Axborot xavfsizligi va uni ta’minlash usulari
- Axborot xavfsizligi haqida tushuncha;
- Axborot xavfsizligining konseptual modeli;
- Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning turlari;
- Kompyuter va undagi axborotlarni parol bilan himoyalash dasturlari;
- Ixchamlovchi dasturlar;
- Antivirus dasturlari:
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Axborot xavfsizligi
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborot turlari
Konfidensial axborot
Umumiy
axborot
Davlat mahfiy
axborot
Tijorat siri
Personal bilan bog’liq
sirlar
Davlat siri
Harbiy sir
Konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin
emasligi, maxfiyligi kafolati;
Konfidentsial axborot deb - ma’lum doiradagi shaxslarning foydalanishi uchun ruxsat berilgan axborotlarga aytiladi.
Konfidentsial axborotga tahdid deganda muxofaza qilinayotgan axborot reserslaridan ma’lumot olish bo’yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi mumkin bo’lganhatti-harakatlar tushuniladi.
Davlat sirlari – Fosh etilishi davlatning harbiy-iqtisodiy potensialiga salbiy ta’sir etib, mudofaa qudrati,davlat xavfsizligi, siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotlardir
Xarbiy sir – fosh bo’lishi O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining mudofaa qudratiga hamda davlat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi va natijada og’ir oqibatlarga olib keluvchi xarbiy xarakterdagi ma’lumotlardir.
Xizmat siri – fan-texnika, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olib, ularning fosh etilishi davlat manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkun.
Tijorat siri – ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv, moliya va boshqa faoliyat bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar bo’lib, ularni fosh etilishi tashkilot yoki axborot egalariga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
Personal bilan bog’liq sirlar – fuqarolarning shaxsiy hayoti bilan bog’liq bo’lgan faktlar, voqealar va holatlar haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularning fosh etilishi shaxsga moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin.
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |