Normativ –huquqiy hujjatlarga qo’yiladigan asosiy talablar
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………...
Hujjat turlari va uning xususiyatlari…………………………………………..
Normativ-huquqiy hujjatlar…………………………………………………...
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi prezident qarori……………………
Normativ-huquqiy hujjatlarga qo’yiladigan asosiy talablar…………………..
Xulosalar……………………………………………………………………………..
Ilovalar……………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………...
Kirish
Kadrlar xizmatida ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Har qanday korxona, tashkilot yoki firma bo’lishidan qat'iy nazar xo’jalik faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun xar bir korxona o’zining hujjatlariga egadir. Shunday ekan avvalambor, hujjat bu boshqarish jarayonini amalga oshirishda zarur bo’lgan faktlar, voqealar, xodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullarda mustaxkamlash vositasidir. Hujjatlashtirish esa funksional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’liq hujjatlar to’plamini shakllantiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar esa bizning hayotimizdagi ijtimoiy munosabatlarimizni tartibga solib turuvchi va huquq majburiyatlarimizni belgilab beruvchi muhim vositadir. Hozirda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, idoraviy norma ijodkorligi hamda qonunchilikni tizimlashtirish bo‘yicha qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, bu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza to‘liq shakllantirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni1 bilan normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar qat’iy belgilab berildi. Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 104-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan. Mazkur qonunning 3-moddasida normativ-huquqiy hujjat tushunchasiga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. Qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari aniqlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Qonunning yana bir yangi jihati, unga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, tayyorlash tartibi va ularni ekspertizadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilgan. Unda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan. Qonunda normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash talablaridan biri sifatida ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek, huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlashga oid normalar belgilangan. Ta’kidlash lozimki, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunda huquqiy ekspertizaga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshirilishi belgilangan. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash ko‘zda tutilgan. Xususan, 2019-yil dekabr oyining o’zida O’zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan 2 ta farmon, 6 ta qaror, Oliy Majlis tomonidan 7 ta qonun, Vazirlar Maxkamasi tomonidan 17 ta, Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan esa 1 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |