13.4. Neyron to’rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo’lishi
Neyron to’rlarni loyixalash va yaratish borasida ko’plab kompyuter dasturlari
ishlab chiqarilgan. Ular orasida MathWorks firmasi tomonidan yaratilgan MatLab
kompyuter dasturi paketi ustunliklari bilan aloxida ajralib turadi. CHunki aynan shu
dastur matematik yadroga va neyron to’rlar qism paketiga ega. Unda eng sodda
neyron modelidan tortib, ixtiyoriy transfer funktsiyali ixtiyoriy arxitekturadagi
murakkab neyron to’rlarni oson va tez yaratish mumkin.
Bundan tashqari paket tarkibiga teskari aloqali chiziqli boshqaruvchi, zavod
kelajagini prognozlovchi va baxolovchi, funktsiyalarni approksimatsiyalovchi
vositalar xam kiradi. Neyron to’rlarni o’rgatishning bir qancha algoritmlari xam
paketda amalga oshirilgan.
MatLab dasturida neyron to’r modeli tuzilgach bu modelь ustida virtual
laboratoriya sifatida foydalanib, jarayonni immitatsiya qilish mumkin.
MATLAB dasturi matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu tizimni
nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. MATLAB –
kengayuvchi tizim, uni xar xil turdagi masalalarni echishga oson moslashtirish
mumkin.
Simulink –dinamik tizimlarni modellashtirish, imitatsiya va taxlil qilish uchun
interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarning
ishlashini tekshirish va loyixalarni mukammalashtirish imkoniyatlarini beradi.
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos xolda
guruxlarga bo’lib chiqilgan. Bular: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret,
uzluksiz, chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar, signallar va tizimlar. Simulink
MATLAB bilan to’la integrallashgan.
13 -bob bo’yicha xulosalar
Sun’iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik
modelь, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya’ni
amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati,
balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ammo
organizmlar miyasini bugungi o’rganilganlik darajasi juda past bo’lib, xozirgacha bu
borada ilmiy natijalarga erishilmagan.
Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog’i, kompyuter dasturini nazarda
tutiladi.
Zinali transfer funktsiya barcha transfer funktsiyalar ichida eng funktsional
kuchsizi, ammo birinchi neyron to’r(perseptron)da aynan mana shu funktsiyadan
foydalanilgan. CHiziqli transfer funktsiyaning boshqa transfer funktsiyalardan
afzalligi – chiqish doirasi katta, ammo shu bilan birga eng katta kamchiligi ixtiyoriy
ko’p qatlamli chiziqli neyron to’rni bir qatlamli chiziqli neyron to’r bilan almashtirish
mumkin. YA’ni faqat chiziqli transfer funktsiyalardan foydalanib neyronlarni ko’p
qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini oshirmaydi.
Neyron to’rlarni o’rganish natijasida ularning bir qancha xususiyatlari ma’lum
bo’ldi. Neyron to’rlardan prognozlashda, jarayonlarni boshqarishda, immitatsiya
qilish va taxlil qilishda foydalanish yuqori samara beradi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |