Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Huquqiy  jihatdan  axborotni  himoyalashning  asosiy  tizimostlari 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
 obyektda konfidensiallik rejimini o„rnatish; 
 axborotlarga kirishni chegaralash; 
 axborotni himoyalash jarayonining huquqiy ta‟minoti; 
 asosiy himoyalash obyekti sifatida konfidensial axborotni aniq 
ajratish. 
Ko„rib  chiqilayotgan  tizimostlar  qatorida  axborotni  himoyalash 
bo„yicha  tashkillashtirish  tadbirlarini  quyidagi  tartibda  keltirish 
mumkin: 
 xodimlar bilan tanishish, ularni o„rganish, mahfiy axborot bilan 
ishlash qoidalarini o„rgatish, axborotni himoyalash qoidalarini 
buzganlik uchun javobgarlik bilan tanishish va boshqalar; 
binolarni va aloqa tarmoqlari o„tgan xududlarni ishonchli 
qo„riqlashni tashkillashtirish; 
 mahfiy axborot tashuvchilarini va hujjatlarini saqlash va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
147 
 
foydalanishni tashkillashtirish (hisobga olish, berish, bajarish va 
qaytarish tartibini o„z ichiga olgan holda); 
 muhim axborotni himoyalash bo„yicha shtat tarkibini yaratish 
yoki ishlov berish va uzatishning aniq bosqichlarida axborotni 
himoyalash bo„yicha javobgarni tayinlash; 
 tashqi tashkilotlar va hamkorlar bilan o„zaro munosabatlar 
maxsus tartibini yaratish; 
 mahfiy ish yuritishni tashkillashtirish. 
Xavfsizlik  tizimini  shakllantirishda  uning  oldida  qanday  masalalar 
turganligini  aniq  anglash  lozim.  Axborotga  kirishni  chegaralovchi 
bunday  komponentlar  axborotni  kompleks  himoyalash  tizimining 
muhim  elementlaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  negizida  jamoaning  har 
bir  xodimi  o„z  majburiyatlarini  bajarishi  uchun  unga  zarur  bo„lgan 
ma‟lumotlar  yotadi.  Bu  holda  faqat  rahbargina  barcha  materiallarga, 
ularning muhimlik darajasidan qat‟iy nazar, kirish huquqiga ega bo„ladi. 
Sifatli ishlab chiqish va ko„rsatilgan qoidalarga qat‟iy rioya qilish – 
muhim axborotning yo„qotilishi ehtimolligini minimumga keltirishga va 
o„g„irlangan  ma‟lumotlar  hajmini  aniqlashga  yo„naltirilgan  yetarlicha 
harakat o„lchamidir. Qoidalarni ishlab chiqish quyidagi savollarga javob 
berishni nazarda tutadi: 
 axborotlarga kirish uchun kimga va qanday holatlarda ruxsat 
beriladi; 
 rahbarlardan qaysi biri ruxsat berish huquqiga ega va qanday 
ma‟lumotlarga. 
Ko„rsatilgan 
qoidalar 
detallashtirilganda 
quyidagi 
asosiy 
pozitsiyalarni ajratish nazarda tutiladi: 
 rahbar va xodimlarning aniq axborotlarga, ularni saqlash, ishlov 
berish va tarmoq bo„yicha uzatish bo„g„inlariga kirish uchun 
ruxsat berish huquqlari, vazifalari va javobgarligi; 
 buyurtmachining vakili uchun mahfiy hisoblangan ma‟lumotlarga 
kirish tartibi; 
 bu ma‟lumotlarga davlat tarkibi vakillarining kirish tartibi; 
 axborot tashuvchilarini boshqa nuqtalarga tarqatish va tashkilot 
bo„limlari o„rtasida uni almashish. 
Yuqorida  keltirib  o„tilgan  mulohazalardan  quyidagicha    xulosaga 
kel  ish  mumkin:  axborotlarga  ishlov  berish  va  uzatishning  turli 
bosqichlarida  turli  shaxslarning  kirish  huquqlari  aniq  chegaralangan 
bo„lishi lozim. 
Har  bir  korxona  uchun  turli  sharoitlarda  axborot  xavfsizligini 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
148 
 
ta‟minlashga yo„naltirilgan tashkiliy tadbirlari o„ziga xos tavsifga ega. 
Axborot  xavfsizligini  ta‟minlash  mos  bilim  va  ko„nikmalarga  ega 
bo„lgan  shaxslar  tomonidan,  axborotni  himoyalash  bo„yicha  puxta 
o„ylangan  real  dasturiy  harakatlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Axborotni 
himoyalash tizimining ba‟zi elementlariga qisqacha to„xtalib o„tamiz.  
Axborotni  himoyalash  tizimining  injener-texnik  elementi  texnik 
qidiruv  vositalariga  passiv  va  aktiv  qarshi  turish,  binoni,  asbob-
uskunalarni  va  hudud  chegaralarini  texnik  vositalar  majmui  yordamida 
himoyalashni  shakllantirish  uchun  mo„ljallangan.  Axborot  tizimlarini 
himoyalashda texnik himoyalash vositalari va qo„riqlash qimmat bo„lsa 
ham,  bu  element  muhim  o„rin  tutadi.  Element  o„z  ichiga  quyidagilarni 
oladi: 
 hududga, binoga, hamda aloqa tarmog„iga byegona shaxslarning 
kirishidan fizik (injenerlik) himoyalash qurilmalari; 
 aloqa tarmoqlari orqali xabarni uzatishda ishtirok etuvchi EHM, 
aloqa vositalari, modemlar, fakslar va boshqa vositalar, hamda 
ofis qurilmalarining ishlashi mobaynida axborot chiqishi holati 
sodir bo„lishi mumkin bo„lgan texnik kanallarni himoyalash 
vositalari; 
 binoni texnik qidiruvning vizual usullaridan himoyalash 
vositalari; kuzatish, xabar berish, signalizatsiya, axborot berish, 
texnik vositalar ishining buzilishini va aloqa tarmoqlari 
parametrlarining o„zgarishlarini taqqoslash vositalari; 
 texnik qidiruv qurilma va priborlarini (yashirincha o„rnatilgan 
eshituvchi, uzatuvchi qurilmalar va h.k.) topish vositalari; 
 xodimlar tomonidan maxsus predmetlar, disketlar, turli magnitli 
axborot tashuvchilar va boshqalarning olib chiqib ketilishining 
oldini oluvchi texnik nazorat vositalari. 
AHT ning dasturiy-apparat elementi kompyuterlarda, serverlarda va 
lokal  tarmoqning  ishchi  stantsiyalarida,  hamda  turli  axborot  tizimlarida 
ishlov  berilayotgan,  saqlanayotgan  qimmatli  axborotlarni  himoyalash 
uchun mo„ljallangan. U o„z ichiga quyidagilarni oladi: 
 axborotni himoyalash va uning himoyalanganlik darajasini 
nazorat qiluvchi avtonom dasturlar; 
 axborotlarga ishlov berish dasturlari jamlanmasi (kompleksi) 
bilan birgalikda ishlovchi axborotni himoyalash dasturlari; 
 axborotni himoyalash texnik (apparat) qurilmalari jamlanmasida 
ishlovchi (tizimga kirish buzilganda EHM ishini uzuvchi, 
berilganlar bazasiga ruxsatsiz kirilganda ma‟lumotlarni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
149 
 
o„chiruvchi va boshqalar) axborotni himoyalash dasturlari. 
AHT  ning  muhim  elementlaridan  biri  tizimdagi  barcha  elektron-
texnik  vositalarning  uzluksiz  elektr  ta’minotining  ta‟minlanishi 
hisoblanadi. 
Bizning asr, raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, mobil aloqa va 
Internet  asridir.  Bu  ko„plab  korxonalar,  firmalar  va  tashkilotlar 
o„rtasidagi  raqobatchilik  kurashi  to„xtamayotgan,  jahonni  tubdan 
o„zgartirgan texnologiyalarning to„liq ro„yxati emas. Bizning davrimizga 
kelib, elektr ta‟minoti himoyasi masalasi ko„tarilmoqda. Hozirda ko„plab 
korxonalar  kun  mobaynida  ishlashi  kerak.  Insonlar  kun  va  tunning 
ixtiyoriy vaqtida planyetamizning ixtiyoriy nuqtasidan o„z shaxsiy hisob 
raqamlariga Internet orqali kirishni, doimiy aloqada bo„lishni, xizmatlar 
haqqini  to„lashni,  turistik  yo„llanmalarni  berkitishni  yoki  biror  narsa 
sotib  olishni  xohlaydilar.  Shu  sababli,  bunday  xizmatlar  ko„rsatuvchi 
kompaniya va firmalar hech qanday ushlanishlarsiz xizmat taqdim etish 
imkoniyatiga ega bo„lishlari kerak. Boshqacha so„z bilan aytganda, ular 
kun  davomida  sifatli  va  samarali  ishlashlari  lozim.  Misol  tariqasida 
Internetni  olaylik.  Ma‟lum  xizmatlar  taqdim  etilayotgan  Web-saytda 
biror hodisa sodir bo„lsa, ishlamay qolishi yoki so„rovlarga ishlov berish 
davomiyligi cho„zilib ketishi mumkin. Bunda mijoz saytdan chiqib, mos 
bo„lgan  xizmat  taqdim  etuvchi  boshqa  firma  saytiga  kiradi.  Huddi 
shunday  holatlar  mijozlar  sifatli  va  turg„un  xizmatlar  ko„rsatadi  deb 
hisoblovchi telekommunikatsiya kompaniyalariga ham tegishli. 
Venture  Development  Corporation(VDC)ning  bergan  ma‟lumotlariga 
ko„ra,  kompyuterlar,  hisoblash  tarmoqlari,  telekommunikatsiyalar  va 
Internet  bozorining  tez  rivojlanishi  natijasida  Yevropa,  Yaqin  Sharq  va 
Afrika  regionlarida  uzluksiz  ta‟minot  tizimiga  (UTT)  bo„lgan  ehtiyoj 
o„sib  bormoqda.  Mutaxassislarning  hisoblariga  ko„ra  uzluksiz  ta‟minot 
tizimining  Yevropa  bozoridagi  aylanmasi  2004-yilda  taxminan  2,2  mlrd. 
dollarni tashkil etadi (1999-yilda 1,4 mlrd. dollar). 
Uzluksiz  elektr  ta‟minoti  tizimining  rivojlanishi  bilan  siz  24/7 
rejimida  yashovchi  zamonaviy  dunyoda  tijoratingizning  rivojlanishini 
ta‟minlash uchun yangi imkoniyatlarga ega bo„lasiz. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish