Vektorli kodlash usulida tasvirni xosil kiluvchi geometrik shakllar, egrilar va to’g’ri chiziqlar kompyuter xotirasiga matematik formulalar, aylana, kvadrat, ellips kabi geometrik shakllarda saqlanadi. Masalan, aylanani kodlash uchun uni qismlarga bo’lish shart emas, faqat uning radiusini, markazi koordinatasini va rangini kodlash zarur; to’g’ri burchak uchun uning boshlang’ich nuqtalari, tomonlari uzunligi va rangini bilish talab qilinadi va x.k. Matematik formulalar bilan xoxlagan shaklni ifodalash mumkin, bundan tashqari, ularni taxrir kilsa xam bo’ladi. Bunday shakllar kartaga olish obyektlarini tashqil etadi va ko’rinishi jixatidan juda murakkab bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |