Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborot tizimlari xavfsizligiga tahdidlar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborot tizimlari xavfsizligiga tahdidlar 
Konfiedentsial 
(mahfiy) 
axborotning 
himoyalanganligini 
ta‟minlashni  xavf  tizimlarini  aniqlash,  ya‟ni  axborotning  chiqishiga 
imkon yaratuvchi negativ jarayonlarni aniqlashdan boshlash zarur. 
Maqsadiga  ko„ra  axborotlarga  ishlov  berish  avtomatlashtirilgan 
tizimlari xavfsizligiga tahdidni uchta asosiy turga ajratish mumkin: 
 axborot konfidensialligining buzilishiga tahdid; 
 axborot yaxlitligining buzilishiga tahdid; 
 tizim ishchi qobiliyatining buzilishiga tahdid (xizmat 
ko„rsatishdan voz kechish). 
Axborot  konfidensialligining  buzilishiga  tahdidlar  konfidentsial 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
141 
 
yoki  maxfiy  axborotni  oshkor  etishga  qaratilgan.  Bunday  tahdidning 
amalga  oshirilishida  axborot  unga  kirish  huquqi  bo„lmagan  shaxslarga 
ham oshkor bo„ladi. 
Axborot  yaxlitligining  buzilishiga  tahdid  kompyuter  tizimida 
saqlanayotgan yoki alohida tarmoq orqali uzatilayotgan axborot tarkibini 
o„zgartirishga,  uning  sifatini  buzishga  yoki  butunlay  yo„qotishga 
qaratilgan.  Axborot  yaxlitligi  ziyon  yetkazuvchi  tomonidan  tizimga 
atayin ta‟sir ko„rsatishi natijasida, hamda o„rab turgan muhit tomonidan 
obyektiv  ta‟sir  ostida  ham  buzilishi  mumkin.  Bunday  xavf  axborotni 
uzatish  tizimlari  –  kompyuter  tarmoqlari  va  telekommunikatsiya 
tizimlari uchun dolzarbdir. 
Tizim  ishchi  qobiliyatining  buzilishiga  (xizmat  ko„rsatishdan  voz 
kechish)  tahdid  axborotlarga  avtomatik  ishlov  berish  tizimining  ishlash 
qobiliyatini pasaytirish yoki uning ayrim manbalariga kirishni ta‟qiqlab 
qo„yishga yo„naltirilgan. 
 Axborotlarga ruxsatsiz kirishning asosiy yo„llariga quyidagilar 
kiradi: elektromagnit nurlanishlarni tutish; 
 eshitish qurilmalarini qo„llash; 
 akustik nurlanishlarni tutish; 
 axborot tashuvchilarni va hujjatlarin o„g„irlash;  
 ro„yxatdan o„tgan foydalanuvchi niqobidan foydalanish; 
 kompyuter viruslarini tadbiq qilish va ulardan foydalanish. 
Axborotlarni 
himoyalash 
muammolari 
nafaqat 
ko„p 
sonli 
kompyuter  vositalaridan  foydalanuvchilarni,  balki  kompyuter  tizimlari 
va  tarmoqlari  sohasidagi  mutaxassislarni  ham  ko„proq  o„ziga  jalb 
qilmoqda.  O„ziga  bunday  savol  bilan  murojaat  qiladigan  sub‟yektning 
asosiy maqsadi – axborot xavfsizligidir. 
Umumiy holda barcha xavflarni ikki guruhga bo„lish mumkin: ichki 
va tashqi tahdidlar. 
Ichki  tahdidlar  konfidensial  axborotni  o„z  ichiga  olgan  tizim 
o„rnatilgan obyekt xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
tahdid 
maoshning 
qoniqtirmasligi 
yoki 
rahbariyat 
bilan 
kelishmovchiliklar  natijasida,  hamda  yuqori  darajaga  o„tishiga  harakat 
qiluvchi  alohida  xodimlarning  axborotni  olishga  qiziqqan  shaxslarga 
berishga harakatlari oqibatida sodir bo„ladi. 
Tashqi tahdidlar raqobatchi tashkilotlar, jinoyatchi elementlar, horijiy 
qidiruv  (razvedka)  xizmatlari  tomonidan  davlat  tarkibi,  jamoatchilik 
tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  bilan  o„zaro 
munosabatlar  masalalarini  noto„g„ri  qo„yishlari  sababli  yuzaga  kelishi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
142 
 
mumkin. 
Axborotning  passiv  tashuvchilariga  tashqaridan  tahdidlar  quyidagi 
usullar bilan qaratilgan bo„lishi mumkin: 
 turli axborot tashuvchilardan nusxa olish yoki o„g„irlash; 
 kommunikatsiya jarayonida axborotni olish; 
 axborotni aloqa tarmog„i orqali uzatilishi jarayonida olish; 
 axborotni yo„qotish yoki uning tashuvchilarini ishdan chiqarish; 
 maxfiy axborot saqlanayotgan hujjat va materiallarni tasodifiy 
yoki rejalashtirgan holda raqobatchilarga yetkazish. 
AQShda konfidensial axborotni o„g„irlash firmalarga yiliga  20 mlrd. 
dollardan  ortiq  ziyon  yetkazmoqda.  Amerikalik  tadqiqotchilarning 
ma‟lumotlariga  ko„ra,  AQShdagi  44%  tadbirkorlar  raqobatchilari 
tomonidan  o„tkazilgan  izlanishlarning  natijalarini  bilish  uchun 
noqonuniy  harakatlar  qilishga  tayyordirlar.  Agar  maqsad,  muhim 
bilimlarga  ega  bo„lmagan  holda,  raqobat  yuqori  darajada  bo„lgan 
bozorda muqim o„rin egallash bo„lsa, ularning soni 79% ga ortadi. 
Axborot  olish  uchun  buyurtmachi  kichik  va  katta  tijorat 
tadbirkorlari,  davlat  korxonalari  rahbarlari,  hamda  horijiy  davlatlar 
elchixonalari  bo„lishlari  mumkin.  Chet  el  amaliyoti  tahlili  shuni 
ko„rsatadiki, begonalarning sirlarini o„g„irlashga moslashtirilgan xususiy 
xavfsizlik  xizmatlarida  ko„p  sonli  sotib  oluvchi  va  buyurtma  beruvchi 
mijozlar mavjud. Masalan, Buyuk Britaniyada agentliklardan biri sanoat 
shpionaji  faktlarini  tekshirish,  korxona  va  firmalar  xavfsizligini 
ta‟minlash  bilan  birga  raqobatchi  xususiy  korxonalar  haqida  axborot 
to„plash  (o„g„irlash)  bilan  ham  shug„ullanadi.  Hozirgi  kunda  bozor 
iqtisodiyotiga  o„tgan  davlatlarda  yuzlab  va  minglab  agentliklar  va  o„n 
minglab  sanoat  josuslari  harakat  qilmoqda.  G„arb  firmalari  o„z 
daromadlarining 15% ini axborotlarni himoyalash uchun sarflaydilar. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish