Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, boshqa dasturlar
tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyuterlarda o‘zining g‘arazli
maqsadlarini amalga oshiradi.
Вирус
Хавфсиз Хавфли Жуда хавфли
Файллар
таркибини
бузмайдиган
Файллар
таркибини
бузадиган
Қурилмаларни
бузадиган
Оператор
соғлигига таъсир
кўрсатувчи
Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi:
• ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;
• bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o‘zgaradi;
• ekranda anglab bo‘lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo
bo‘ladi;
• kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo‘sh joy hajmi
kamayadi;
• disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi hollarda disk va
fayllarni tiklab bo‘lmaydi);
• vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo‘qoladi.
Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, com, sys va bat
kengaytmali fayllarni zararlaydi. Hozirgi kunda bular katoriga ofis dasturlari
yaratadigan faylarni ham kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan
viruslar kamdan-kam uchraydi.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo‘llari quyidagilardir:
1. Disketlar orqali.
2. Kompyuter tarmoqlari orqali.
3. Boshqa yo‘llar yo‘q.
Axborot tizimlari va tarmoqlar uchun eng katta xavf tug‘diruvchi xatarlardan
biri – bu viruslardir. Aslida biz viruslar deb atashga o‘rganib qolgan dasturlarni
to‘rtta toifaga ajratish mumkin:
- mantiqiy bombalar;
- chuvalchanglar;
- troyan otlari;
- kompyuter viruslari.
Mantiqiy bomba– bu kompyuter xotirasida doimo mavjud bo‘lsada, biror
shart bajarilmaguncha ishga tushmaydigan zararkunanda dastur yoki uning
bo‘lagidir. Masalan, biror sanada (2000 yil virusini eslang), tanasida shu dasturni
ko‘tarib yurgan faylga tayin son marta murojaat etilganda (aytaylik 50 marta),
kompyuter ma’lum bir rejimda ishlashga o‘tishi va hokazo holatlarda ishga
tushadigan zararkunanda dastur.
Chuvalchanglarboshqa fayllar tanasiga yashirinmay, tarmoq muhitida
”sayr” qiladilar. Ular esa kompyuter ishga tushishi bilan faollashadigan va
kompyuter xotirasi, tizim yoki tarmoq xududida harakatlana oladigan, o‘z-o‘zidan
ko‘paya oladigan dasturlardir. 1988 yili Robert T.Morris eng mashhur internet–
chuvalchangni yaratdi. U 6000 kompyuter–internet serverlaridan 10% ini ishdan
chiqardi. Bir kompyuterdagi bunday chuvalchang tarmoq orqali boshqasiga bir
necha xil usul bilan o‘tishga harakat qilar va kompyuter ishini buzar edi. Pretty
Park chuvalchangi pochta orqali sayohat qiladi, xatto IRC serveriga ham kirib
chatlar orqali ko‘payishga harakat qiladi.
Troyan otlarideb iste’molchilar uchun mo‘ljallangan dasturlar tanasiga kirib
olib, shu dastur bilan birga ishga tushadigan zararli dasturlarga aytiladi (tarixda
Troya shahrini egallay olmagan bosqinchilar shahar darvozasi oldida kattakon
yog‘och ot qoldirib chekinadilar. Shahar aholisi bu otni tan berish timsoli deb
qabul qilib shaharga olib kiradilar. Tunda ot qorniga yashiringan bir necha
bosqinchi tashqariga chiqib, darvoza qorovullarini o‘ldirib darvozani ochadilar.
Yashirincha qaytib kelib devor ortida kutayotgan bosqinchilar ichkariga kirib
shaharni egallaydilar).
Inson tanasida uchraydigan viruslar RNK yoki DNKli oqsil qobig‘i
ko‘rinishida inson xujayralaridagina ko‘payadi, agar boshqa muhitga tushib qolsa
o‘ladi.