Bo`laklarga bo`lib va qirqib arxivlash. Arxiv fayllarni tekshirish.
Ba`zida fayllar qisilganda ham diskka sig’maydi. Bunday hollarda katalogdagi fayllarni bo`laklarga bo`lib arxivlash ham mumkin.
Masalan, katalogdagi bitta sayfullo.txt faylini arxivlash uchun buyruqni
arj a matn sayfullo.txt
ko`rinishda, ikkita - sayfullo1.txt va sayfullo2.txt fayllarini arxivlash uchun buyruqni
arj a matn sayfullo1.txt sayfullo2.txt
ko`rinishda, umuman bir nechta faylni arxivlash uchun ularni buyruqda bo`sh joylar bilan ajratib ko`rsatish lozim.
Bir xil, masalan, txt kengaytmali fayllarni arxivlash uchun esa, buyruq arj a matn *.txt ko`rinishida bo`lishi lozim.
Fayllarni qirqib arxivlash imkoniyatidan ham faydalanish mumkin.
Faraz qilaylik, OILA katalogidagi fayllarni diskka arxiv fayl sifatida yozish kerak. Buning uchun
arj a -va a:\matn
buyrug’i beriladi. Bunda -va parametri bo`laklab arxivlashni bildiradi va buyruqning bajarilishi jarayonida disk to`lsa, arxivlash dasturi bu haqda xabar beradi hamda navbatdagi diskni qo`yishni so`raydi. Katalogdagi barcha fayllar arxivlangandan so`ng disk yurituvchiga qo`yilgan har bir diskda arxiv fayllar hosil bo`ladi. Ularning nomlari 1-diskda matn.arj, keyingi disklarda matn.a00, matn.a01, matn.a02 va hokazo ko`rinishda bo`ladi.
Bir necha diskka bo`laklab arxivlangan yuqoridagi arxiv fayllarni C: diskdagi OILA katalogiga ochib joylashtirish uchun matn.arj fayli joylashgan 1-diskdan quyidagi buyruq beriladi:
arj e -v matn.arj c:oila
Diskdagi arxiv fayl to`liq ochib bo`lingandan so`ng arxivlash dasturi keyingi diskni qo`yishni va "Y" harfini bosishni so`raydi. Shu tartibda barcha disklardagi arxiv fayllar ochiladi. Mabodo bir diskdan keyin qaysi disk qo`yilishini eslay olmasangiz, arxivlash dasturi boshqa diskni qo`yishni o`zi talab qiladi, ya`ni ketma-ketlikni o`zi aniqlaydi.
Katalogda bir nechta arxiv fayl mavjud bo`lsa, fayllarni birlashtirish mumkin. Masalan, ikkita saida1.arj va saida2.arj fayllarini birlashtirish uchun buyruq
arj j saida1 saida2
ko`rinishida beriladi. Bunda saida1.arj fayliga saida2.arj fayli qo`shimcha qilinadi. Shuningdek, bir arxiv faylni tuzib, unga bir nechta arxiv faylni birlashtirish mumkin. Masalan,
arj j matnlar saida1 saida2 saida3
ko`rinishidagi buyruq matnlar.arj arxiv faylni tuzadi va unga saida1.arj, saida2.arj, saida3.arj fayllaridagi ma`lumotlarni ko`chiradi.
Arxivlash dasturlarining eng ko`p ishlatiladigan tartibi arxivdagi fayllar (kataloglar) mundarijasini ko`rish hisoblanadi.
Arxiv fayl ichida joylashgan fayllar haqida ma`lumot olish uchun buyruqda l (list so`zidan olingan) parametri ko`rsatiladi:
arj l matn.arj
Buyruq bajarilishi natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va ularga mos ma`lumotlar chiqadi. Agar ro`yxat katta bo`lsa, uni biror faylda yozib, so`ngra ko`rish mumkin. Buning uchun ma`lumotlar yoziladigan fayl nomi buyruq oxirida quyidagicha ko`rsatiladi:
arj l saida arj > archive
arj l *.* .txt – joriy katalogning ARJ turidagi barcha arxiv fayllaridan .txt kengaytmali fayllar haqidagi ma`lumotni chiqaradi.
Ekranda hosil qilinayotgan fayllar ro`yxatini ma`lum bir joyda to`xtatish uchun (ctrl) va (S) tugmalari birga bosiladi. Bu tugmalarni birgalikda qayta bosilsa, ro`yxatni chiqarish davom ettiriladi.
Ro`yxatni chiqarishni butunlay to`xtatish uchun (ctrl), (Alt) va (S) tugmalari birgalikda bosiladi.
Arxivlangan fayllarni ekranda turlicha saralangan holda hosil qilish mumkin. PKUNZIP dasturi arxiv mundarijasini sortlarga ajratilgan holda chiqarish imkonini beradi. Ko`pgina hollarda mundarijasi alifbo tartibida berilgan ro`yxatdan foydalaniladi. Buning uchun -vn tartibi ko`rsatilishi kerak, Masalan, pkunzip a:-arcyive –vn buyrug’i arcyive.zip mundarijasini chiqarishni bildiradi. Mundarijada fayllar nomi alifbo tartibida bo`ladi.
Arxivda joylashgan fayl haqidagi ma`lumot ekranga chiqarilmasdan birdaniga bosmaga chiqarilishi ham mumkin. Buning uchun buyruq oxirida quyidagini yozish kerak:
> fayl nomi – faylga chiqarish uchun;
> prn - printerga chiqarish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |