Endi shaklning ulchamini aniqlash bo’yicha. Amaliyotda shaklning ulchamini (buyi va enini) va tiniqlik darajasini ifodalovchi tushunchalar ishlatiladi. Ulcham metrda, mm da, dyuymda berilishi mumkin, lekin kompyuter buni piksellarda deb tushunadi. Tiniqlik darajasi - tasvirni xosil kiluvchi piksellarning ma’lum bir uzunligidagi joylashish zichligidir. Ko’pgina xollarda tiniqlik darajasi bir dyuymda joylashgan nuqtalar soni dpi (Dats Por Insh) bilan ulchanadi. Agar rasmning tiniqlik darajasi 72 dpi bo’lsa, unda bir dyuymda 72 ta piksel joylashgan deyiladi. Bugungi kunda 72 ta pikseldan to 300 va undan ko’p dpi tiniqlik darajasi ishlatiladi. Dpi qanchalik ko’p bo’lsa, rasm shunchalik tiniq ekranda tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |