Ishlab chiqarish bilan bog‘liq vazifalar
Bunday vazifalarni amalga oshirish natijalari qandaydir holatda
o‘lchanishi, ushlanishi, miqdoriy yoki moddiy holda sezilishi yoki hisoblanilishi mumkin bo‘ladigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Masalan, bir uskuna yoki texnologik liniya tashkil qilish, ma’lumotlar bazasini
tashkil qilish, kutubxona tashkil qilish, suv tozalash inshootini qurib, ishga tushirish, turistik yoki kompyuter informatsion markazini ishga tushirish kabilar bu turdagi vazifalar jumlasiga kiradi.
Ular statistik nuqtai nazardan tekshirila olinadigan, sanaladigan bo‘lishi lozim. Masalan, gektaridan olinadigan hosil, necha litr suv ish- lab chiqarish ko‘zda tutilgan, har daqiqada necha kilogramm yoki dona mahsulot ishlab chiqariladi va boshqalar.
Imkoniyatlar hosil qilish vazifalari
Bu turdagi vazifalarning natijasi o‘lchanishi, ushlanishi, miq- doriy yoki moddiy holda sezilishi mumkin bo‘lmagan yoki bevosita hisoblashning aslo iloji bo‘lmagan o‘zgarishlardir. Masalan, shaxs yoki guruh bilimining ko‘payishi, dunyoqarashning kengayishi, yangi mala- kalarga ega bo‘lishi, yangi ma’lumotlar olishi, sertifikatlar olishi va hokazolar shu guruhga kirishi mumkin;
Sifatning o‘zgarishini kuzatuv, individual intervyular va savol- nomalar orqali aniqlash mumkin.
Ularning ba’zilarini bilvosita hisoblash ham mumkin. Masalan, asbob-uskunalarni sozlay oladigan insonlar soni, mavzuni yoki muam- moni tushuna oladigan shaxslar miqdori, tayyorgarlikdan o‘tgan tinglov- chilar soni va hokazolar.
Olingan bilimlarni loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda ish- lata oladigan insonlar soni ham bu ko‘rinishdagi vazifalar turiga misol bo‘lishi mumkin.
Imkoniyatlar hosil qilish vazifalari loyihaning natijalarini ko‘rsatib berishi mumkin, ya’ni ular jamoaning loyihaga qiziqishini, qatnashishini, joylardagi mavjud inson va tabiiy zaxiralarning ishla- tilishini hamda ushbu loyihani boshqa joylarda ham qo‘llash imkoni- yatlarini aniqlab beradi.
Bunday vazifalarga misol tariqasida quyidagi ikki vazifani kelti- rishimiz mumkin:
2015 yilning oxiriga kelib, mahalliy jamoa a’zolaridan 120 kishi informatsion texnologiyalar bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha te- gishli bilim olib, ushbu yo‘nalishda o‘z faoliyatlarini boshlaydi. Bunda ular o‘z mahoratlarini kasbiy tayyorgarlik orqali oshiradilar.
2015/2016 o‘quv yili davomida Bo‘stonliq tumanidagi 45 nafar iqtisodiyot fani o‘qituvchilari informatsion texnologiyalar mav- zusida doimiy ta’lim oladilar va seminarlarda ishtirok etadilar. Ushbu ish Toshkentdagi Moliya instituti hamda TDIU qoshidagi o‘qituvchilar
malakasini oshirish institutining uslubiy yordami bilan samarali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |