Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot xavfsizligi tizimi 
Axborot  xavfsizligini  ta‟minlashda  barcha  foydalanilayotgan 
vositalar,  usullar  va  tadbirlar  yagona  bir  mexanizmga  birlashtirilganda 
yaxshiroq  samara  beradi.  Bunday  birlashtirish  axborotni  himoyalash 
tizimlari deyiladi. Bunda himoyalash  mexanizmining bajarilishi nazorat 
qilinishi,  tashqi  va  ichki  shartlarning  o„zgarishlari  asosida  qayta 
sozlanishi va to„ldirilishi lozim. 
Har  qanday  axborotni  himoyalashga  tizimli  yondashuv  nuqtai 
nazaridan  ma‟lum  bir  talablar  qo„yiladi.  Axborotni  himoyalash  tizimi 
quyidagi keltirilgan talablarga javob berishi lozim: 
Tahdidga  qarshi  tenglik.  Bu  ham  real  (joriy  vaqtda  harakatdagi), 
ham  potentsial  (keyinchalik  sodir  bo„lishi  mumkin)  xavflarni  diqqat 
bilan  tahlil  qilishni  nazarda  tutadi.  Bunday  tahlilning  natijasiga  ko„ra, 
optimallashni  joriy  qilish  bilan  aniq  korxona  yoki  obyektning  aniq  bir 
holatdagi  axborotni  himoyalash  tizimiga  qo„yiladigan  talablar 
shakllanadi  (talabni  kuchaytirib  yuborish  oqlamaydigan  sarf-harajatga 
olib keladi, susaytirish – xavfning kuchayish ehtimolligini orttiradi). 
Uzluksiz. Korxonaning axborot xavfsizligini ta‟minlash bir martalik 
akt bo„lishi mumkin emas. Bu himoyaning tor va bo„sh joylarini topish, 
axborot  chiqib  ketishi  mumkin  bo„lgan  kanallarni  aniqlash,  uzluksiz 
nazorat,  himoyalash  tizimini  rivojlantirishni  o„z  ichiga  olgan  uzluksiz 
jarayondir. 
Rejali.  Bu  talab  korxonaning  har  bir  bo„limida,  himoyalashning 
umumiy  maqsadlarini  e‟tiborga  olgan  holda,  o„z  xizmat  doirasida 
himoyalanishni ishlab chiqish. 
Markazlashtirilgan.  Ma‟lum  bir  tarkib  doirasida  axborotni 
himoyalash  jarayonining  tashkiliy-funksional  mustaqilligini  ta‟minlashi 
lozim. 
Maqsadga yo‘naltirilgan. Barcha axbortlarni ketma-ket emas, balki 
aniq  maqsad  yo„lida  himoyalanishi  lozim  bo„lgan  axborotlarnigina 
himoyalash lozim. Korxonaga ma‟lum darajada zarar yetkazishi mumkin 
bo„lgan  aniq  ma‟lumotlar  ruxsatsiz  kirishdan  himoyalanadi.  Axborotni 
yetarli darajada ishonchli himoyalash lozim. 
Ishonchli. Himoyalashning usul va shakllari axborotning har qanday 
oqimi  kanallari,  uning  taqdim  etilishi  shakli,  bayon  etish  tili  va  u 
biriktirilgan  fizik  tashuvchisi  turidan  qat‟iy  nazar,  ishonchli  berkitilishi 
lozim. 
Universal.  Axborot  chiqishi  mumkin  bo„lgan  kanal  turiga  qarab, 
qayerda yuzaga kelishi, xarakteri, shakli va axborot turidan qat‟iy nazar, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
146 
 
yetarli vositalarda uni berkitishi lozim. 
Kompleks. Tarkibiy elementlar va kanallardan axborot chiqishining 
turli-tumanligida  axborotni  himoyalash  uchun  barcha  usullar  to„liq 
hajmda  qo„llanilishi  lozim.  Alohida  formalar  va  texnik  vositalarning 
qo„llanilishi  mumkin emas. Himoyalashning kompleks tasnifi bu  – bir-
biriga  bog„liq  bo„lgan  uzluksiz  jarayonlarni  ifodalovchi  murakkab 
tizimdir.  O„z  navbatida  ularning  har  biri  bir-birlariga  turli  xizmat 
ko„rsatuvchi  ko„plab  xossalarga,  tendensiyalarga  ega.  Ishlab  chiqarish 
tizimining  barcha  tarkibiy  elementlarida  va  axborotga  ishlov  berish 
texnologik 
siklining 
barcha 
bosqichlarida 
va 
uni 
uzatishda 
himoyalanishning mavjud bo„lgan barcha usullaridan foydalanish zarur. 
Amaliyotdan  bizga  ma‟lumki,  axborot  xavfsizligining  kompleks 
tizimini  tashkiliy  va  huquqiy  tavsifga  ega  bo„lgan  choralarni  amalga 
oshirmasdan 
qurish 
mumkin 
emas. 
Konfidentsial 
axborotdan 
foydalanishning imkoniyatlari texnik aspektlar orqali emas, balki g„araz 
maqsaddagi  harakatlar,  foydalanuvchi  va  xodimlarning  e‟tiborsizligi 
natijasida ko„proq yuzaga keladi. 
Axborotni  himoyalash  bo„yicha  tashkiliy  choralar  tizimi  o„ziga 
to„rtta asosiy tashkil etuvchini olgan tadbirlar yig„indisini ifodalaydi: 
 obyektda holatni o„rganish; 
 himoyalash dasturini ishlab chiqish; 
 ko„rsatilgan dastur faoliyatini hayotga tadbiq etish; 
 o„rnatilgan qoidalarning bajarilishi va faoliyatini nazorat qilish. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish