Vektorli tasvirning xam kamchiliklari bor. Birinchidan, tasvir shartli ravishda xosil qilinadi. Tasvir egrilardan tashqil topganligi sababli, ular formulalar bilan ifodalanadi, bu esa real borlik tasvirini olishni ancha kiyinlashtiradi. Tasvirni yanada aniq va uxshash xosil qilish uchun ko’plab chizma elementlar kerak bo’ladi, shu sababli vektorli tasvirlash aerosuratlarni kodlashda ishlatilmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, GISda vektorli tasvirlash ma’lumotlarni taxlil qilish, qayta ishlash, yangilash va boshqalarda ishlatiladi. Rastrli tasvir esa - grafikli ma’lumotni rasm sifatida kurishda, uning yordamida raqamlash ishlarini olib borishda, karta tuzishda ishlatiladi. Demak, vektorli tasvir biror-bir obyektning kayerda joylashganini ko’rsatsa, rastrli modul - xududning biror bir nuqtasida nima joylashganini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |