Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh(1)
14 – bob Iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish 14.1. Statistika sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Davlat statistikasi – mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim
bug’inlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy xodisalarni o’rganish, ularning
murakkab o’zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda iqtisodiyotni faoliyat
yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan holda baho berishga qaratilgan.
Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga tegishli korxonalarning faoliyati
haqidagi statistik axborotlarni yig’ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga
taqdim etish;
hozirgi zamonaviy bosqichda jamiyat extiyojlari hamda xalqaro andozalarga
mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyatini ishlab chiqish;
barcha rasmiy statistik axborotlar to’liqligi va ilmiy asoslanganligini
kafolatlash;
iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va
ular tomonidan sohaviy statistik kuzatishlarini o’tkazishni ta’minlash;
barcha
foydalanuvchilarga
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
holati,
iqtisodiyotning sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma’ruzalarni tarqatish yo’li
bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish va boshqalar[18,34].
Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza
bo’lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o’z faoliyatini O’zbekistonda hisob va
statistika tizimida iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning
muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. Boshqaruv ob’ektlari
deganda tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va
tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Iqtisodiyotning sohalari,
ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv ob’ektlari bo’ladi (14.1-rasm).
Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralari iqtisodiyot sohalarining
faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko’rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul
qilingani va boshqaruv ob’ektlarining haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda qayd
etilgan, muljallangan xarakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi.
Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning oldiga qo’yilgan quyidagi
barcha talablariga javob beradi:
- umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o’zaro
hamkorligi nuqtai nazaridan birligi;
- katta o’lchamlilik;
- holatning murakkabligi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi qoshidagi davlat statistika idoralari
o’z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyati va ularni
tashkil qilinishi asosida bajariladi. Ularning