117
quyidagi spesifik xizmatlarni ham taqdim etadi:
Who is (kim bor) – Internet tarmog„i manzillar kitobi. So„rovga
ko„ra masofaviy kompyuterlar va foydalanuvchilar haqida axborot olish
mumkin.
Gopher – Internet tarmog„ida keng tarqalgan axborot qidirish
vositasi bo„lib, kalit so„zlar va iboralar asosida zarur axborotni qidirib
topish imkonini beradi. Gopher tizimi bilan ishlash mundarijani
ko„rishni eslatadi, bunda foydalanuvchiga bir qator ichma-ich
joylashgan menyulardan o„tish va zarur mavzuni tanlash taklif etiladi.
Hozirgi kunda Internet tarmog„ida 2000 dan ortiq Gopher-tizimlar
mavjud. Ular yordamida har doim zarur axborotlarni topish mumkin.
Muammolar yuzaga kelganda
Veronica xizmatidan foydalanish
mumkin. Veronica foydalanuvchilarni o„zlari qidirish zaruratidan ozod
qilgan holda Gopherning 500 dan ortiq tizimlarida qidiruvlarni amalga
oshiradi.
Wais – axborot olish vositasi. Gopherga nisbatan yanada kuchli
vosita hisoblanadi. Chunki u hujjatlarning barcha matnlarida kalit
so„zlarni qidirishni amalga oshiradi. Waisga so„rovlar soddalashtirilgan
ingliz tilida yuboriladi. Bu ularni mantiqiy algebra tilida shakllantirishga
nisbatan juda yengil va mutaxassis bo„lmagan foydalanuvchilar uchun
Waisni yanada jozibador qiladi. Wais bilan ishlash jarayonida
foydalanuvchilar zarur materiallarni topish uchun ko„p vaqt
sarflamaydilar. Internet tarmog„ida 200 dan ortiq Wais-kutubxonalar
mavjud. Axborotlar akademik tashkilotlar xodimlari tomonidan taqdim
etilganligi sababli, ularning asosiy qismini kompyuter sohasidagi
bilimlar va izlanishlar tashkil etadi.
Webster – ingliz tili slovarining tarmoq talqini.
Faks-servis – foydalanuvchiga tarmoq faks-serveridan foydalangan
holda faksimil aloqasi yordamida xabar jo„natish imkonini beradi.
Elektron tarjimon – unga jo„natilgan matnni
bir tildan ikkinchi tilga
tarjima qilishni ta‟minlaydi. Elektron tarjimonga murojaat qilish
elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Amalda tarmoqning barcha xizmatlari mijoz-server printsipiga
asosida qurilgan. Internet tarmog„ining serveri deyilganda mijozlarga
qandaydir tarmoq xizmatlarini taqdim eta oladigan kompyuterlar
tushuniladi. Mijoz- server aloqasi odatda quyidagicha amalga oshiriladi:
mijozlardan so„rovlar kelganda server tarmoq xizmatlari ko„rsatuvchi
turli dasturlarni ishga tushuradi. Ishga tushurilgan dasturlarning
bajarilishi natijasida server mijozlarning so„rovlariga javob beradi.
Tarmoqning barcha dasturiy ta‟minotini ikki guruhga bo„lish
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
mumkin: mijoz va server dasturiy ta‟minotlari. Bunda serverning
dasturiy ta‟minoti tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat qiladi.
Mijoz dasturiy ta‟minoti esa serverga so„rovlarni uzatish va ularga
javoblarni olishni ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: