Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Virusga qarshi kurashish dasturlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Virusga qarshi kurashish dasturlari 
Kompyuter  viruslarini  qidirib  topish,  o„chirish  va  ulardan 
himoyalanish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. 
Bunday  dasturlar  antiviruslar  deyiladi.  Antiviruslarning  asosiy 
vazifasi quyidagilardan iborat: 
 viruslarning kompyuter tizimiga kirishiga to„sqinlik qilish; 
 kompyuter tizimida virusning mvjudligini aniqlash; 
 kompyuter tizimidan, sistemaning boshqa obyektlariga zarar 
yetkazmagan holda, viruslarni yo„qotish; 
 virusning ta‟siridan zararlanishni minimallashtirish. 
Antivirus dasturlarining quyidagi turlarini ajratish mumkin: 
 detektor-dasturlar; 
 doktor-dasturlar yoki faglar; revizor-dasturlar; 
 filtr-dasturlar; 
 vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar
Detektor-dasturlar  tezkor  xotirada  va  fayllarda  aniq  virus  uchun 
xarakterli  belgilarni  qidirishni  amalga  oshiradi.  Topilganda  mos  signal 
beradi.  Bunday  antivirus  dasturlarining  kamchiligi  –  faqat  dasturni 
ishlab chiquvchi uchun ma‟lum bo„lgan viruslarni topadi. 
Doktor-dasturlar  yoki  faglar,  hamda  vaktsina-dasturlar  virus  bilan 
zararlangan  faylllarni  nafaqat  topadi,  balki  ularni  «davolaydi»  ham, 
ya‟ni  fayldan  virus-dastur  tanasini  o„chiradi  va  faylni  asl  holatiga 
qaytaradi. 
Faglar  ishning  boshlanishida  tezkor  xotirada  viruslarni  qidiradi  va 
mavjud bo„lsa, yo„qotadi, so„ngra fayllarni «davolashga» o„tadi. Faglar 
ichida  polifaglarni,  ya‟ni  katta  hajmdagi  viruslarni  qidirish  va 
yo„qotishga mo„ljallangan Doktor-dasturlarni ajratish mumkin. Masalan, 
Aidstest,  Scan,  Norton  AntiVirus,  Doctor  Web,  Kasperskiy  antivirus 
dasturi  va  boshqalar.  Yangi  viruslarning  yaratilishini  hisobga  olgan 
holda  detektor-  dasturlar  va  doktor-dasturlar  tez  eskiradi  va  doimiy 
yangi talqinlarining yaratilishini talab qiladi. 
Revizor-dasturlar viruslardan himoyalanishning eng ishonchli himoya 
vositalari 
hisoblanadi. 
Revizorlar 
kompyuter 
virus 
bilan 
zararlanmaganda  dasturning  boshlang„ich  holatini,  kataloglar  va 
diskning  tizim  sohasini  «eslab»  qoladi,  so„ngra  davriy  yoki 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
154 
 
foydalanuvchi  ixtiyoriga  ko„ra  joriy  holatini  boshlang„ich  holati  bilan 
taqqoslaydi.  Topilgan  o„zgarishlar  monitor  ekraniga  chiqariladi. 
Taqqoslashda  faylning  uzunligi,  siklik  nazorat  kodi  (faylning  nazorat 
yig„indisi),  modifikatsiya  vaqti  va  kuni  va  boshqa  parametrlari 
tekshiriladi.  Revizor-dasturlar  ancha  rivojlangan  algoritmga  ega  bo„lib, 
stels-viruslarni ham topishi va tekshirilayotgan dasturni virus tomonidan 
kiritilgan o„zgartirishlardan tozalashi mumkin. Revizor-dasturlarga keng 
tarqalgan Adinf dasturini kiritish mumkin. 
Filtr-dasturlar yoki «qo„riqchilar» kompyuterning ishlashi jarayonida 
viruslar  uchun  xarakterli  bo„lgan  shubhali  harakatlarni  aniqlash  uchun 
mo„ljallangan,  katta  bo„lmagan  rezident  dasturlarni  ifodalaydi.  Bunday 
harakatlar quyidagilar bo„lishi mumkin: 
 .com, .exe kengaytli fayllarni tahrirlashga harakat qilish; 
 fayl atributlarining o„zgarishi; 
 absolyut manzil bo„yicha diskka to„g„ridan to„g„ri yozish; 
 diskning yuklovchi sektorlariga yozish; rezident dasturni yuklash. 
Qandaydir  dastur  orqali  yuqorida  ko„rsatilgan  amallarni  bajarishga 
harakat  qilinganida  «qo„riqchi»  foydalanuvchiga  habar  beradi  va 
taqiqlash  yoki  bu  amalni  bajarishga  ruxsat  berishni  taklif  qiladi.  Filtr- 
dasturlar juda foydali, ular viruslarni ko„payishidan avval, boshlang„ich 
bosqichida  aniqlash  imkoniga  ega.  Ammo,  ular  fayl  va  disklarni 
viruslardan  «davolamaydi».  Viruslarni  yo„qotish  uchun  boshqa 
dasturlarni  qo„llashga  to„g„ri  keladi,  masalan,  faglar.  MS-DOS  utilitlari 
paketiga kiruvchi Vsafe dasturi filtr-dasturga misol bo„la oladi. 
Vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar – bu rezident dasturlar bo„lib, 
fayllarning  zararlanishi  oldini  oladi.  Virusni  «davolovchi»  doktor- 
dasturlar mavjud bo„lmasa, vaksinalar qo„llaniladi. Vaksina dastur faqat 
aniqlangan 
viruslardan 
himoyalaydi. 

diskni 
shunday 
modifikatsiyalaydiki, bu ularning ishlashiga ta‟sir qilmaydi, virus ularni 
zararlangan deb qaraydi va shu sababli unga tadbiq qilinmaydi. 
Virus bilan zararlangan fayllar va disklarni o„z vaqtida aniqlash va 
har  bir  kompyuterda  topilgan  viruslarni  to„liq  yo„qotish  virus 
epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishining oldini oladi. 
Kompyuterning  virus  bilan  zararlanishining  oldini  olish  va  diskda 
axborotning ishonchli saqlanishini ta‟minlash uchun quyidagi qoidalarga 
amal qilish lozim: 
 kompyuteringizni zamonaviy antivirus dasturlari bilan 
ta‟minlang, ularning talqinini yangilang; 
 boshqa kompyuterlarda yozilgan axborotni disketdan o„qishdan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
155 
 
avval, o„z kompyuteringizdan antivirus dasturlarini ishga 
tushurib, bu disketlarni virus mavjudligiga tekshiring; 
 arxiv ko„rinishidagi fayllar kompyuterga ko„chirilganda qattiq 
diskda arxiv ochilganidan so„ng, tekshirish sohasini yangi 
yozilgan fayllar bilan chegaralagan holda, ularni virusga qarshi 
tekshiring; 
 vaqti-vaqti bilan antivirus dasturlarini ishga tushurib, kompyuter 
qattiq diskini virus mavjudligiga tekshirib turing; 
 har doim boshqa kompyuterlarda ishlaganda disketga axborot 
yozilmasa, ularni yozuvdan himoyalab qo„ying; 
 siz uchun muhim bo„lgan axborotlarning nusxalarini disketlarda 
olib qo„ying; 
 yuklanuvchi  viruslardan  kompyuterni  himoyalash  uchun 
operatsion  tizimni  yuklashda  yoki  qayta  yuklashda  A:  disk 
yurituvchida disket qoldirmang; 
 kompyuter tarmog„idan olinayotgan barcha fayllarni nazorat 
qilish uchun antivirus dasturlaridan foydalaning. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish