Shifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko‘ra, simmetrik va asimmetrik sinflarga bo’linadi.
Simmetrik shifrlarda maʼlumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitini kriptotizimlarda shifrlash kalitini ochiq kaliti, deshifrlash kalitini shaxsiy kalit deb ataladi.
Kriptografiya va stegnografiya
Stenanografiya – bu maxfiy xabarni soxta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi.
Boshqa so‘z bilan aytganda steganografiyaning asosiy g‘oyasi – bu maxfiy maʼlumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish hisoblanadi.
Kriptografiya shifrlash algoritmlari yordamida maʼlumotning maʼnosini berkitishda qo‘llanilsa, stegonografiya maʼlumotni o‘zini kontentda berkitishga xizmat qiladi.
Kriptografiyaning tarixi
Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari) - Sezar, Polibiya kvadrati usullari
O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari) - Vijiner, Atbash usullari
1 va 2 – jaxon urishi davri (1 va 2- jaxon urishi davri klassik shifrlari) - Zimmermann telegrami, Enigma shifri, SIGABA mashinalari
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar) - DES, AES, ГОСТ 28147-89, IDEA, A5/1, RC4.
Tashkilotlar o‘zining faoliyatidan kelib chiqib kriptografik infratuzilma va uning elementlarini mustaqil yaratadi. Quyida IBM firmasining SecureWay kriptografik infratuzilmasi ko‘rib chiqiladi.
Ushbu infratuzilma bir nechta qismlarni o‘z ichiga oladi, ulardan biri ilovalar qismi hisoblanib u quydagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
IBM firmasining SecureWay kriptografik infratuzilma qismlari va elementlari
E-Hujjat tizimi
Hozirgi kunda oddiy hujjat aylanish tizimining normativ meʼyori Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma»ga asoslanadi
Sodda hujjat aylanish jarayoni sxemasi
Yuboruvchi. Hujjatni tayyorlash va manzilga yetkazish
Umumiy bo‘lim (kantselyariya). Kelgan hujjatni ko‘rib chiqish va ro‘yhatga olish. Rahbariyatga yetkazish.
Rahbariyat. Hujjatni ko‘rib chiqish, yo‘naltirishiga qarab o‘rinbosarlarga yoki boshqa bajaruvchilarning vazifalarini belgilash va bajarilish muddatini ko‘rsatish, rezolyutsiya qo‘yish.
O‘rinbosarlar yoki boshqa bajaruvchilar. Rahbariyat qo‘ygan vazifalarni bajarish, javob xati tayyorlash va kelishuv uchun rahbariyatga kiritish.
Rahbariyat. Berilgan vazifani bajarilganligini tekshirish, javob xatini ko‘rib chiqish, kerak bo‘lsa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Imzolash.
Umumiy bo‘lim (kantselyariya). Chiqish hujjatini ro‘yxatdan o‘tkazish va kelgan manzilga yuborish.