123
9- bob Iqtisodiy sohalarda amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish
9.1 BEM – Buxgalterga Elektron Madad amaliy dastur paketida ishlash
“
BEM – Buxgalterga Elektron Madad” – bu har qanday
turdagi faoliyat bilan
shug’ullanuvchi tashkilotlarga buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor echimdir.
Bugungi kunda “BEM-Kichik korxonalar”,
“BEM-Bozorlar”
,
“BEM-Byudjet
tashkilotlari
”
dasturlari ko’rinishida faoliyat turlari xizmatlar, ulgurji va chakana
savdo, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo’lgan korxonalar; xo’jalik
hisobidagi va
byudjet tashkilotlari; yagona soliq to’lovi to’lovchilar va umumbelgilangan soliqlar
to’lovchilar, bozorlar, oliy o’quv yurtlari va boshqalar
uchun muvaffaqiyatli echim
yaratildi.
Dasturlar bilan hatto boshlovchi foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin.
Dastur ikki tilda: o’zbek va rus tillarida yaratilgan. Tarmoqda ishlash imkoniyati
mavjud. Amaldagi qonunchilikka muvofiq dasturlarni har kvartalda tekin yangilash
amalga oshiriladi.
BEMning dasturiy mahsulotlari amaldagi qonunchilikning barcha talablariga
javob beradi va boshqa barcha muqobillaridan farqli o’laroq, qo’shimcha sozlash va
konfiguratsiya qilishni talab etmaydi.
Buxgalter korxona, xodimlar va operatsiyalar
bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni kiritsa kifoya, qolgan barchasini dasturning o’zi
tez va to’g’ri amalga oshiradi. Agar korxonangiz kichikroq bo’lsa, Siz bir soatdan
keyinoq soliq va buxgalteriya hujjatlari bo’yicha, kadrlar hisobi bo’yicha va ish haqi
bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini shakllantirishingiz mumkin. Taqdim etiladigan
hujjatlar №21 BHMS ning tasdiqlangan shakllariga mos keladi va zarurat tug’ilganda
MS Excel ga osongina o’tadi[13,16].
Agar korxonangiz yirik bo’lsa, aynan BEM dasturi Sizga buxgalteriya hisobini
yuritish jarayonini bir necha marta soddalashtirish hamda har doim aniq va to’liq
axborotga ega bo’lishingizga imkon yaratadi. Sodda ko’rinishiga qaramay, dasturlar
maxsus ma’lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda yaratilgan hamda korxonadagi
operatsiyalar va xodimlar sonidan qat’i nazar, kiritilgan ma’lumotlarning ishonchli
saqlanishini kafolatlaydi.
Dasturda buxgalteriyaning “Bank”, “Kassa”, “Asosiy vositalar”, “TMZ”,
“Oylik ish haqi”, “Xizmatlar” kabi uchastkalari avtomatlashtirilgan. Bularning
barchasi O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchiligi
va byudjet tashkilotlarida hisob yuritishning o’ziga xosliklariga
muvofiq ravishda
amalga oshirilgan.
BEM dasturlarining bazaviy imkoniyatlaridan tashqari, “BEM-Byudjet
tashkilotlari”da byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan quyidagi jihatlar ham
e’tiborga olingan:
Dasturda byudjet tashkilotlari uchun o’ta muhim bo’lgan buxgalteriya
hisobining moliyalashtirishning bir necha manbalari bo’yicha bo’linishi tizimi
ishlaydi;
Tashkilotlarning xarajatlar bazaviy smetasi “Xarajatlar bazaviy smetasi”
hujjatida
aks etadi, “Smetalarga tuzatish kiritish” hujjati yordamida esa
tashkilotlarning smetalarida bir yil ichida yuz beradigan o’zgartirishlar kiritiladi;
124
Xarajatlar qismlari bo’yicha qoldiqlar summalarini To’lov topshiriqnomasini
to’ldirish paytida ko’rish mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: