Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Ma‟lumotlarni olish, ishlov berish, tahlil qilish, vizuallashtirish
saqlash masalalarini birlashtiruvchi boshqaruvni shartli ravishda oltita
vaqtli avlod (bosqich)ga ajratish mumkin.
Birinchi avlod (e.a. 4000-yillardan – 1900-yilgacha), taxminan, olti
ming yil mobaynida axborotlarni ifodalashda loyli jadvallardan
papirusga, so„ngra pergamentga va nihoyat qog„ozga o„tish kuzatilgan.
Ma‟lumotlarni ifodalashda ko„plab yangiliklar kiritilgan: fonetik
alifbolar, bayonlar, kitoblar, kutubxonalar, chop qilish nashriyotlari. Bu
katta yutuq bo„lgan, ammo bu davrda axborotlarga ishlov berish qo„lda
amalga oshirilgan.
Ikkinchi avlod (1900 – 1955-yillar) perfokartalar texnologiyasi bilan
bog„liq bo„lib, undagi ma‟lumotlar ikkilik tarkib ko„rinishida
ifodalangan. Katta hajmdagi qog„ozli axborot manbalarining hajmini
kamaytirishga erishilgan.
Uchinchi avlod (yozuvlarga ishlov berish dasturlangan qurilmalari,
1955– 1965-yillar) har biri o„n minglab perfokartalardagi axborotlarni
saqlashi mumkin bo„lgan magnit lentalar texnologiyasining yuzaga
kelishi bilan bog„liq. Axborotlarga ishlov berish uchun saqlanuvchi
dasturli va sekundiga yuzlab yozuvlarga ishlov bera oluvchi elektron
kompyuterlar ishlab chiqildi. Yangi texnologiyaning asosiy jihati
dasturiy ta‟minot bo„ldi. Uning yordamida oson dasturlash va
kompyuterdan foydalanish mumkin bo„ldi. Paketli ishlov berish
kompyuterlardan samarali foydalanish imkonini yaratdi. Ammo, uning
ikkita muhim kamchiligi bor edi: asosiy faylga ishlov bergunga qadar
xatoliklarni aniqlay olmaslik va joriy axborot haqida tezkor bilimning
mavjud emasligi.
To„rtinchi avlod (tezkor berilganlar bazasi, 1965 – 1980-yillar)
tezkor jo„natmali berilganlar bazasini qo„llashga asoslangan interfaol
rejimda ma‟lumotlarga tezkor kirishni tadbiq qilish bilan bog„liq. Tezkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
83
berilganlar bazasi ma‟lumotning har qanday elementiga sekundning
ulushlarida kirishni ta‟minlovchi magnit disk yoki barabanlarda
saqlanadi. Bu qurilmalar va ma‟lumotlarni boshqarish dasturiy ta‟minoti
dasturlarga bir necha yozuvlarni o„qish, ularni o„zgartirish va yangi
qiymatlarni tezkor foydalanuvchiga qaytarish imkonini berdi. 1980-
yillarga kelib, yozuvlar to„plamiga yo„naltirilgan, ma‟lumotlarning
tarmoq modeli juda ommaviylashib ketdi. Ammo, yo„naltiruvchi
dasturiy
interfeys
darajasi
yuqori
emas
edi.
Bu
axborot
texnologiyalarining yanada yangilanishiga turtki bo„ldi.
Beshinchi avlod – relyatsion berilganlar bazasi: «mijoz-server»
arxitekturasi (1980 – 1995-yillar) quyi darajali interfeys uchun muqobil
yechim bo„ldi. Relyatsion modellar aloqa va mohiyatni bir xilda taqdim
etishdan iborat. Ma‟lumotlar relyatsion modeli ma‟lumotlarni aniqlash,
boshqarish universal tiliga ega. Bu yo„nalishdagi ishlar standart sifatida
qabul qilingan SQL tilining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda
berilganlar bazalarining barcha tizimlari SQL interfeysini ta‟minlaydi.
Bundan tashqari, barcha tizimlarda bu standart chegarasidan tashqariga
chiqqan o„zining kengaytmalari mavjud. Berilganlar bazasiga parallel
ishlov berish relyatsion modellarning ikkinchi kutilmagan ustunligi
bo„ldi. Relyatsion model kompozitsiya bo„yicha berk amallar to„plamini
o„z ichiga oladi: har bir amal kirishda nisbat oladi va qiymat sifatida
nisbat chiqaradi. Shu sababli, relyatsion amallar bir amalning chiqishini
navbatdagi amalning kirishiga yo„naltirish yo„li bilan konveyerli
parallelizm imkoniyatini taqdim etadi.
Oltinchi avlod (mul‟timediali berilganlar bazasi, 1995-yildan)
an‟anaviy son va belgilarni saqlashdan murakkab harakatli
ma‟lumotlarni olgan relyatsion-obyektga o„tish bilan bog„liq. Internet
mijozlari va serverlari u yoki bu turdagi ma‟lumotlarni saqlovchi, ishlov
beruvchi va tasvirlovchi applet va «xelper»larni qo„llash asosida
qurilmoqda. Appletlar ovoz, video, elektron jadvallar va grafikani
boshqaradi. Bunday appletli ma‟lumotlarning har qanday turi uchun
sinflar kutubxonasi mavjud.
Endi biz turli xil ma‟lumotlarni saqlovchi (hujjatlar, grafika, ovoz
va video namunalari) oltinchi avlod tizimlari boshlanishida turibmiz. Bu
oltinchi avlod tizimlari Internet va Intranet sahifalarida ma‟lumotlarni
saqlashning negiz vositalarini ifodalaydi.
Axborot bilan ishlash anjomiy ombori (qurilmalar, stanoklar,
anjomlar) axborot texnologiyalarini amalga oshirish vositalari
hisoblanadi. Ularni quyidagilarga ajratish mumkin: uslubiy, axborot,
matematik, algoritmik, texnik va dasturiy. Uslubiy vositalar axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
texnologiyalarini ishlab chiqish va ishga tushirishdagi talablarni
aniqlaydi. Axborot esa dasturiy va texnik mosligini ta‟minlaydi. Axborot
Do'stlaringiz bilan baham: |