Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Avtomatlashgan loyihalash tizimlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Avtomatlashgan loyihalash tizimlari 
Loyihalashni avtomatlashtirish har qanday ishlab chiqarish sohasida 
samarali  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Masalan,  mashinasozlikda 
detallar,  bo„g„inlar  va  tayyor  mahsulotning  sexda  bo„lish  vaqti  bilan 
o„lchanuvchi  korxonaning  ishlab  chiqarish  sikli  loyihalash  boshlanish 
vaqtidan  tayyor  mahsulot  chiqarishgacha  bo„lgan  vaqtning  1%  ini 
tashkil  etadi,  qolgan  99%i  konstruktorlik,  tajribaviy-konstruktorlik  va 
ishlab  chiqarishni  texnologik  tayyorlashga  to„g„ri  keladi.  Ikkinchi 
tomondan 
avtomatlashgan 
loyihalash 
masalasini 
yechishning 
murakkabligi, aniq predmet sohasining turli-tumanligi bilan bog„liq. 
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari (SAPR – системы автомати-
зированного  проектирования)  mahsulotlar  yaratishning  asosan 
quyidagi yo„nalishlarida qo„llaniladi: 
 tekislikda chizish, hajmli modellashtirish va fotoreal 
vizuallashtirish uchun universal grafik paket; 
 ilovalar yaratish uchun ochiq grafik muhit (turli sohalarda turlicha 
reja va texnik masalalarni yechish uchun SAPR); 
 grafik redaktor va ilovalar grafik muhiti; konstruktorlik 
loyihalash ochiq muhiti; 
 mutaxassis bo„lmaganlar uchun SAPR (uyda foydalanish uchun). 
Universal grafik paket darajasida SAPR-mahsulotning 
imkoniyatlarini 
AutoCAD  2000  (Rossiyada  eng  keng  tarqalgan  chizmachilik  paketi) 
misolida ko„rish mumkin. Autodesk firmasi tomonidan yaratilgan yangi 
ishlanmaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
 samaradorlikni pasaytirmagan holda bir seansda bir necha chizma 
fayllari bilan ishlash imkoniyati; 
 qirra  va  yoqlar  darajasida  qattiq  tanali  obyektlarni  tahrirlash 
imkonini beruvchi modellashtirish vositalarining mavjudligi; 
 obyektlar  xossalariga  murojaat  qilish  mumkinligi;  obyektlarni 
turlari  va  xossalari  bo„yicha  tanlash,  guruhlash  va  filtrlash 
mumkinligi; 
 bloklarni yaratish va tahrirlash texnologiyasining mavjudligi; 
ekranda tasvirlash bilan birga chiziqlarning qalinligini 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
79 
 
boshqarish; bloklar, tashqi jo„natmalar, tasvir va chizma fayllari 
bilan ishlash uchun drag-and-drop texnologiyasining yangi 
interfeysi – DesignCenterning qo„shilishi; 
 chop qilishga chiqarmasdan, qatlamlar bilan ishlash 
imkoniyatining mavjudligi; 
 simli karkasdan bo„yashgacha bo„lgan vizuallashtirishning bir 
necha rejimi mavjudligi; 
 yaratishda va tahrirlashda kiritishning aniqligini ta‟minlash 
vositalarining mavjudligi; 
 chizmalarni birlashtirish va chop qilishga chiqarish imkoniyati; 
o„lchamlar va o„lcham stillari bilan ko„rgazmali ishlash; 
koordinata tizimlari va ko„rinishlarni boshqarish vositalarining 
mavjudligi; 
 chizmaga gipermurojaat qo„yish mumkinligi; tashqi berilganlar 
bazalari bilan ishlash; 
 Visual LISP va Visual Basic redaktorlari yordamida sozlash 
vositalarining mavjudligi; 
 talqinlarning mosligi (DWG AutoCAD R14, R13 va DFX AutoCAD 
R14, R13, R12 formatlarda). 
Mutaxassislarning  baholashlariga  ko„ra  AutoCAD  2000  2D/3D  o„rta 
narx toifasida universal grafik paket hisoblanadi. 
SAPRning  radioelektronika  soxasida  qo„llanilishiga  to„xtalib 
o„tamiz.  Radioelektronika  keng  ilmiy-texnik  soha  hisoblanadi,  shu 
sababli  radioelektron  apparatlarni  (REA)  loyihalash  muammosiga 
to„xtalamiz. 
REAni  loyihalash  sohasida  SAPRga  qo„yiladigan  asosiy  talablar 
quyidagilardan iborat bo„ladi: 
 REA loyihalash barcha kompleks masalalarini yechish: tarkibiy, 
funksional va printsipial sxemalarni kiritish; hisoblashlarni 
bajarish; 
 modellashtirish; apparaturalarni loyihalash; ishlab chiqarishning 
texnologik tayyorgarligi va uni tayyorlash; 
 elementlar va bo„g„inlar to„liq kutubxonasining, ko„plab 
parametrlarni jamlagan va yengil o„zgartirish imkoniyatiga ega 
bo„lgan signal va shovqinlar generatorlarining mavjudligi; 
 GOST va ma‟lumotlar omborlari ma‟lumotnomalarining 
mavjudligi; 
 zarur hisoblashlarni amalga oshirish (ishchi rejimlar, 
ishonchliligi, quvvati va boshqa parametrlar); 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
80 
 
 boshqa informatsion tizimlardan axborotni import va eksport 
qilish imkoniyati; 
 turli periferiyani qo„llash. 
REAni loyihalash jarayonini bosqichlarga (tizimli, sxemali, loyihali, 
texnologik,  ishlab  chiqarish),  loyihalanayotgan  REAni  esa  darajalarga 
(tizim,  tizim  osti  yoki  apparatura,  anjom,  blok,  katakcha  yoki  bo„g„in) 
bo„lish  qabul  qilingan.  Bunday  bo„linishdan  kelib  chiqadiki,  SAPR 
barcha  bosqichlar  va  loyihalash  darajalarini  to„liq  hajmda  ta‟minlashi 
lozim.  Ammo,  amaliyotda  bunday  yondashuv  to„liq  amalga 
oshirilmagan. 
Oxirgi  yillarda  mutaxassis  bo„lmaganlar  uchun  SAPR  (uyda 
foydalanish  uchun)  katta  qiziqish  uyg„otmoqda.  Ulardan  foydalanish 
sohalari:  individual  qurilish,  havaskorlik  modellashtirish  va  loyihalash 
va  boshqalar.  Bunday  sinfga  qo„yiladigan  aosiy  talablar-qoniqarli  narh 
va kompyuter manbalariga talablarning katta emasligi. 
Avtomatlashtirilgan  loyihalash  sohasida  ochiq  muhitlarni  qo„llash 
samarali  hisoblanadi.  Uning  asosiy  vazifasi  loyihalash  jarayonini 
avtomatlashtirish hisoblanadi (loyihalanayotgan obyekt tarkibini tanlash, 
zarur  hisob-kitoblar  va  h.k).  Bunday  yondashuvni  amalga  oshirishga 
grafik  qobiq  ko„rinishida  amalga  oshirilgan  almashuvchi  muammoga 
yo„naltirilgan DiaCAD (SPRUT-texnologiyalar) misol bo„la oladi. 
Ammo  DiaCAD  SPRUT-texnologiyaning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi 
va  berilgan  predmet  muhitida  loyihalash  jarayonini  formallash  amalga 
oshirilgan hollarda qo„llaniladi. Mumkin bo„lmagan joylarda esa, taniqli 
grafik redaktorlarida kabi, interfaol chizma vositalari qo„llaniladi. 
DiaCADning  imkoniyatlari  yechiladigan  masalalar  ro„yxati  bilan 
aniqlanadi: 
 GOST talablariga rioya qilgan holda chizmalarni tezkor ishlab 
chiqish; 
 iyerarxik grafik ma‟lumotlar omborlarini yaratish va foydalanish; 
 intellektual tahrirlash (o„lchamlari qiymatlarini o„zgartirish yo„li 
bilan chizmani tahrirlash); 
 dasturlashsiz parametrlangan dasturlarni olish. 
DiaCADni  funksional  jihatdan  ikki  qismga  ajratish  mumkin:  grafik 
berilganlar bazasi administrator muhiti va konstruktor muhiti. 
Grafik  berilganlar  bazasining  administrator  muhiti  iyerarxik  grafik 
berilganlar  bazasi  bilan  ishlash  uchun  mo„ljallangan  va  quyidagi 
masalalarini yechish imkonini beradi: 
 ixtiyoriy iyerarxik tartibli berilganlar bazasini yaratish; chizmani 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
81 
 
tezkor ko„rish; 
 bir chizmadan ikkinchisiga ma‟lumotlarni ko„chirish; 
 chizmani graf quruvchi yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish. 
Konstruktor  muhiti  chizmalar  va  geometrik  modellar  yaratish  va 
tahrirlash imkonini beradi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish