Microsoft Internet Explorer.
Bu erda biz Internet Explorerning muhim vazifalarini ko’rib chiqamiz:
Tarmoqda axborotlarni qidirish va navigatsiya;
Web sahifalarni va fayllarni xotiraga olish va pechatb.
Elektron pochtaga jizmat ko’rsatish.
Microsoft Internet Explorerning qayta ishlash ob’ekti bo’lib, Internet tarmog’i resursi hisoblanadi, masalan, Web - sahifa yoki FTP katalogi. Oddiy foydalanuvchi esa bu ob’ektlar ustidan standart operatsiyalarni bajaradi:
adresi bo’yicha sahifalarni ochish va o’qish, kataloglarni ko’rib chiqish;
Internet sahifalarini qidirish;
Sahifalarni xotiraga saqlab qo’yish va chop etish, Internet serverlaridan
tanlab olingan fayllarni o’zining kompyuteriga nusxasini ko’chirish.
Word va Excel dasturlaridan farqli ravishda, navigator, foydalanuvchining nuqtai nazarida, oddiy vazifalarni bajaradi. Agar MS Word bilan o’xshatish qiladigan bo’lsak, navigatorning vazifasiga ochish, topish, bir joydan ikkinchi joyga o’tish, xotiraga saqlash, nusxasini olish kabi buyruqlarni bajarishimiz mumkin.
To’g’ri, Internet Explorer xam o’ziga xos operatsiyani bajaradi: Elektron pochta va yangiliklar guruhi bilan ishlovchi, Internet Mail va Interent Newsni ishga tushiradi.
Bundan tashqari, zamonaviy navigatorlar, ma’lum bir sharoitlar tug’ilganda, mijozlarga HTML yordamida o’zlarining Web sahifalarini yaratishga yordam beradi.
Mulьtimediya Web- sahifalarini tayyorlash uchun instrumental vositalar ham mavjud. Bu vositalar bilan Web- masterlar (Web - dizaynerlar) foydalanishadi.
SHunday qilib, biz WWW gipermatnli axborot tizimi va u bilan bog’liq bo’lgan Internet xizmati turlarini sistemali o’rganishga kirishamiz. Bu va keyingi mavzuda asosiy tushunchalar bulgan Web- sahifasi, gipermatn, sayt, ssbilka (jo’natma), resurs va resurs adreslariga qisqacha izoh berib o’tamiz .
Ayrim tushunchalar (masalan sayt) foydalanuvchi nuqtai nazariga yaqinlashtirilib shakllantirilgan. Internet texnologiyalari va bizning tarmoq to’g’risidagi qarashlarimiz tez rivojlanib bormoqda, shu bilan birga tarmoq mexanizmining vazifasi o’zgarmoqda, yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda.
WWW ning asosiy tuzilish elementi - bu Web - sahifa. Web - sahifa - bu o’zida matnli va yoki grafikli axborotni, hamda Internetning boshqa hujjatlarga bo’lgan jo’natmalarini (bu jo’natmalar Web - sahifalarda bo’lishi shart emas) mujassamlashtirilgan WWW hujjati.
Fizik nuqtai nazardan qaraganda, Web - bu .HTM va .HTML kengaytmalariga ega bo’lgan, HTML tili vositalari yordamida formatlashtirilgan fayl. Web - sahifalardagi grafik ob’ektlar- bu .GIF va .JPG formatdagi fayllardir.
SHuni esda saqlash lozimki, Web - sahifa Interent sahifalarining xususiy ko’rinishlaridan biri. Web-sahifa gipermatnli xujjat xisoblanadi.
Gipermatn - bu odatdagi matnli va grafikli axborotlar bilan bir qatorda, boshqa hujjatlarga bo’lgan jo’natmalarni o’zida mujassamlashtirgan hujjat (Bu hujjatlar berilgan hujjatning matnli qismiga yoki grafikli ob’ektiga o’rnatilgan bo’ladi).
Windows ilovasining ma’lumotnoma sahifalari ham gipermatn to’plami hisoblanadi. Bu sahifalar Internet sahifalari kabi tashkil etilgan: jo’natmalar osti chizilgan yoki rang bilan ajratilgan, sichqoncha ko’rsatkichi esa jo’natmaga keltirilganda “ko’rsatkich tarmog’i ko’rsatilgan qo’l” shaklini oladi.
Web - sahifasi jo’natmasiga foydalanuvchi uchun ko’rinmas bo’lgan URL formatidagi hujjat (dokument) adresi ko’rsatiladi. Jo’natma ko’rsatayotgan hujjatga o’tish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosish etarli. Web - saxifalar guruhi saytni tashkil etadi.
Sayt bu Web - serverda joylashtirilgan (qandaydir biror Web-serverda) va xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo’lgan Web - sahifalar to’plami. Bitta Web - serverda bir nechta sayt joylashishi mumkin. Ayrim hollarda sayt deb, FTP- serverdagi shaxs yoki tashkilotning katolog ostisini (podkatalog) atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |