Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog`liq xatolar.
1.«Yolg`on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo`l qo`yiladi. Bunda tezisga aloqador bo`lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko`chada yuradi», «A shaxs ko`chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo`ladi.
2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o`tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo`lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o`zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo`l qo`yiladi.
3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog`liq bo`lgan xatolar: a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo`lgan mantiqiy xatolar. b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo`lgan mantiqiy xatolar. v) analogiyada uchrashi mumkin bo`lgan mantiqiy xatolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |