Guruh ish natijalarini o’zaro baxolaydilar, Ma’lumotni daftarga qayd etadilar.
3-bosqich. Yakuniy bosqich (__ daq.)
Mashg‘ulot yakuni
Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi
Uyga vazifa berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi
Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar
21-mavzu. Simmetrik va assimetrik shifrlash tizimlari.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini xisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: • tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr — bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. Kalit — kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiyholati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatanishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi. Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: • yetarli darajada kriptomustaxkamlik; • shifrlash va kaytarysh jarayonining oddiyligi; • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; • shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi: • o‘rinlarini almashtirish; • almashtirish; • gammalashtirish; • analitik o‘zgartirish. O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilarining matnningma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari almashtiriladi. Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgalari foydalanilayotgan yokiboshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi. Gammalashtirish usuli bo‘iicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari,ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. Tahliliy o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilari analitik formulalar yordamidao‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida. Bu yerda vektormatndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat kiladi.