Darsning turi: Amaliyot va nazariyot uyg`unligidagi dars.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, sinf doskasi, bo`r.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a) Salomlashish.
b) Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Bunda o`quvchilar bilan savollar beriladi.
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetda axborot uzatish protokli deganda nimani tushunasiz?
3. Word Wide Web haqida nimalarni bilasiz?
4. Web-sahifa va gipermurojaat haqida bilganlaringizni so`zlab bering.
5. Internetdagi Web-sahifalar qayerad saqlanadi?
III.Yangi mavzu bayoni :
Dastlab Web-brauzerlar haqida tushuncha berish lozim. Web-brauser (Browser)– Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun yaratilgan maxsus dastur. Browser – ungilizcha so`z bo`lib, ko`rishni ta’minlash, ko`rsatish degan ma’nolarni anglatadi. Eng birinchi Web-brauzer 1990 yili CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ularning bir qanchsi ishlab chiqilgan: Mosaic, Opera, MS InterNET Explorer, Netscape Navigator, Netscape Communicator. Ulardan eng ko`p ishlatiladigani MS InterNET Explorer va Netscape Communicator. Biz darsda MS InterNET Explorer d asturi bilan tanishishga harakat qilamiz. Uning ko`rinishini doskaga ko`rgazma qog`ozda osilgan.
O`quvchilarga kompyuterlarga o`tirish taklif etiladi. Ular o`qituvchi yordamida MS InterNET Explorerni ishga tushirishni o`rganadilar.
Rasmdagi har bir satr haqida ma’lumot berish zarur. Ma’lumotlarni bevosita kompyuter ekranidan ham sinf doskasiga osilgan ko`rgazmadan han o`rganish mumkin.
MS InterNET Explorer dasturining uskunalar paneli haqidagi ma’lumotni ham o`quvchilarga avval darslikdan so`ngra kompyuter ekranidan berish kerak.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Mavzuni mustahkamlash uchun dasturda ishlab ko`rish, savollarga javob berish mumkin.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
VI.Uyga vazifa: 13- dars ni o`qib konspekt qilish.
O’.T.I.B.D.O’: B.R.Sirojeva Sana:_______________
Dars reja
Fan: INFORMATIKA va AT.Sana:7a(I)______(II) ______,7b(I)______(II) ______,7v(I)______(II) ______,7g(I)______(II) ______,7d(I)______(II) ______:
Mavzu: 14- dars. Intеrnеtdа mа’lumоtlаrni izlаsh.
Maqsad:
1.Ta`limiy:O`quvchilarga InterNETda ma’lumotlarni izlashni ta’minlovchi “Qidiruv tizimlari” haqida ma’lumotlar berish, qidiruv tizimida ishlash ko`nikmasini hosil qilish va tanishtirish.
2.Tarbiyaviy: O`quvchilarga InterNETda ma’lumotlarni izlashni ta’minlovchi “Qidiruv tizimlari” haqida ma’lumotlar berish, qidiruv tizimida ishlash madaniyatini hosil qilishga o`rgatish.
3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga InterNETda ma’lumotlarni izlashni ta’minlovchi “Qidiruv tizimlari” haqida ma’lumotlar berish, qidiruv tizimida ishlash ko`nikmasini hosil qilish va rivojlantirish.
TK-tayanch kompetensiya
|
|
TK1-kommunikativ kompetensiya: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish.fanga oid voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;
|
|
TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.
|
|
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;
kamolotga intilish;hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;o‘z hatti-harakatini baholay olish.
|
|
TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;ularda faol ishtirok etish; o‘zining burch va huquqlarini bilish.
|
|
TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanini sevish, sadoqatli bo‘lish, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va orasta kiyina olish.
|
|
TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish; kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.
|
|
FK-fanga oid kompetensiyalar
|
|
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi; izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi, amalda qo‘llay oladi;
axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;
turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi; axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi;elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi.
|
|
FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi; grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi; matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi; matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;Operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi; Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi.
|
|
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |