Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari 
Ma‟lumotlarni  olish,  ishlov  berish,  tahlil  qilish,  vizuallashtirish 
saqlash  masalalarini  birlashtiruvchi  boshqaruvni  shartli  ravishda  oltita 
vaqtli avlod (bosqich)ga ajratish mumkin. 
Birinchi  avlod  (e.a.  4000-yillardan  –  1900-yilgacha),  taxminan,  olti 
ming  yil  mobaynida  axborotlarni  ifodalashda  loyli  jadvallardan 
papirusga,  so„ngra  pergamentga  va  nihoyat  qog„ozga  o„tish  kuzatilgan. 
Ma‟lumotlarni  ifodalashda  ko„plab  yangiliklar  kiritilgan:  fonetik 
alifbolar, bayonlar, kitoblar, kutubxonalar, chop qilish nashriyotlari. Bu 
katta yutuq bo„lgan, ammo bu davrda axborotlarga ishlov berish qo„lda 
amalga oshirilgan. 
Ikkinchi avlod (1900 – 1955-yillar) perfokartalar texnologiyasi bilan 
bog„liq  bo„lib,  undagi  ma‟lumotlar  ikkilik  tarkib  ko„rinishida 
ifodalangan.  Katta  hajmdagi  qog„ozli  axborot  manbalarining  hajmini 
kamaytirishga erishilgan. 
Uchinchi  avlod  (yozuvlarga  ishlov  berish  dasturlangan  qurilmalari, 
1955–  1965-yillar)  har  biri  o„n  minglab  perfokartalardagi  axborotlarni 
saqlashi  mumkin  bo„lgan  magnit  lentalar  texnologiyasining  yuzaga 
kelishi  bilan  bog„liq.  Axborotlarga  ishlov  berish  uchun  saqlanuvchi 
dasturli  va  sekundiga  yuzlab  yozuvlarga  ishlov  bera  oluvchi  elektron 
kompyuterlar  ishlab  chiqildi.  Yangi  texnologiyaning  asosiy  jihati 
dasturiy  ta‟minot  bo„ldi.  Uning  yordamida  oson  dasturlash  va 
kompyuterdan  foydalanish  mumkin  bo„ldi.  Paketli  ishlov  berish 
kompyuterlardan  samarali  foydalanish  imkonini  yaratdi.  Ammo,  uning 
ikkita  muhim  kamchiligi  bor  edi:  asosiy  faylga  ishlov  bergunga  qadar 
xatoliklarni  aniqlay  olmaslik  va  joriy  axborot  haqida  tezkor  bilimning 
mavjud emasligi. 
To„rtinchi  avlod  (tezkor  berilganlar  bazasi,  1965  –  1980-yillar) 
tezkor  jo„natmali  berilganlar  bazasini  qo„llashga  asoslangan  interfaol 
rejimda ma‟lumotlarga tezkor kirishni tadbiq qilish bilan bog„liq. Tezkor 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
83 
 
berilganlar  bazasi  ma‟lumotning  har  qanday  elementiga  sekundning 
ulushlarida  kirishni  ta‟minlovchi  magnit  disk  yoki  barabanlarda 
saqlanadi. Bu qurilmalar va ma‟lumotlarni boshqarish dasturiy ta‟minoti 
dasturlarga  bir  necha  yozuvlarni  o„qish,  ularni  o„zgartirish  va  yangi 
qiymatlarni  tezkor  foydalanuvchiga  qaytarish  imkonini  berdi.  1980- 
yillarga  kelib,  yozuvlar  to„plamiga  yo„naltirilgan,  ma‟lumotlarning 
tarmoq  modeli  juda  ommaviylashib  ketdi.  Ammo,  yo„naltiruvchi 
dasturiy 
interfeys 
darajasi 
yuqori 
emas 
edi. 
Bu 
axborot 
texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo„ldi. 
Beshinchi  avlod  –  relyatsion  berilganlar  bazasi:  «mijoz-server» 
arxitekturasi  (1980  –  1995-yillar)  quyi  darajali  interfeys  uchun  muqobil 
yechim bo„ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim 
etishdan  iborat.  Ma‟lumotlar  relyatsion  modeli  ma‟lumotlarni  aniqlash, 
boshqarish universal tiliga ega. Bu yo„nalishdagi ishlar standart sifatida 
qabul  qilingan  SQL  tilining  yaratilishiga  olib  keldi.  Hozirgi  kunda 
berilganlar  bazalarining  barcha  tizimlari  SQL  interfeysini  ta‟minlaydi. 
Bundan  tashqari,  barcha  tizimlarda  bu  standart  chegarasidan  tashqariga 
chiqqan  o„zining  kengaytmalari  mavjud.  Berilganlar  bazasiga  parallel 
ishlov  berish  relyatsion  modellarning  ikkinchi  kutilmagan  ustunligi 
bo„ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo„yicha berk amallar to„plamini 
o„z  ichiga  oladi:  har  bir  amal  kirishda  nisbat  oladi  va  qiymat  sifatida 
nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini 
navbatdagi  amalning  kirishiga  yo„naltirish  yo„li  bilan  konveyerli 
parallelizm imkoniyatini taqdim etadi. 
Oltinchi  avlod  (mul‟timediali  berilganlar  bazasi,  1995-yildan) 
an‟anaviy  son  va  belgilarni  saqlashdan  murakkab  harakatli 
ma‟lumotlarni  olgan  relyatsion-obyektga  o„tish  bilan  bog„liq.  Internet 
mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‟lumotlarni saqlovchi, ishlov 
beruvchi  va  tasvirlovchi  applet  va  «xelper»larni  qo„llash  asosida 
qurilmoqda.  Appletlar  ovoz,  video,  elektron  jadvallar  va  grafikani 
boshqaradi.  Bunday  appletli  ma‟lumotlarning  har  qanday  turi  uchun 
sinflar kutubxonasi mavjud. 
Endi  biz  turli  xil  ma‟lumotlarni  saqlovchi  (hujjatlar,  grafika,  ovoz 
va video namunalari) oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu 
oltinchi  avlod  tizimlari  Internet  va  Intranet  sahifalarida  ma‟lumotlarni 
saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi. 
Axborot  bilan  ishlash  anjomiy  ombori  (qurilmalar,  stanoklar, 
anjomlar)  axborot  texnologiyalarini  amalga  oshirish  vositalari 
hisoblanadi.  Ularni  quyidagilarga  ajratish  mumkin:  uslubiy,  axborot, 
matematik,  algoritmik,  texnik  va  dasturiy.  Uslubiy  vositalar  axborot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
84 
 
texnologiyalarini  ishlab  chiqish  va  ishga  tushirishdagi  talablarni 
aniqlaydi. Axborot esa dasturiy va texnik mosligini ta‟minlaydi. Axborot 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish