Axborotlashgan jamiyatda shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi



Download 42,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi42,5 Kb.
#273214
Bog'liq
Abduraimova M. Jo'raqulova N


AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR HIMOYASI

Manzura Abduraimova, NavDPI

,,Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”

kafedrasi o’qituvchisi



Nazokat Jo’raqulova, NavDPI

2-,,B” kurs ,,Boshlang’ich ta’lim” talabasi

O’zbekiston ham dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari singari axborot kommunikatsiya tizimi sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berib kelmoqda. Davlatimizda axborot tizimining me’yoriy-huquqiy asosini shakllantirish, sohadagi boshqaruv va ijro organlari ishlarini takomillashtirish, axborot kommunikatsiya tizimini rivojlantirish va uni iqtisodiyotning barcha sohalariga tatbiq qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada ta’lim berish, o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishga, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining moddiy texnika-bazasini kengaytirishga, rivojlantirishga mablag‘ ajratilmoqda. Sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o‘qitishni ta’minlash bilan aloqa va axborotlashtirish yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar qoniqtirilmoqda. Masalan, TATU o‘quv bazasining kengayishi munosabati bilan bu soha taraqqiyoti ta’minlanmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Internet tarmog‘ida www.uz milliy axborot qidiruv tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish orqali yanada rivojlanmoqda.

XXI asr globallashuv davri, axborot oqimining kuchaygan muhitida yashar ekanmiz, bu jarayonda shaxs daxlsizligi, shaxs huquqlarini himoyalash kabi terminlarning qo’llanilishi o’rinli bo’lardi. Chunki fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligini ta’minlash zamon talablaridan biri sifatida ko’rilmoqda. Shaxs daxlsizligi jismoniy, axloqiy va maʼnaviy jihatlarga ega. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga va boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga binoan, shaxs daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-boʻlimida batafsil ifodalangan va qonunlar bilan barchaga teng ravishda kafolatlangan. Shaxs daxlsizligini hamma shaxslarga, shu jumladan, ajnabiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan taʼminlash davlat zimmasidadir. Konstitutsiyaning 25-moddasida biror huquq va erkinlikdan sud qarorisiz mahrum etishga yoxud ularni cheklashga hech kim haqli emas. Hech bir shaxs qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi, ozodlikdan mahrum qilinishi, qiynoqqa solinishi, jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Shaxs daxlsizligiga tajovuz qilish — insonning ozodligi, shaʼni, qadr-qimmati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyat hisoblanadi 

Shu o’rinda axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uchta guruhga bo‘lish mumkin: huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyalanishda va hisoblash texnikasi vositalarida axborotga ishlov berishda axborotni muhofaza qilishdan iborat. Bunday axborotlashgan zamonda har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlashda xalqaro standartlar va qoidalarni joriy qilish, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish samaradorligini oshirish, fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari buzilishining oldini olish va shaxs sifatida har qanday ta'sirlardan himoya qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ,, Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonuni 2019-yil 16-aprelda qabul qilinib, 21-iyunda Senat tomonidan ma’qullandi. Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

-inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;

-shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;

-shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;

-shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;

-sub’ektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;

-shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi1.

Shuningdek, qonunda Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Sub’ekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, o‘zining rad qilishi sabablarini ko‘rsatmaslik huquqiga ega.

Shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi belgilandi. Ushbu organ shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish, shaxsga doir ma'lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilash, shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf qilish haqida jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish ushbu organning asosiy vazifalari qatorida belgilangan.



1 https://kun.uz/news/2019/07/03/shavkat-mirziyoyev-shaxsga-doir-malumotlar-togrisidagi-qonunni-imzoladi

Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish