O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimining asosiy tamoyillari
1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya islohati va ularni hayotga tatbiq etishini bosqichma-bosqich amalga oshirilishini belgilab berdi.
Birinchi bosqich – o’tish davri bo’lib, u 1997 –2001 yillarni, ya’ni to’rt yilni o’z ichiga qamrab oldi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratildi. Bu bosqichda asosan qo’yidagi vazifalarni bajarish kerak edi: - yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; - o’quv standartlarni yaratish va yangi o’quv dasturlari ustida ishlash; - umumta’lim maktablarni tuzilishi jihatidan qayta qurish; - uch yillik ta’lim – o’rta maxsus va kasb – hunar (akademik litsey va kollejlar) tizimiga o’tish uchun zamin tayyorlash; - uzliksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos bo’ladigan tadbirlarni amalga oshirish; - ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |