Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati. Axborot texnologiyalari ularning qo’llanilish sohalari



Download 46 Kb.
Sana21.11.2019
Hajmi46 Kb.
#26666
Bog'liq
Axborot texnologiyalari va tizimlari ularning jamiyatdagi o’rni~


Aim.uz

Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati.

Axborot texnologiyalari ularning qo’llanilish sohalari
Reja:

1. Axborot texnologiyalarining rivojlanishing belgilovchi ichki va tashqi omillar

2. Axborot texnologiyalarini turkumlash

«Texnologiya» so‘zi 1872 yilda fanga kirib kelgan. «Texnologiya» so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalaniladigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiriladi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut mahsulotlari olish mumkin. Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so‘zini qo‘shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.

Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya – bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligli texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.


Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishidan

ikkinchi,sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni

yig’ish,qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmua –

sidan foydalanish jarayonidir.




Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadiesa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilish kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o‘quvchi boshlang‘ich axborotni qayta ishlash uchun o‘zining bilimini qo‘llaydi. Masalaning yechimi bo‘lgan yangi axborot mahsuloti, o‘quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog‘liq.

«Axborot texnologiyalari» fani matematika, fizika, va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liq.

Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qollanishiga urg‘u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va kommunikasion texnologiya haqida gapirishadi.

Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.

Ichki omillar – bu algoritmlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallrni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyasining – mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a) da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ingizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:

1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);

2) telefon tarmoqlari orqali (og‘izaki)

3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.

Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq.

Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng aarzon (hech bo‘lmaganda arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olamiz.

Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1-va 2-bandda ko‘rsatilgan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.

Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga «Informatika va hisoblash texnika asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatdagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug‘ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.

XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek sho‘ngi 5-6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insonning orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.

Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash, va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.

Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o‘ta kuchli protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal) larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanishdasturiga quyidagilarni kiritish mumkin.


ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishni yetakchi

bo‘g‘inligini ta’minlash;

b) barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

c) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarini yaratish (kordinatsiyalar,

metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.)

e) texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

f) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;

g) ta’limot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h. k. ).

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday obyektlarga sonlar (o‘lchash va modellashtirish natijalari) matnlar, tasviriy axborotning statisik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.

Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash, axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o‘yin va boshqa ko‘rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obyektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

uskunaviy, dasturiy ta’minot;

virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;

axborot majmui – ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h. k.;

texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmudan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va h. k.)

Axborot texnologiyalarini turkumlash

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyusion bosqichlarni bosib o‘tdi.

Quyida axborot texnologiyalarini turkumlanishning bir necha turini ko‘rib chiqamiz.

I. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari va masala turiga qarab tasniflash.

1 –b o s q i c h. XX asrning 50- yillarida axborot texnologiyalari asosan ish haqini hisoblashga mo‘ljallangan edi va bu ishlar buxgalterlik elektromexanik va hisoblash mashinalariga amalgam oshirilar edi.

2 – b o s q i c h. 60-yillarda axborot texnologiyalariga bo‘lgan nuqtai nazar nacha o‘zgardi. Axborot ko‘pgina parametrlar bo‘yicha davriy hisoblar uchun ishlatila boshlandi.

3- b o s q i c h . 70 yillar oxiri 80- yillar boshida axborot texnologiyalari qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab- quvvatlovchi va tezlashtiruvchi boshqarishni nazorat qilish vositasi sifatida keng qo‘llanila boshlandi.

4- b o s q i c h. 80- yillar oxirida axborot texnologiyalarini qo‘llash konsepsiyasi yana o‘zgardi. U ma’lumotning strategik manbaiga aylandi.

II. Jamiyatni axborotlashtirish yo‘lidagi muommolar bo‘yicha turkumlash.

1- b o s q i c h . 60-yillar apparat qurilmalarining cheklangan imkoniyatlari sharoitida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan xarakterlanadi.

2- b o s q i c h . 70- yillar IBM/360 rusumli EHM larning tarqalishi bilan bog‘liq. Bu davr muammosi - apparat qurilmalarining rivojlanishi dasturiy ta’minotning rivojlanish darajasidan past bo‘lishidir.

3- b o s q i c h . 80-yillarda kompyuter mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarning quroliga aylandi. Muammo –foydalanuvchi talabini maksimal darajada qondirish va unga mos keluvchi kompyuter bilan ishlovchi interfeysni yaratish.

4- b o s q i c h. 90- yillar tashkilotlararo aloqaning zamonaviy texnologiyasining yaratilishi bilan tavsiflanadi.

Bu davrning asosiy muammolari kompyuter aloqasi uchun protokol va kelishuvlarni ishlab chiqish, strategik (muhim) ma’lumotlarga chiqishni tashkil qilish, axborot himoyasi va xavfsizligini tashkil qilish va hokazo.

III. Axborot texnologiyalarining apparat ta’minotining turi bo‘yicha tasniflash.

1- b o s q i c h. XIX asrning ikkinchi yarmigacha. Tarkibi pero, siyohdon, kitobdan iborat «Qo‘l» axborot texnologiyasi. Aloqalar pochta orqali xat uzatish ko‘rinishida o‘rnatilgan. Asosiy maqsad- axborotni kerakli ko‘rinishda ifodalashdan iborat.

2- b o s q i c h . XIX asrning oxiri. Tarkibida yozuv mashinkasi, telefon, diktafon bo‘lgan «mexanik» texnologiya.

3 - b o s q i c h . XX asr boshi. «elektron» texnologiya. Uning tarkibiga katta EHM lar va ularga mos ravishda dasturiy ta’minot, elektron yozma mashinalari bo‘lgan. Texnologiya maqsadi ham shunga mos ravishda o‘zgargan. Axborotni uzatish shaklidan uning mazmunini shakllantirishga o‘tilgan.

4- b o s q i c h . XX asr o‘rtalari. «Elektron» texnologiya. Uning asosiy qurilmasi katta EHM lar va ular bazasida yaratilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ( ABT) va axborot - qidiruv tizimlari (AQT).

5 – b o s q i c h . XX asr oxiri. Yangi «Kompyuter» texnologiyasi. Uning asosiy qurilmasi har xil maqsadli standart dasturiy mahsulotlarning keng spektriga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuter hisoblanadi. Global va lokal kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Nazorat savollari :

  1. « Texnologiya » so’zining ma’nosi ?

  2. Axborot texnologiyalarining yaratilishiga nima sabab bo’ldi?

  3. Axborotning hajmi deganda nimani tushunasiz?

  4. Inson axborotni qanday yo’l bilan qayta ishlaydi?

  5. Axborottexnologiyalariningturkumlanishningbirnechtaturini ayting.




Aim.uz


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish