Axloq va din

Adabiyotlar




  Soʻnggi tahrir 10 oylar avval Nozigul.S tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?title=Axloq&oldid=2158323



dan olindi



Download 130,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish