Mashina tarjimasi
Mashina tarjimasi - bir tabiiy tildan ikkinchi tilga matnni raqamli hisoblash mashinalari va
kompyuterlar yordamida tarjima qilish. EHM va kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, matematik
lingvistika va amaliy lingvistika kabi yoʻnalishlar bilan chambarchas bogʻliq. Mashina tarjimasi
tizimini yaratish i. t.lar mahsuli hisoblanadi. Mashina tarjimasi gʻoyasini birinchi boʻlib fransuz
ixtirochisi J. Arsruni va undan mustaqil ravishda rus ixtirochisi P. P. Smirnov-Troyanskiylar 1933-
yil ilgari surishgan. Pekin u, asosan, 20-asr 40— 50-yillarida rivojlangan. Mashina tarjimasi jarayoni
matnni tarjima qilish uchun uni tahlil etish, yaʼni morfologik, sintaktik nuqtai nazaridan oʻrganib
chiqishni taqozo qiladi. Mashina tarjimasi tizimi uchun maʼlumotlar bilan taʼminlashning ushbu 5
turi zarur: lingvistik taʼminot (matnni taxlil va sintez qilish uchun grammatik hamda semantik
maʼlumotlarni beruvchi avtomatik lugʻatlar); matematik-algoritmik taʼminot (matnga ishlov
berish algoritmlari va maʼlumotlar va algoritmlarni qayd qilish uchun qoidalar tizimi), dasturiy
taʼminot (tarjima algoritmini amalga oshiruvchi va qoʻshimcha dasturlar), informatsion taʼminot
(tegishli fan sohalariga doyr maʼlumotlar bazasi) hamda mantiqiy taʼminot (matnni fan sohasiga
doyr maʼlumotlar bilan taqqoslash uchun mantikiy xulosalar usullari) zarur boʻladi. Mashina
tarjimasi tizimida qaysi tildan qaysi tilga tarjima kilinsa, oʻsha tillarning ham grammatik, ham
semantik, imloviy xususiyatlarini aks ettiradigan maxsus dastur tuzib olish kerak boʻladi. Zarur
hollarda Mashina tarjimasi ishiga inson-muharrir ham aralashadi.
Mashina tarjimasi tizimi kiruvchi va chiquvchi tillarning lingvistik tavsifi (yaʼni barcha darajadagi
avtomatik lugʻatlar va shartli grammatika) va algoritm (yaʼni bu lugʻatlar va grammatikadan
foydalanishga doyr yoʻl-yoʻrikdar) dan iborat. Tarjima shu asosga asoslanib bajariladi. Mashina
tarjimasida asosiy kiruvchi tillar — ingliz, fransuz, rus tillari; chikuvchi tillar — oʻzbek, nemis,
yapon, chex va boshqa tillar. Agar maxsus dasturlar tuzilsa, aksincha (mas, oʻzbek tilidan rus
tiliga) tarjima qilish mumkin.
[1]
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mashin
a_tarjimasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mashina_tarjimasi&oldid=238
5643
" dan olindi